keng
ma’noda
- bu barcha mavjud narsalardir.
Borliq muammosini falsafiy anglab etishga ilk urinishlar
miloddan avvalgi birinchi ming
yillik
da vujudga kelgan qadimgi
hind
va qadimgi
xitoy
falsafalaridayoq kuzatiladi.
Qadimgi Hindiston mutafakkirlari borliq sirining tagiga etishga harakat qilar ekanlar, quyosh
tunda qaerga ketadi, yulduzlar kunduzi qayoqqa yo‘qoladi kabi savollarga javob topishga
uringanlar va bu tasavvurlarni insoniyatga ma’lum bo‘lgan eng qadimgi kitob – Rigvedalarda aks
ettirganlar. “Rigveda”da aytilishicha, olamning paydo bo‘lishida “asat”deb ataluvchi ibtido bosh
rolni o‘ynagan. “Asat” imkoniy borliq, ya’ni “yo‘qlik” demakdir. “Asat” asta-sekin
“sat”(”mavjudlik”)ka aylangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |