1.2.Tashqi savdo siyosati va strategiyasi
Tashqi savdo siyosati – ichki bozorni himoyalashga, tashqi savdo hajmining
o‗sishini rag‗batlantirishga, uning tuzilishini va tovar oqimlarining yo‗nalishlarini
maqbullashtirishga qaratilgan tadbirlar tizimi
17
.
Jahonda tashqi savdo siyosati erkin, bojsiz savdo darajasi hamda
proteksionizm, ya‘ni o‗z bozorini importdan himoya qilish darajasi bilan ajralib
turadi. Hozirgi tashqi savdo siyosati tashqi savdo almashuvining cheklovlari
susaytirilgani, uning yo‗lidagi to‗siqlarni bartaraf etishga intilish, ya‘ni savdoni
liberallashtirish bilan ajralib turadi (savdoning erkinlashtirilishi Ikkinchi jahon
urushi tugaganidan so‗ng barcha mamlakatlarda kuzatilgan nihoyatda keskin
iqtisodiy o‗sishning asosiy sabablaridan biridir).
Jahon mamlakatlarining Jahon Savdo Tashkilotiga(JST) qo‗shilish shartlari –
uning hududida tovar va xizmatlar uchun erkin raqobat rejimini yaratish, ya‘ni boj
tariflarini kamaytirish, mahsulot ishlab chiqarish va eksport qilishda demping
16
Кругман П. Международная экономика. 5-е изд. СПб.: Питер. 2003г. ст.44-46.
17
Robert E. Morgan ―Theories of international trade, foreign direct investment and firm internationalization‖.
Cardiff Business School, University of Wales, UK. 2007. p.-42.
21
narxlar bo‗yicha subsidiya berishdan voz kechish. Ushbu shartlar dunyo
mamlakatlarining aksariyati uchun bajarilishi qiyin vazifadir. Shu sababli JST
dunyo mamlakatlariga ishlab chiqarishni, ayniqsa, qishloq xo‗jalik mahsulotlari
ishlab chiqarishni subsidiyalashtirishni tartibga keltirish, statistik hisobotning
aksildemping choralarini qo‗llashni tavsiya etadi. Umumiqtisodiy vazifalarga
hamda JSTning talablariga muvofiq, dunyo mamlakatlarida tashqi iqtisodiy
faoliyat tartibga solinmoqda, ya‘ni: tashqi savdo operatsiyalarining litsenziya bilan
tartibga solinishi, boj-tarif tartibga solinishi va tashqi savdo shartnomalarining
tender (tanlov) asosida tuzilishi va boshqalar
18
.
Dunyo mamlakatlarining ayrimlari kabi O‗zbekistonda ham eksportni
rag‗batlantirishning JST talablariga va eksportni davlat tomonidan qo‗llab-
quvvatlash tartibiga mos tizimi amal qilmoqda. Milliy eksportyorlarni bunday
qo‗llab-quvvatlash quyidagi moliyaviy imtiyozlar tizimini o‗z ichiga oladi:
-
O‗zbekiston tijorat banklari eksportga yo‗naltirilgan tashkilotlarni
aylanma mablag‗ bilan ta‘minlashi uchun kredit resurslari xususida kafolat
majburiyatlarini berishi;
-
eksport kreditlarining uzoq muddatli tijorat tavakkallaridan
kafolatlangan sug‗urtalanishi;
-
eksporterlarga eksport mukofotlari, milliy va xorijiy tashuvchilarning
yuklarini tashish xizmatlarining qiymatidagi farqni to‗lab berish tarzidagi
to‗g‗ridan-to‗g‗ri dotatsiyalar;
-
eksport kreditlarini imtiyozli shartlar bilan berish va hokazo.
Davlat kadrlar tayyorlash, dunyo bozori konyunkturasini o‗rganish, milliy
eksporterlar va xorijdagi importerlar manfaatlarini himoya qilish xarajatlarining
asosiy qismini o‗z zimmasiga olmoqda, shuningdek ularning tashqi bozordagi
faoliyati uchun zarur siyosiy sharoitlarni ta‘minlamoqda.
O‗zbekistonning eksportni rivojlantirish borasidagi tashqi savdo siyosati,
respublikaning xalqaro mehnat taqsimotidagi ishtirokining samarali modelini
18
Nazarova G.G., Xalilov X.X., Eshtayev A.A., Xakimov N.Z., Salixova N.M. Jahon iqtisodiyoti va XIM. T.: 2006.
33-34-b.
22
shakllantirish borasida sezilarli ishlar amalga oshirildi. Uning asosiy yo‗nalishlari
nafaqat eksportni kengaytirishni, balki raqobatdagi ustunliklar va jahon
konyunkturasidan maqbul tarzda foydalanish asosida uning barqaror yuqori
hajmlarini qo‗llab-quvvatlashni nazarda tutadi
19
.
O‗zbekiston eksportini, jumladan tashqi bozorlarga tayyor mahsulotni,
avvalo, fan yutuqlari va yuksak texnologiyalarga asoslangan mahsulotlarni keng
miqyosda olib chiqish borasida diversifikatsiya qilish yo‗lidan bormoqda. Shu bois
davlatimiz rahbari Islom Karimov: ―Bugungi kunda ko‗plab rivojlangan va jahon
iqtisodiyotida yetakchi o‗rin tutadigan mamlakatlar tajribasi shuni so‗zsiz isbotlab
bermoqdaki, raqobatbardoshlikka erishish va dunyo bozorlariga chiqish, birinchi
navbatda, iqtisodiyotni izchil isloh etish, tarkibiy jihatdan o‗zgartirish va
diversifikatsiya qilishni chuqurlashtirish, yuqori texnologiyalarga asoslangan yangi
korxona va ishlab chiqarish tarmoqlarining jadal rivojlantirishni ta‘minlash,
faoliyat ko‗rsatayotgan quvvatlarni modernizatsiya qilish va texnik yangilash
jarayonlarini tezlashtirish hisobida amalga oshirilishi mumkin‖
20
, – deb
ta‘kidlagani bejiz emas. Tashqi savdo faoliyati davlat tomonidan tartibga solinib
turiladi. Ayrim mamlakatlarda istisnoli hollarda joriy etishi mumkin bo‗lgan
eksport bo‗yicha cheklov choralari belgilangan. Mavjud cheklovlar quyidagi
toifalarga bo‗linadi:
-
ushbu tovarning olib chiqilishiga ruxsat etilgan eksporterlar
doirasining cheklanishi;
-
xorijga olib chiqilayotgan tovarlarga kvotalar belgilanishi;
-
eksport natijasida milliy manfaatlarga zarar yetishini istisno qiluvchi
shartlarga rioya etish. Eksportning miqdor bo‗yicha cheklanishi ichki bozor
bo‗shab qolishining oldini olish va ushbu tovarning jahon bozorlarida haddan
tashqari ko‗payib ketishiga yo‗l qo‗ymaslik maqsadida joriy etiladi.
Mamlakatlar o‗rtasida tovarlarning xavfsizligini tasdiqlovchi sertifikatlarni
o‗zaro tan olish haqidagi bitimlar ham amal qiladi. Iqtisodiy o‗sishning yuqori
19
Mirsaidov M. ―Xalqaro Iqtisodiy Munosabatlar‖ T.-2006: ―Iqtisod-Moliya‖140-b.
20
Karimov I.A. O‘zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo‘lida. –T.:‖O‘zbekiston‖,1995. 37-b.
23
sur‘atlari va makroiqtisodiy barqarorlik ta‘minlanishida tashqi iqtisodiy aloqalarni
yanada rivojlantirish, xususan, mamlakatimiz eksport hajmini yanada oshirish va
tarkibini yaxshilash muhim omil bo‗ldi. Respublikamizning tashqi savdo
aylanmasi 1990–2011-yillar davomida 31,7 marta, jumladan, eksport 33,9 marta,
import qariyb 29 marta oshdi. Natijada tashqi savdoning ijobiy saldosi 56,6 marta
ortdi. Birgina ―2011-yilda eksport mahsulotlari hajmi 2010-yilga nisbatan qariyb
15,4 foizga ko‗paydi va 15 milliard dollardan ko‗proqni tashkil etdi. Bu 2000-yilga
nisbatan 4,6 barobar ziyoddir. Tashqi savdo aylanmasining ijobiy saldosi 4 milliard
500 million dollardan oshdi‖
21
.
Ma‘lumki, xalqaro savdo-sotiq eksport va import shaklda amalga oshiriladi.
Eksport – tovarning xorijga chiqarilishini nazarda tutuvchi sotish.
Import – tovarning xorijdan olib kirilishini nazarda tutuvchi xarid.
Savdo aylanmasi – eksport va import hajmining qiymatda ifodalanadigan
hajmlar summasi.
Eksport o‗lchami tovarga bo‗lgan ortiqcha taklif bilan, import hajmi esa
tovarlarga bo‗lgan ortiqcha talab miqdori bilan belgilanadi. Eksport va importning
nisbati tashqi savdo balansi hisoblanadi, u aktiv va passiv holda bo‗ladi. Eksport
importdan ko‗p bo‗lganda, tashqi savdo balansi aktiv, import eksportdan ko‗p
bo‗lganda, u passiv bo‗ladi. Aktiv balans tashqariga tovarlar ko‗p sotilishini, passiv
balans esa ular tashqaridan ko‗proq xarid etilishini anglatadi.
Iqtisodiyotning eksport salohiyati ikki omilga bog‗liq bo‗ladi:
1. Ishlab chiqarishning rivojlanganlik darajasi;
2. Ishlab chiqarishning xalqaro mehnat taqsimotidagi ishtiroki va
ixtisoslashuv darajasi.
Eksport va import narxining nisbatiga bir qator omillar ta‘sir etadi:
1. Muayyan tovarlarga tashqi bozordagi talab va shu tovarlarning taklif
etilishi;
21
Karimov I.A.‖2012-yil Vatanimiz taraqqiyotini yangi bosqichga ko‘taradigan yil bo‘ladi‖.- T.:‖O‘zbekiston‖,
2012.
24
2. Tovarlarga mamlakat ichkarisidagi va tashqarisidagi narxlarning past
yoki balandligi;
3. Tovarlarning tashqi bozorlarga yetkazish xarajatlari;
4. Milliy valuta kursidagi o‗zgarishlari;
5. Davlatning tashqi savdoga oid siyosatining qandayligi
22
.
Ochiq iqtisodiyot rivojlanishi bilan xalqaro savdo-sotiqdagi tovarlar tarkibi
o‗zgarib turadi. Agar XIX asrning ikkinchi yarmidagi xalqaro savdo-sotiqda
xomashyo, oziq-ovqat va yengil sanoat mahsulotlari ayirboshlangan bo‗lsa, XXI
asrning boshiga kelib ilmiy texnikaviy yangiliklar, texnologik murakkab
mahsulotlar, shuningdek axborot texnologiyalari va axborotning o‗zi sotila
boshlandi. O‗zbekistonning jahon bozorida o‗ziga xos nufuzini ta‘minlashda
xalqaro mehnat taqsimoti va ixtisoslashuvi imkoniyatlaridan samarali foydalanishi,
eksportga yo‗naltirilgan ishlab chiqarishni barpo etish va chuqur qayta ishlangan
sanoat mahsulotlari eksportini mustahkamlash muhim ahamiyat kasb etadi. Shu
bois, Prezident Islom Karimov: ‖Mamlakatning jahon xo‗jaligi aloqalarida, xalqaro
mehnat taqsimotida keng miqyosda ishtirok etishi ochiq turdagi iqtisodiyotni barpo
etishning
asosidir.
Biz
iqtisodiy
islohotlarni
chuqurlashtirish,
ijtimoiy
yo‗naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirish tadbirlarini izchillik bilan amalga
oshirmoqdamiz. Bunda bozor iqtisodiyoti – erkin iqtisodiyot ekanligi, u ochiq
tusda bo‗lib, yakkalanish va biqiqlik unga yot ekanligidan iborat haqiqatga
asoslanib ish tutmoqdamiz. Shu bois iqtisodiyotimizning kelajagi uning jahon
xo‗jaligiga qo‗shilishiga bog‗liqdir‖
23
, – deb tashqi bozorning ahamiyatini
ta‘kidlab o‗tgan.
O‗zbekistonda barqaror iqtisodiy o‗sish sur‘atlarini ta‘minlashga uning jahon
xo‗jaligi bilan aloqalarining rivojlanib borayotganligi, eksport salohiyati
kengayayotganligi va shu maqsadlar ko‗zda tutilib belgilanayotgan aniq chora-
tadbirlar asos bo‗lmoqda. Respublikamizda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish
va tashqi iqtisodiy aloqalarni erkinlashtirish mamlakatning XXI asrda rivojlanish
22
Nazarova G.G‘., Iminov Z.M., Xalilov X.X., Hamidov O.B. ―Jahon iqtisodiyoti va хalqaro iqtisodiy
munosabatlar‖ ―Iqtisodiyot‖ T-2011. 61-62-b.
23
Karimov I.A. O‘zbekiston buyuk kelajak sari. – T.: ―O‘zbekiston‖ 1999. 49-50-b.
25
strategiyasining ustuvor yo‗nalishlaridan biri hisoblanadi. Chunki milliy
iqtisodiyot ochiqlik darajasining kengayishi ishlab chiqarish samaradorligining
ortishiga va erkin raqobatning kuchayishiga, ichki imkoniyatlar hisobiga eksport
salohiyatini oshirishga imkoniyat yaratadi. Eksport salohiyatini oshirish barqaror
valuta tushumlarini ta‘minlashga va jahon bozorida munosib o‗rin egallashga olib
keladi. Shuning uchun respublika eksport salohiyatini oshirishda ichki ijtimoiy-
iqtisodiy imkoniyatlardan va nisbiy afzallikka ega bo‗lgan sohalar mahsulotlaridan
unumli foydalanilmoqda.
Ayni paytda aholi daromadlarining ahamiyatli darajada ortib borishi milliy
iqtisodiyotning barqaror sur‘atlarda rivojlanishi bilan birga tashqi savdo va eksport
faoliyatining samaradorligini ham talab etadi.
Mamlakatimiz iqtisodiyotini tubdan tarkibiy o‗zgartirish va eksport
tuzilishini diversifikatsiya qilish orqali tashqi bozorlarga chiqarilayotgan tovarlar
va xizmatlar nomenklaturasini kengaytirish samaradorlikni oshirishga olib keladi.
Chunki xorijiy mamlakatlarga sotilayotgan mahsulotlar tarkibida alohida tovarlar
yoki xizmatlar turlarining, xususan, tabiiy resurs va xomashyolar salmog‗ining
ortib ketishi, agar jahon bozorida bu mahsulotlarning narxi pasayib ketsa yoki
ularga tashqi talab kamayadigan bo‗lsa, mazkur vaziyatlarda eksportchi
mamlakatlar og‗ir va tang holatlarga duch kelishi mumkin. Milliy eksport
hajmining qisqarishi va savdo shartlarining yomonlashuvi valuta tushumlarining
kamayishiga, tashqi savdo balansining beqarorlashuviga va eksportchi korxonalar
moliyaviy ahvolining tanglashishiga olib keladi. Shuningdek, mamlakatning
umumiy eksporti yoki importida kam sonli davlatlar ulushining kattaligi, u
mamlakat tashqi savdosining ana shu sanoqli mamlakatlar iqtisodiyotidagi
o‗zgarishlarga bog‗liq bo‗lib qoladi.Shu bois tashqi savdo tarkibini diversifikatsiya
qilishdan tashqari, uning mamlakatlar geografiyasini ham kengaytirish va xilma-
xillashtirish zarur.
Bu esa ko‗zda tutilgan natijalarni qo‗lga kiritishga, milliy xo‗jalikning
tashqi bozordagi salbiy o‗zgarishlariga ta‘sirchanligini pasaytiradi. O‗zbekistonda
tashqi savdo tarkibini diversifikatsiya qilish va mamlakatlar geografiyasini
26
takomillashtirish maqsadida olib borilgan chora-tadbirlar o‗zining samarali
natijasini bermoqda. Respublikamizning tashqi savdosi va eksporti hajmi barqaror
sur‘atlarda o‗sib, tarkibi izchil takomillashib bormoqda. Bunday yutuqlarga
erishishda asos bo‗lgan omillar haqida Prezident Islom Karimov: ―Bizning keyingi
yillarda eksport sohasida qo‗lga kiritgan yutuqlarimiz, avvalo, mamlakatimiz
iqtisodiyotini tubdan tarkibiy o‗zgartirish va diversifikatsiya qilish, qisqa
muddatda biz uchun mutlaqo yangi, lokomotiv rolini bajaradigan tarmoqlarni
barpo etish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik
yangilash dasturlarini amalga oshirish, zamonaviy bozor infratuzilmasini
shakllantirish borasida o‗z vaqtida boshlangan, chuqur o‗ylangan va uzoq
istiqbolga mo‗ljallangan ishlarimizning natijasidir‖
24
, – deb ta‘kidlagan.
Mamlakatlarning texnologik jihatdan chuqur qayta ishlangan va tayyor
raqobatdosh tovarlar eksportini jadallashtirish va bu mahsulotlar yetkazib
berilayotgan mamlakatlar geografiyasini izchil ravishda kengaytirib borish uning
tashqi savdo va eksport hajmini barqaror rivojlantirishga, jahon bozoridagi salbiy
o‗zgarishlar ta‘siri va xavfxatarlardan himoyalashga sharoit yaratadi. Qolaversa,
tashqi bozorlarga taklif qilinayotgan tovarlar tarkibini diversifikatsiyalash, ularni
xarid qiluvchi davlatlar geografiyasini kengaytirish, bu mamlakatlardan biri yoki
bir nechtasining iqtisodiyotida sodir bo‗lgan muammolar tufayli eksport hajmi
keskin kamayib ketishining oldini olish imkoniyatini ta‘minlaydi. Mamlakatimizda
uzoq yillardan beri tashqi savdoni, xususan, eksportni rivojlantirish va eksport
qiluvchi korxonalarni izchil qo‗llabquvvatlash borasida amalga oshirilgan chora-
tadbirlar milliy iqtisodiyotimizning eksport salohiyatini yuksaltirishga, tashqi
savdo tarkibini chuqurlashtirishga va uning hajmini barqaror sur‘atlarda o‗stirishga
asos bo‗lmoqda.
Mamlakatimiz iqtisodiyotini barqaror va mutanosib rivojlantirish, samarali
ishlab chiqarish tarkibiy tuzilmasini shakllantirish va izchil iqtisodiy o‗sish
sur‘atlariga erishish aholi farovonligini oshirishning va taraqqiyotni ta‘minlashning
24
Karimov I.A. ―Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo‘llari va
choralari‖.- T.:‖O‘zbekiston‖ 2009. 11-b.
27
muhim asosi hisoblanadi. Prezident Islom Karimov O‗zbekiston iqtisodiyotining
jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuvi borasida quyidagi vazifalarni belgiladi:
―Jahon iqtisodiyotida vujudga kelayotgan tendensiyalardan, shuningdek,
mamlakatimizni kelajakda iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish strategiyasidan kelib
chiqqan holda, 2012-yilda va undan keyingi yillarda quyidagi ustuvor
vazifalarning amalga oshirilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Birinchi darajali
e‘tibor mamlakatimiz iqtisodiyotining raqobatdoshligini oshirish bo‗yicha dastur
tayyorlash va uni amalga oshirishga qaratilishi zarur. Bu maqsadning dolzarbligi
va ahamiyati avvalo shu bilan belgilanadiki, biz o‗rta muddatli istiqbolda
iqtisodiyotimizni rivojlangan demokratik davlatlar darajasiga olib chiqishni hozirgi
bosqichdagi bosh strategik vazifa sifatida o‗z oldimizga qo‗yganmiz‖.
25
O‗z-o‗zidan ayonki, raqobatdosh iqtisodiyotni shakllantirmasdan, pirovard
natijada esa raqobatdosh mamlakatni barpo etmasdan turib, biz qabul qilgan
―Mamlakatimizda demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini
rivojlantirish konsepsiyasi‖da ko‗zda tutilgan maqsadli vazifalarni amalga
oshirmasdan turib, bu haqda jiddiy so‗z yuritish mumkin emas. Bu vazifaning
o‗rtaga qo‗yilishi, shuningdek, inqiroz jarayonlarining chuqurlashuvi, dunyo
miqyosida xarid talabining pasayishi va shunga muvofiq tarzda jahon bozorida
xomashyo, materiallar, ayniqsa, tayyor mahsulotlar bo‗yicha raqobatning yildan-
yilga kuchayib borayotgani bilan ham bog‗liq, albatta. Bugungi kunda ko‗plab
rivojlangan va jahon iqtisodiyotida yetakchi o‗rin tutadigan mamlakatlar tajribasi
shuni so‗zsiz isbotlab bermoqdaki, raqobatdoshlikka erishish va dunyo bozorlariga
chiqish, birinchi navbatda iqtisodiyotni izchil isloh etish, tarkibiy jihatdan
o‗zgartirish va diversifikatsiya qilishni chuqurlashtirish, yuqori texnologiyalarga
asoslangan yangi korxona va ishlab chiqarish tarmoqlarining jadal rivojlanishini
ta‘minlash, faoliyat ko‗rsatayotgan quvvatlarni modernizatsiya qilish va texnik
yangilash jarayonlarini tezlashtirish hisobidan amalga oshirilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |