Jinsiy ko‘payish shakllari. Izogamiya – shakli va o‘lchami bir xil, hara-
katchan erkak va urg‘ochi gametalarning qo‘shilishi bilan boradigan jinsiy
ko‘payish shakli (ulotriks).
Geterogamiya erkak va urg‘ochi gametalar harakat-
chan, lekin urg‘ochi gametalar erkak gametalarga nisbatan yirik bo‘lishi bilan
xarakterlanadi (xlamidomonada).
Oogamiya – jinsiy ko‘payishning bir shakli
bo‘lib, urg‘ochi gametalar yirik, harakatsiz, tuxum hujayra deb ataladi, erkak
70
gametalar mayda bo‘lib, harakatchan bo‘lsa spermatozoid (hayvonlar, yo‘sinlar,
qirqquloqlar), harakatsiz bo‘lsa spermiy (gulli o‘simliklar) deb yuritiladi.