9
Sharq hikmatlari durdonalarida yaxshi xulqning o„nta belgisi alohida ko„rsatib
o„tiladi.
Bular:
1.
Bo‗lar-bo‗lmasga odamlar bilan janjallashmaslik.
2.
Insoflilik.
3.
Birovning aybini qidirmaslik.
4.
Biror kishidan noloyiq ish sodir bo‗lsa uni yaxshilik yo‗liga
solib
yuborishlik.
5.
Agar aybdor o‗z aybini bo‗yniga olsa uni kechirish.
6.
Muhtojlarning hojatini chiqarish.
7.
Boshqalarga yordam qo‗lini cho‗zish.
8.
O‗z nafsini tiya bilishlik.
9.
Boshqalarga ochiq chehra bilan muomala qilishlik.
10.
Doimo yaxshi so‗zlash.
Ushbu yaxshi xulqlar ichidagi uchta belgi ya‘ni, «Bo‗lar-bo‗lmasga odamlar
bilan janjallashmaslik», «Boshqalarga ochiq chehra bilan muomala qilishlik»,
«Doimo yaxshi so‗zlash» insonning hatti-harakati bilan emas, balki chiroyli, shirin
so‗zi natijasida amalga oshadigan axloqiy hodisalardir. Shuningdek, boshqaruvda,
muloqotda so‗zga ayniqsa, shirinso‗zga e‘tibor sharq odobining ziynati sanaladi. Bu
borada «Qobusnoma»dagi fikrlar diqqatga sazovordir: «Har so‗zni xaloyiqqa zohir
qilsang, yaxshi yuz bila zohir qil, toki maqbul bo‗lsun va haloyiq sening so‗z bila
baland martabaga egalig‗ingni bilsunlar. Nedinkim kishining martabasini so‗z bila
bilurlar, ammo so‗zning martabasini kishi bila bilmaslar, chunki har kishining ahvoli
o‗z so‗zining ostida pinhondur, ya‘ni bir so‗zni bir iborat bila aytsa bo‗lur, eshitg‗on
kishining esa ko‗ngli undin to`la bo‗lg‗ay va yana o‗shal so‗zni bir ibrat bila aytsa
bo‗lurkim, eshitg‗on kishining oni undin rohatda bo‗lg‗ay».
4
Shuning uchun
odamlarga achchiq va dag‗al so‗zlamaslik lozim. Zero, dag‗allik misli olov,
kuydirguvchi yo‗ldir.
Umuman olganda, sharq xalqlari pandnomalarida, hikmatlarida shirinso‗zlikning
inson hayotidagi o‗rni beqiyos ekanligi mutafakkirlar nazaridan chetda qolgan emas.
Biz ana shu an‘analarni davom ettirishimiz, ulardan tegishli xulosalar chiqarishimiz
maqsadga muvofiq bo‗ladi.
Inson ma‘naviy madaniyatining asosiy mezoni – axloqiy yetuklik hisoblanadi.
Axloqiy yetuklik esa o‗zida – halollik, insoflilik, vijdoniylik, sahovatpeshalik,
shafqatlilik, mehribonlik singari axloqiy fazilatlarni mujasaam etadi. Shunday ekan,
muomala madaniyatining asosiy mezonini yaxshi xulq va go‗zal fazilat uyg‗unligi
tashkil etadi.
4
Kaykovus. Qobusnoma. –Toshkent:O‗qituvchi. Matbaa ijodiy uyushmasi, 2006. – 98 b.
10
Shuni qayd yetish lozimki, insonni hayvondan farq qiladigan eng muhim
xususiyatlaridan biri, uning o‗zini yashashi, turmush uchun zarur bo‗lgan moddiy va
ma‘naviy boyliklarni ishlab chiqarish malakasiga ega ekanligidir. Bu malaka
insonning insonlararo muomala madaniyatida yaqqol ko‗zga tashlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: