Uzatmalar qutisining turlari:
Uzatishlar sonini o‘zgartirish
tavsifiga binoan uzatmalar qutisining pog‘onali, pog‘onasiz va aralash
turlarga bo‘linadi. Yetakchi va yetaklanuvchi vallar orasidagi bog‘lanish
tavsifiga asosan uzatmalar qutisi mexanik, gidravlik, elektrik, aralash,
boshqarish usuli bo‘yicha esa avtomatik va avtomatik bo‘lmagan turlarga
ajratiladi. Pog‘onali uzatmalar qutisi oldinga yurishdagi uzatishlar soni
bo‘yicha farqlanadi (4 pog‘onali, 5 pog‘onali va h.k.).
46-rasm. Yetakchi (A) va yetaklanuvchi (B) vallar.
1-yetaklovi val; 2-uzatmalar qutisining richagi; 3-vilkalari; 4-yetaklanuvchi val;
5-trasmission moyni to‘kish jumragi; 6-oraliq val; 7-qobig‘i.
Do'stlaringiz bilan baham: |