tentirab o`rganib qolganda! Topsa-topadiyam
!”(45-b)
-
Voy, onam!
-
Ro`shnolik ko`rmagan, onam
!(49-b)
Gapda shaxs va sonning mos bo`lmasligi nutqiy g`alizlikni keltirib
chiqaradi.
Oyingiz sizga yangi xotin izlab
yurganmish
gapining boshida ikkinchi
shaxs ko`plik ifodalangan bo`lsa, oxirgi bo`lagida ko`plik qo`shimchasi ataylab
tushirib qoldirilgan Natijada kesatish, mensimaslik kabi ma’nolar yuzaga bo`rtib
chiqqan.
O’tkir Hoshimov ijodida son so’z turkumining o’rni, ayniqsa, adibning
hikoyalarida o’ziga xosdir. Sonlar gap ichida umumiy miqdorga aniqlik, konkretlik
kiritish uchun xizmat qiladi
33
.
33
Shomaqsudov A., Rasulov I., Qo’ng’urov R., Rustamov H. O’zbek tili stilistikasi. –
Toshkent: O’qituvchi, 1983. – B. 113.
Bir kuni uyiga mahallaning obro`li odami – kimsan domkom mehmon bo`lib
borganida xasis uning oldiga likopchada tutmayiz qo`yibdi. Mehmon to`rttagina
mayizni og`ziga solgan ekan, xasis uf tortibdi.
– Bir yuz qirq yettita qoldi, taqsir, - debdi.
Mehmon hayron bo`pti.
– Nima deyapsiz, Hotam aka? – desa xasis ma’yus qiyofada boshini egibdi.
– Mayiz bir yuz ellik bitta edi. (69-70-betlar)
Olmosh.
Yozuvchi O’tkir Hoshimov olmoshlarni matnda ustalik bilan ishlatib
tinglovchi e’tiborida ekspressivlikni oshirishga erishgan. Masalan hozirgi o’zbek
tilida kishilik olmoshlarining birinchi, ikkinchi shaxslarini ifodalovchi men, sen,
biz, siz olmoshlari asar personajlarining xarakterini, ichki dunyosini ochib berishga
xitzmat qilgan
Ba’zan qani so’roq olmoshi kirish so’z vazifasida kelib, ta’kid uchun xizmat
qiladi:
Bahodir aka uzum ko`tarib kirdi.
Qani
, mehmonlar, - dedi iljayib. – Jinday-jinday olaylik bundoq. Bugun
bayram… (“O`zbekning soddasi” 112-b)
–
Qani,
- deydi u hammaga bir-bir qarab. – Kim eng yaxshi ishlasa, o`shani
kelin qilaman. Xohlasa, mexanizatorlar kursiga jo`nataman. (90-b)
Shuningdek, bu olmosh o’z ma’nosida (so’roq ma’nosida) qo’llangan
o’rinlar ham uchraydi:
Fizika o`qituvchimiz Ismoil aka yo`qlama qilib o`tirmadi.Sinfga kirishi bilan
atrofga bir qaradi-yu,so`radi:
- Adham
qani
?
Bir so’roq olmoshlarining har bir gap tarkibida takrorlanishi gapdan
ifodalangan so’roq mazmunini kuchaytirishga xizmat qilgan:
O`sha zahoti shilq etib yerga o`tirib qoldi.
– Nega? – dedi ingrab. – Nega? Insoflaring bormi? Aytinglar, bolam nima
gunoh qiluvdi? – Yerga muk tushdi-da, namiqqan taxta polni qo`shqo`llab ojiz
mushtlay boshladi.
– Nega? Nega? Nega-a-a!!! (66-b)
Yozuvchi faqat olmoshlardan tuzilgan gaplarni ham qo’llaydi:
Qiziq, nega soqol-mo`ylovi muncha dag`al? Nega oqargan? Yo xudo! O`g`li
o`zidan qarib ketibdimi?
– Bolam! Nima qildi? Nima bo`ldi senga? (65-b)
Sifat:
Ma’lumki, sifatlar biror predmetning belgisini bildirish uchun qo’llanadi.
Ammo ba’zi predmetlarning o’zida bevosita rang-tus anglashilib turadi:
Sut, qor kabi.
Shunga qaramay, bunday so’zlar oldidan ham rang-tus bildiruvchi sifatlar
qo’llanishi mumkin. Bu holatda sifatlar rangning yanada kuchliligini ifodalash
uchun qo’llanadi. Badiiy asarlarda sifatlarning bu kabi qo’llanishi uslubiy talab
bilan bo’lib, ma’no kuchaytirish, mazmunni bo’rttirish uchun foydalaniladi:
Shunda qor gupillab yog’ib turgan mudhish kecha, onamning
Do'stlaringiz bilan baham: |