Ismoil aka asta yurib tepamga keldi.
– Nimani ko`rding? – dedi sekin qat’iy ovoz bilan.
Men indamay eshikka chiqib ketishni ham, Ismoil akaning savoliga javob
berishni ham bilmay, turib qoldim.
– Nimani ko`rding? – dedi u yana. (127-b)
Gapning takrorlanishida keyingi qism har doim ham to’laligicha
saqlanavermaydi. Bu qismlar, ko’pincha, qisqargan, ya’ni elliptik gap tarzida
takrorlanib qo’llanadi. Chunki, bu holatda birinchi gapda zarur bo’laklarning
hammasi qatnashgan, ular orqali ma’lum axborotni ifodalagan bo’ladi. Gapning
takrorlanuvchi qismida esa avval aytilgan hamma bo’laklarning ham
takrorlanishiga talab bo’lmaydi. Bu holatda so’zlovchi ma’no jihatdan ahamiyatli
ekanligini nazarda tutgan bo’lak keyingi gapda ham takrorlanishi shart:
Do'stlaringiz bilan baham: |