Vaxabov A.V.,.Xajibakiyev Sh.X , Raxmanov Sh.I. , Usmanova X.A. ―Jahon Iqtisodiyoti va Xalqaro Iqtisodiy
29
Qisman cheklashlar siyosati ichki bozorga tovarlarning muayyan turlari kirib
kelishga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida o‘tkaziladi. Masalan, mamlakat mafkurasi va
aholining turmush tarziga zid bo‘lgan ommaviy axborot vositalari mahsulotlarini
olib kirishni cheklash.
Proteksionizm siyosati – milliy iqtisodiyotni xorijiy raqobatdan himoya
qilish. Proteksionizm mamlakatda ma‘lum tarmoqlarning rivojlanishiga imkoniyat
yaratadi,rivojlanayotgan iqtisodiyotda firmalar va tadbirkorlarni qo‘llab-
quvvatlaydi. Ammo iste‘molchilarga va mamlakatga zarar yetkazadi. Texnologik
jihatdan eskirishga sabab bo‘ladi.
Erkin savdo siyosati esa tashqi savdoda cheklanishlar va davlatning
aralashuvini eng oz darajada kamaytirish bo‘lib, bu tizimda bozor regulyatorlik
vazifasini bajaradi. Odatda, u bozorda yetakchi mavqega ega bo‘lgan, o‘z tovarlari
raqobatdoshligidan xavotirda bo‘lmagan mamlakatlar tomonidan qo‘llaniladi.
Amalda xalqaro savdodan aynan shu rivojlangan mamlakatlar katta iqtisodiy foyda
ko‘radi. Erkin savdo munosabatlari, talab vataklif asosida rivojlanadigan erkin
savdo davlatning eng kam aralashuvi siyosatini aks ettiradi.
Taqchil bozorni to‘ldirish siyosati ―teskari proteksionizm‖ hisoblanib,
hammaga joy topiladigan milliy bozor nihoyatda taqchil bo‘lgandagina samarali
bo‘ladi.
Savdo siyosati doirasida iqtisodiy, siyosiy, ma‘muriy, tashkiliy, huquqiy va
boshqa masalalar uzviy bog‗lanib ketadi. Xalqaro iqtisodiyot asosan savdo siyosati
choralarini qo‗llashning iqtisodiy shart-sharoitlarini va oqibatlarini o‗rganib,
huquqiy va tashkiliy masalalarni ixtisoslashgan fan tarmoqlari, chunonchi, xalqaro
savdo huquqi, xalqaro marketing kabilarni ham nazarda tutadi.
Xalqaro savdoning davlat boshqaruvi instrumentlari o‗z xususiyatiga ko‗ra
tarif-bojxona tarifini qo‗llashga asoslangan va notarif – boshqa barcha usullarga
bo‗linadi. Boshqaruvning notarif usullari miqdoriy va yashirin proteksionizm
usullariga bo‗linadi. Savdo siyosatining alohida instrumentlari ko‗pincha, importni
cheklash yoki eksportni rag‗batlantirish zarurati tug‗ilganda qo‗llaniladi.
Davlatning xalqaro savdo sahasidagi asosiy vazifasi – mamlakat eksportyorlariga
30
o‗z mahsulotlarini iloji baricha ko‗proq miqdorda xorijga eksport qilishda yordam
berish, ularning tovarlarini tashqi bozorda yanada raqobatbardosh qilishdir.
Mamlakat ichkarisida xorijiy tovarlarga talabni kuchaytirish, importni cheklash
ham uning vazifasiga kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: