36-rasm.
Bir hujayrali organizmlarning jinssiz ko‘payishi.
Kurtaklanib ko‘payish
mitoz asosida sodir bo‘ladigan jarayon bo‘lib,
achitqi zamburug‘larida kuzatiladi. Ona hujayrada yadroni saqlovchi bo‘rtma
paydo bo‘lib, kattalashadi va mustaqil organizmga aylanadi (36-rasm).
Ko‘p hujayrali organizmlarda jinssiz ko‘payish quyidagicha amalga oshadi.
Fragmentatsiya –
tana bo‘laklari orqali ko‘payish usuli bo‘lib, regeneratsiya
jarayoniga asoslangan. Fragmentatsiya suvo‘tlari (spirogira)da, g‘ovak
tanlilarda, kovakichlilarda, yassi chuvalchanglarda, igna tanlilarda kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |