“Qur’oni karim qadimiy diniy,
tarixiy va madaniy obida”
degan 1-faslda
“din tarixi faning muam-
molari”,
“Xalqlar tarixi va diniy yozuvlar”,
“Islom tarixining davrlari va
manbalari” haqida mavzularga muallif Sovet tuzumi davrida Qur‘oni
karimning o‘rganilish darajasi haqida batafsil ma’lumot bergan. Kirish, 2-
faslida esa Muhammad payg‘ambarning hayoti va faoliyatini uch davrga
bo‘lib, “Muhammad payg‘ambarning Makkadagi targ‘ibotlari” va
“Muhammad payg‘ambarning Makkadagi faoliyatlari”ni batafsil ilmiy
tahlil qilib bergan. 3-faslda esa Qur‘on tarixi bayon etilgan. Unga Qur‘oni
karim ilmlariga xos masalalar, jumladan, “Qur‘on suralarini to‘planishi
va dastxat qilinishi”, “Qur‘onning ichki tuzilishi” mavzulari sharqshunos
olimlarning fikrlariga tayangan holda yoritib berilgan”
92
Abdusodiq Irisov Qur‘oni karimning 4-“Niso”, 5-“Moida”, 6-
“An‘om”, 7-“A‘rof”, 8-“Anfol”, 9-“Tavba” suralarini tarjima qilgan. Hoji
Ismatulla Abdullo mazkur kitobning 10-“Yunus”, 11-“Hud”, 12-“Yusuf”,
13-“Ra`d”, 14-“Ibrohim”, 15-“Hijr”, 16-“Nahl” suralarini tarjima qilgan.
Ubaydulla Uvvatov 17-“Al-Isro”surasini tarjima qilgan. “Tarjimada so‘zni
topib, o‘z joyiga qo‘ya bilish juda muhim ish. Agar bir so‘z yoki ibora,
boringki, qandaydir bir grammatik qo‘shimcha ham o‘z o‘rniga tushmasa
92
Obidov R.O`rta Osiyo olimlarining tafsir sohasidagi xizmatlari.-T.:Toshkent islom
universiteti, 2009. –B . 49-51.
74
yoxud sal yasamaroq chiqib qolsa, butun asarning tarovatiga putur yetishi
hech gap emas”
93
.
“Tarjimon zimmasidagi ma‘suliyatning qanchalik katta va og‘irligini
shundan ham bilsa bo‘ladi. Zero, tarjima til biladigan har qanday kishi
shug‘ullanib ketaveradigan ish emas, uning o‘z talablari, qoidalari, nozik-
liklari, qiyinchiliklari, murakkabliklari mavjudki, ularni muvaffaqiyatli
hal qilib, mukammal tarjima yaratishning o`zi bo`lmaydi.”
94
Ma‘lumki, tarjima qilish jarayonida tarjimonning eng muhim vazifasi
asliyatdagi jumlada muallif nimani nazarda tutib qalam tebratgan bo`lsa,
uni ana o‘shanday qilib tarjima tilida kitobxonga yetkazib berishdir. Bu
esa tarjimondan yuqori malaka va yuksak mahoratni talab qiladi. “Tarjima
qilish uchun so‘zlarning asosiy lug‘aviy mazmuni-yu, grammatik
qoidalarini bilishning o‘zi kifoya emas. Buning uchun tilni his etish
lozim.”
95
Yuqoridagi fikrlarning barchasi bu badiiy asar tarjimasi uchun
qo‘llaniladigan fikrlardir. Diniy asarlar ayniqsa Qur‘oni karim tarjimasi
xususida fikir yuritadigan bo‘lsak, tarjimon oldidagi masuliyat ikki kara
ortadi. Ana shunday og‘ir va masulyatli vazifani zimmasiga olib Qur‘oni
karim ma‘nolarini o‘zbek tiliga o‘girgan mufassirlarimizdan biri Shayx
Alouddin Mansurdir. Mufassir 1990 yilda Qur‘oni karimni zamonaviy
o‘zbek adabiy tiliga izohli tarjima qildi. Ushbu tarjimalar “Sharq yulduzi”
jurnalining 3-sonidan boshlab nashr etildi. 1992 yilda esa “Qur‘oni karim-
ning izohli tarjimasi” kitobini tarjimon ancha tuzatishlar to‘ldirishlar bilan
“Cho‘lpon” nashriyotida chop qildirdi. Yozuvchi Xayriddin Sultonovning
aytishicha, 80-yillarning boshlaridayoq Alouddin Mansur ziyolilar
orasida din aqidalaridan xabar bera boshlagan va ko‘pchilikni iymonga
qaytargan. Sovet davlatida bunday ishga jazm etishning o‘zi jasorat
bo`lib, Alouddin Mansur e‘tiqodining teranligidan dalolat beradi.
Xayriddin Sultonov takidlaganidek: “Alouddin Mansur bizga har safar
ma‘rifat olib kelardi. Mana bugun o`sha ma‘rifat parvarlik sayi-harakati-
ning samarasi sifatida mazkur tafsir vujudga keldi”. Alouddin Mansur
rahbar bo`lgan Qur‘oni karimni o‘rganish markazi ushbu xayrli ishni da-
vom ettirish, Qur‘oni karimni o‘zbek tilidan tashqari qirg‘iz, qozoq, qora-
qalpoq va rus tillariga ham tarjima qilib, 1 milion nusxadan ortiq nashr
etilgan kitob Qur‘oni karim ma‘nolarini o‘rganishga qiziquvchi turli mil-
93
Salomov G‘., Komilov N. Jahongashta ruboiylar // Tarjima san’ati (Maqolalar to‘plami). 3-
kitob. −T.: G‘. G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1976. B.130.
94
Ochilov E. //Sharq tarjimashunosligi:tarixi,hozirgi kuni va kelajagi (Maqolalar to`plami).-
T.:2013.B.41.
95
Salomov G`.Tarjima tashvishlari. -T.: G`afur G`ulom nomidagi Adabiyot va san`at 1983.-B.28.
75
lat kishilariga yetib bordi.
Qur‘oni karimning o‘zbek tilidagi ma‘no tar-
jimalaridan yana biri shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf haz-
ratlari tomonidan amalga oshirilgan bo‘lib, ushbu kitob “Tafsiri hilol”
nomi bilan nashrga chiqqan. “Tafsiri Hilol” avvaliga 30-pora, so‘ng 29-
pora, keyinchalik Qur’onning barcha suralarini 1991 yildan 1998 yilgacha
eng mukammal tarjima va izohlar bilan 21 ta kitob holida turli joylarda
nashr ettirdi.”
96
2007 yili “Sharq” nashriyotida 6 tomli qilib, katta kitob
shakida 5000 nusxada chop etildi. 2008 yili yana “Sharq” nashriyotida 6
tomli kitobi qayta 5500 nusxada nashr qilindi. Shu yili “Tafsiri Hilol”ning
7-juzi qilib faqat oyatlari tarjimasini (izohlarsiz) “Qur’oni karim va
o‘zbek tilidagi ma’nolari tarjimasi” deb nomlab, U ham “Sharq” nash-
riyotida 15000 nusxada chop ettirildi.
Qur’oni Karimning o‘zbek tilidagi tarjimalaridan yana biri 2001 yil
Shayx Abdulaziz Mansur tomonidan kitobxonlarga taqdim etildi. Mazkur
tarjima “Qur’oni karim ma’nolar tarjima va tafsiri” nomi bilan “Toshkent
islom universiteti” nashriyotida 10000 nusxada nashr etildi. Tarjima
kitobning “ Qur‘oni karim ma`nolarining tarjimasi” deb nomlanganligi
ushbu kitobning va unda bajarilgan ishning mohiyatini aniq ko‘rsatadi.
Tarjimon oyatlarni izohlashda qisqa va hoshiya sharhlardan foydalangan.
Tarjimada ba‘zi oyatlar ma‘nolarini, ulardan chiqadigan shar‘iy
hukumlari mavjud tafsirlardan izohlash va sharhlash maqsadida olingan
iqtiboslarni har bir sahifaning pastki qismida batafsil berilishi natijasida
tarjima tafsir holiga kelgan. Oyatlar ma’no tarjimalari bilan bir sahifada
yonma-yon berilishi esa, foydalanishni ancha qulaylashtirgan.
Qu‘roni karim ma‘nolarining o‘zbek tilidagi so‘ngi tarjimasi
Usmonxon Alimov tomonidan 2019 yilda 6 jildli kitob shaklida bosmadan
chiqdi. Ushbu to‘plam “Tafsiru Irfon” deb nomlanib, unda oyatlar ma‘-
nosi zamondosh o‘quvchilarimizga iloji boricha tushunarli, soda va ravon
bo‘lishiga harakat qilingan. Bunda oyatlarning ma‘no tarjimasida qavs
ichidagi izohlardan iloji boricha vozkechilgan. Qolaversa ushbu kitobni
yozishda zamonaviy fan texnika yutuqlari va kashfiyotlari bayon etilgan
ilmiy kitoblardan ham foydalanilgan.
“O‘zbek tilidagi yana bir tarjima Qur’on karimning 30-porasi
(Fotiha, Nabaadan Nos surasigacha) sharqshunos olim, Iordaniya qirolligi
akademiyasining a’zosi Shamsiddin Boboxonov tomonidan amalga oshi-
rilgan. Ushbu tarjima 1991 yili (Toshkent, Sharq merosini o‘rganish aka-
96
Karomatov H. Qur’on ma’nolarining o‘zbekcha tarjimalari .Tarjima nazariyasi va adabiy-
lisoniy aloqalar. –T . 1992. –B. 11.
76
demiyasi) va 1992 yili (Perm,COMIL, bu nashr o‘zbek va arab tillarida)
nashr etildi. Mutarjim kirish so‘zida yozishicha: “Bu ishda biz izohli
tarjima uslubini ixtiyor etdik va oyatlar ma’nosini iloji boricha aniqroq
tarjima etishga harakat qildik.”
97
Qur‘oni karim ma‘nolarini tarjimasi bilan shug‘ullangan ulamolari-
mizdan yana birlari Muhammadxon mulla Is`hoq kori Mahjuriy hazrat-
lari bo‘lib, u kishi o‘z farzandlarining ilmu ma‘rifatli va e‘tiqodli bo‘lish-
larini o‘ylab, “Fotiha”, “Taborok” va “Amma” suralarini uch tafsir ya’ni
birinchisi arabiy
Do'stlaringiz bilan baham: |