4
SO‘Z BOSHI
Mamlakatimizda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar milliy davlatchilik va
suverenitetni mustahkamlash, xavfsizlik va huquq-tartibotni, jamiyatda qonun ustuvorligini, inson huquq va
erkinliklarini, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik muhitini ta’minlash uchun muhim poydevor bo‘ldi,
xalqimizning munosib hayot kechirishi, jahon talablari darajasida ta’lim olishi va kasb egallashi,
fuqarolarimizning bunyodkorlik salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun zarur shart-sharoitlar yaratdi.
Yangi sharoitlardan kelib chiqib, «Ta’lim to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga, 2017-2021-
yillarga mo‘ljallangan «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi»ga
muvofiq, ta’lim bosqichlarining uzluksizligi va izchilligini ta’minlash, ta’limning zamonaviy metodologiyasini
yaratish, davlat ta’lim standartlarini kompetensiyaviy yondashuv asosida takomillashtirish, o‘quv-metodik
majmualarning yangi avlodini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish hamda pedagog xodimlarini qayta
tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish taqozo etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabrdagi PF-5847-son Farmoni bilan
tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi”da oliy
ta’lim jarayonlariga raqamli texnologiyalar va zamonaviy o‘qitish usullarni joriy etish, yoshlarni ilmiy faoliyatga
keng jalb etish, korrupsiyaga qarshi kurashish, muhandislik-texnik ta’lim yo‘nalishlarida tahsil olayotgan
talabalar ulushini oshirish, kredit-modul tizimini joriy etish, o‘quv rejalarida amaliy ko‘nikmalarni oshirishga
qaratilgan mutaxassislik fanlari bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar ulushini oshirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab
berilgan.
Hozirgi kunda ta’lim tizimi soxasida xar bir shaxs normativ-huquqiy hujjatlarda nazarda tutilgan o‘z
huquqlari, majburiyatlari va javobgarligini bilishi lozim.
Ushbu dasturda ta’lim tizimining normativ-huquqiy asoslari jumladan: «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun,
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, ta’lim tizimiga oid normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va amalga
kiritish tartibi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasining farmon, qarorlari hamda Oliy va
o‘rta maxsus ta’lim vazirliklarining buyruqlari bayon etilgan.
Mazkur o‘quv uslubiy majmuani tayyorlashda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim
vazirining 2017 yil 1 martdagi 107-sonli buyrug‘i asosida qabul qilingan yangi o‘quv uslubiy majmualarni
tayyorlash bo‘yicha uslubiy ko‘rsatma talablariga alohida e’tibor qaratildi.
Ushbu o‘quv uslubiy qo‘llanma beshta qismdan iborat. bo‘lib, ular ishchi o‘quv reja, namunaviy va
ishchi o‘quv dastur, modulni o‘qitishda foydalaniladigan interfaol ta’lim metodlari, ma’ruza materiallari
(ma’ruza matni, adabiyotlar ro‘yhati, mustaqil ta’lim mavzulari, glossariy, nazorat savollari) va seminar
mashg‘ulotlari materiallari (amaliy topshiriqlar, namuna, adabiyotlar ro‘yhati, tarqatma materiallar)dan tashkil
topgan.
Do'stlaringiz bilan baham: