OILA MADANIYATI
– jamiyatning muhim ijtimoiy instituti bo‗lgan oilaning
to‗laqonli va mukammal faoliyat yuritishi uchun uning a‘zolari (er va xotin, ota-ona
va farzandlar) o‗rtasida birgalikda hayot kechirish va zarur munosabatlar o‗rnatish
ko‗nikmalarining majmuasi.
Oila madaniyati - Oilaning tarbiya muhiti sifatidagi xususiyati, uning o‗ziga
xosligi va tamoyilan muhimligi, undagi munosabatlarning bevositaligi va
mustahkamligini umumiy muhitning emotsionalligi bilan uyg‗unlikda ekanligi bilan
sharhlanadi. Faqat oilada farzandlar kattalardan malaka, bilimlarni o‗zlashtiradilar,
kattalar esa o‗z hayotlarida bosib o‗tgan yo‗llarini farzandlari orqali qayta barpo
etadilar. Oilaviy muhit o‗ziga xos, unikal bo‗lib, uning har bir a‘zosi yangi avlodda
mustahkam va barqaror sog‗lom oilani barpo yetishga mas‘uldir.
Do'stlaringiz bilan baham: |