Biolog 10 indd


Gen  muhandisligi  qo‘llaniladigan  fermentlar



Download 3,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet189/343
Sana13.01.2022
Hajmi3,63 Mb.
#354708
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   343
Bog'liq
@Kitob Darsliklar 10-sinf Biologiya

Gen  muhandisligi  qo‘llaniladigan  fermentlar. 
Gen  muhandisligi 
fermentlari  DNK  molekulalari  bilan  turli  xil  tajribalarni  o‘tkazishga  yordam 
berib, ularni tegishli joyidan qirqish, turli xil bo‘laklarini ulash, tabiatda mavjud 
bo‘lmagan yangi xildagi ketma-ketliklarni sintez qilishda qo‘llaniladi. Quyida 
gen  muhandisligida  foydalaniladigan  asosiy  fermentlarni  ko‘rib  chiqamiz. 
Barcha  fermentlarni  shartli  ravishda  quyidagi  guruhlarga  ajratish  mumkin: 
DNKni  bo‘laklarga  bo‘luvchi;  RNK  matritsa  asosida  DNK  bo‘laklarini 
sintezlovchi; DNK bo‘laklarini ulovchi; DNK bo‘laklari uchlari struktrurasini 
o‘zgartirish imkonini beruvchi fermentlar.


132
Polimerazalar. 
Gen  muhandisligi  keng  qo‘llaniladigan  fermentlardan 
biri  DNK  polimeraza  fermenti  bo‘lib,  bu  ferment  birinchi  marta  1958-yilda 
Korenberg  va  uning  hamkorlari  tomonidan  Esherichia  coli  (ichak  tayoqchasi 
bakteriyasi)dan ajratib olingan DNK polimeraza komplementar nukleotidlarni 
biriktirish yo‘li bilan DNK zanjiri reduplikatsiya jarayonida ishtirok etadi. 
DNK  polimeraza  gen  muhandisligida  yangi  DNK  molekulalarini  sintez-
lashda qo‘llaniladi. Viruslarni o‘rganish jarayonida shu narsa ma’lum bo‘ldiki, 
ayrim  viruslarning  genomi  bitta  RNK  zanjirdan  iborat  bo‘lib,  hujayra  ichida 
rivojlanayotganda  o‘z  genomini  ikki  zanjirli  DNK  ko‘rinishiga  o‘tkazib, 
xo‘jayin  hujayra  genomiga  kiritadi.  RNK  matritsa  asosida  komplementar 
DNK sintezlay oladigan virusning maxsus fermenti, ya’ni teskari transkriptaza 
yoki 
revertaza 
deb nomlanuvchi maxsus ferment ajratib olingan. Revertazalar 
matritsa  RNKga  komplementar  DNK  zanjirini  sintezlay  oladi.  Revertazalar 
yordamida MRNKning DNK nusxalarini olish mumkin. 
Ligazalar. 
Rekombinatsiya jarayoni DNKni bo‘laklarga ajratish va ularni 
ulashdan iborat ekanligini ko‘rsatdi. Qo‘shni nukleotidlar orasidagi fosfodiefi r 
bog‘larini  tiklash  orqali  DNK  bo‘laklarini  bog‘lash  vazifasini  bajaruvchi 
ferment 
DNK ligaza
  deb  ataladi.  Ligaza  yordamida  DNKning  har  qanday 
bo‘lagining «yopishqoq uchli» yoki «to‘mtoq uchli» qismlari biriktiriladi. Bu 
eng ko‘p qo‘llaniladigan fermentlardan biridir.

Download 3,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish