Zardo‘sht ta’limotida
“Axriman” va “Axuramazda” yaxshilik va yomonlikning abadiy
kurashi va bunda yaxshilikning g‘alabasini ifodalaydi. Zardo‘shtiylik falsafasiga ko‘ra, yaxshilik
va yomonlik kishilarning botinida-ichki dunyosida yashaydi. Inson Axriman yoki Axuramazda
tarafida bo‘lishi mumkin, chunki Ezgulik farishtasi uni hamisha yaxshilik qilishga, lekin yovuz
Axriman uni yomonlik qilishga undaydi va bu tortishuv inson hayotining oxirigacha davom etadi.
“Avesto”da esa insonning haq-huquqlari, burch va mas’uliyati haqida fikr bildirilgan.
Jumladan, agar odam olgan qarzini o‘z vaqtida qaytarib bermasa, u tunda birovning uyiga
o‘g‘irlikka kirgan odam bilan barobardir. Shuningdek unda qarindoshlarning o‘zaro oila qurishi
taqiqlangan, avlodlarning sog‘lom, benuqson tug‘ilishiga e’tibor qaratilgan. Bordi-yu erkak
zurriyot qoldirishga qobiliyati bo‘lib, so‘qqa bosh bo‘lib yursa, uning peshonasiga tamg‘a bosish
yoki beliga zanjir bog‘lab yurishga majbur ekanligi belgilangan.
Sharq falsafasida qonun muammosiga ham ko‘p e’tibor beriladi. Ayrim faylasuflar uni rad
etgan, ayrimlar esa unga tayangan. Xalq va podsho muammosi ham Sharq falsafasining muhim
muammolaridan biri hisoblanadi
.
Jumladan, “Avesto” da huquqiy masalalar: jinoyat va jazo, oila
va nikoh, mulk bilan bog‘liq masalalarni tartibga soluvchi qoidalar o‘z ifodasini to‘gan. Oilaviy
munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan qoidalarda er xotinning bir-biriga xiyonati yoki
nikohsiz er-xotinlik munosabatlarida bo‘lgan kishilar tan jazosini olgan. “Venidat” (Devlarga
qarshi kurash qonuni) ning 13, 14 boblarida suvni tejash, uni qadrlash, undan unumli foydalanish
haqidagi qoidalar bitilgan. Unda har kuni ekinni ikki marta sug‘orish mumkinligi, har bir kunda
ekuvchi bir belkurak kenglik va chuqurlikdagi ariqqa sig‘adigan suv olishga haqli ekanligi, suvni
taqsimlash bilan kohinlar shug‘ullanishi, suvni ifloslantirishni taqiqlovchi qoidalar belgilagan. Bu
qoidalarni buzganlarga nisbatan majburiy mehnatga jalb qilish jazosi belgilangan
.
Konfutsiy fikricha, olamni osmon boshqaradi. Osmon irodasi - taqdirdir. Biz yashab
turgan olam, undagi tartib osmon hukmdori tomonidan yuborilgan. Jamiyat hayotidagi
tartibga qattiq amal qilish talab etiladi. Tartib, Konfutsiy nuqtai nazariga ko‘ra, ilohiy
mazmunga ega va uning mohiyatini «Li» tushunchasi belgilaydi, u, ya’ni tartib dunyoning
mohiyatini aks ettiradi. Binobarin, jamiyatdagi barcha harakatlar unga binoan amalga oshishi
lozim.
Konfutsiyning qarashlari keyinchalik jahon falsafasida axloqiy tamoyillar rivojida,
adolat, birodarlik, erkinlik g‘oyalari takomilida muhim o‘rin tutgan. Bu ta’limot Xitoyda
ikki ming yil davomida davlat dini darajasiga ko‘tarilgan va xalq hayotida muhim ahamiyat kasb
etgan.
Qadimgi Xitoyning ko‘zga ko‘ringan faylasuflaridan biri Lao-Szidir (VI-V asrlar).
Uning ta’limotiga ko‘ra, olam, jamiyat va inson hayoti Dao qonuniga bo‘ysunmog‘i lozim.
Daosizm ta’limoti ana shu tariqa shakllangan. Dao qonuni - tabiatningyashash qonunidir, undagi
rang-baranglik kurashi va uyg‘unligi abadiyligining e’tirof etilishidr. Bu qonunga ko‘ra,
olamning asosini tashkil etuvchi «Si», ya’ni beshta unsur - olov, suv, havo, er va yog‘och yoki
metall olamdagi barcha jismlar asosini tashkil etadi hamda ularning yuzaga kelishini ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |