§ 14- AVTOGEN JARAYONLAR NAZARIYASI
Hozirgi vaqtgacha mis metallurgiyasida keng tarqalgan texnologik sxema va
ularning qurilmarini joylashish sxemalari ko’pgina kamchiliklarga ega. Ularning
asosiy kamchiligi sifatida qimmatli komponentlarni texnologiyaning mahsulot va
yarim mahsulotlari bilan ifloslanishiga olib keluvchi, rudali xomashyoning ko’p
bosqichli qayta ishlanishini keltirish mumkin. Buning natijasida ular rudali
xomashyodan to’liq va hamma foydali komponentlarni ajratib olinishini
ta’minlamaydi. Bundan tashqari, mavjud pirometallurgik jarayonlar, birinchi
navbatda energetik sarf - harajallar bilan bog’liq bo’lgan rudali eritish atrof-
muhitni ifloslanishiga olib keladi. Qo’llanilayotgan ko’pgina jarayonlarni eskirib,
hozirgi kun talabiga javob bermaydigan deb atash mumkin.
Rangli metallurgiyada bir vaqtning o’zida xomashyodan kompleks
foydalanish va atrof-muhitni zararli chiqindilardan ishonchli himoya qilishni
ta’minlaydigan qurilmalar va kam xomashyo sarflaydigan texnologiyalarning
metallurgik ishlab chiqarishga qo’llanila boshlanishi ilmiy-texnik taraqqiyotning
muhim yo’nalishlaridan biri hisoblanadi.
Xomashyoni kompleks qayta ishlashning yuqori darajasi deganda birinchi
navbatda undagi barcha qimmatli komponentlar: mis, nikel, ruh, kobalt,
ollingugurt, temir, nodir metall, noyob va sochma metallarni ajralib olish,
shuningdek rudali xomashyoning silikatli qismidan to’liq foydalanish tushuniladi.
Sulfidli ruda va boyitmalar qayta ishlanganda, shuni nazarda tutish kerakki, ular
etarlicha yuqori yonish issiqligiga ega bo’lib, undan tsxnologiyani olib borish
uchun foydalaninsh kerak. Uning yonish issiqligidan foydalanish, mahsulotning
tabiiy zahiralaridan to’liq foydalanish tushunchasiga kiradi.
Avtogen jarayonlar deb, metallurgiya sanoatida shunday texnologik
jarayonlarga ayliladiki, ular tashqaridan issiqlik manbai sarfisiz, ichki energetik
zahiralar hisobidan boradi. Sulfidli xomashyoni qayta ishlaganda pirometallurgik
jarayonning avtogen borishi, qayta ishlanayotgan shixta sulfidlarining yonish
ekzotermik reaksiyalari va shlak hosil bo’lish reaksiyalari isssiqligi hisobiga
amalga oshadi. Oksidlovchi reagent sifatida havo, kislorodga boyitilgan havo yoki
61
texnologik kislorod ishlatilishi mumkin. Mayda flotatsiya boyitmalarini shleynga
eritishda avtogenlik tamoyillaridan foydalanish 30- yillar boshida paydo bo’ldi va
sinab ko’rildi hamda keyinchalik butun dunyoda keng tarqala boshladi.
Har qanday mis, mis - ruh va boshqa boyitma va rudalarni avtogen usul
bilan eritish asosida qayta ishlanayotgan shixta sulfidlarining, birinchi navbalda
temir sulfidlarining oksidlanishining ekzotermik reaksiyalari yotadi.
Har qanday avtogen eritish oksidlab kuydirish jarayoni hisoblanadi. Uni
amalga oshirishda qayta ishlanayotgan rudali xomashyo va pechga yuborilayotgan
havo oqimi nisbatini o’zgartirib, desulfirizatsiya darajasini xoxlagancha
o’zgartirish mumkin. Bu esa keng ko’lamda olinayotgan shteyn tarkibni
o’zgartirishga, hattoki qoramtir mis olish imkonini beradi.
Hamma avtogen jarayonlar aralash jarayonlar hisoblanadi. Ular bir
melallurgik qurilmada kuydirish, eritish va qisman yoki to’liq konverterlash
jarayonlarini birlashtiradi. Bu shixtadagi oltingugurtni ratsional va keraklicha
gazlarga o’tkazish imkonini beradi. Bunda havo oqimidagi kislorod miqdoriga
bog’liq xolda turli miqdordagi SO
2
, hattoki toza oltingugurt oksidi gazlarini olish
imkonini beradi.
Flotatsion boyitmalarga metallurgik avtogen jarayonlar texnologik va
uskunaviy nuktai nazardan turlicha tashkil etilishi mumkin. Texnologik nuktai
nazardan bunday jarayonlar sulfidlarni yoqish usuliga ko’ra farqlanadi. Sulfidlarni
yoqish ikki xil: mash’alda yoki eritmada olib borish mumkin.
Sulfidlarni mash’alda yoqishda mayda yaxshi quritilgan boyitma yuqori
haroratgacha qizdirilgan eritish bo’shlig’iga kislorod bilan birga purkaladi.
Muallaq holda bo’lgan sulfidli zarrachalar havo kislorodi bilan oksidlanadi va
haroralga bog’liq holda to’liq yoki qisman eriydi.
Mash’alda hosil bo’lgan eritmaning sulfid - oksidli tomchilari tinch
holatdagi shlakli vanna yuzasiga tushadi, u erda esa shlak va shteyn hosil qiluvchi
va cho’kuvchi hamda asosiy fizik - kimyoviy ta’sirlar va o’zgarishlar boradi.
Avtogen jarayonlarning elementlar bosqichlari yuklangan shixtaning erishi va
uning komponentlarini birlamchi, yaxshi qizdirilgan sulfid - oksidli eritmada
62
erishi, sulfidlarning oksidlanishi, shlak va shleyn hosil bo’lish jarayonlari
hisoblanadi. Bunday vaqtda ularning ketma - ketligini belgilab bo’lmaydi. Amalda
ular eritmaning ma’lum hajmida bir vaqtning o’zida boradi.
Shixtani eritma yuzasiga hamda unga purkalayotgan oksidlovchi reagent
bilan birga qo’shib purkash mumkin. Eritmaga purkalayotgan havo uning yaxshi
aralashtiradi, bu esa fizik-kimyoviy jarayonlarning tezlashishiga olib keladi. Biroq
faol aralashtirish sharoitida eritishi jarayonining suyuq holdagi mahsulotlarini
cho’ktirish va ajratish mumkin emas; eritishning bu bosqichi alohida qismda yoki
mahsus qurilmalarda amalga oshirilishi mumkin.
Hozirgi vaqtga kelib eritmalarni avtogen eritishning turli texnologik va
qurilmaviy variantlari ishlab chiqilgan. Ular orasida MDHda ishlab chiqilgan
Vanyukov eritish jarayoni, xorijiy jarayonlar - Noranda» (Kanada) va «Mitsubisi»
(Yaponiya) muhim o’rin to’lib, sanoat miqyosida tatbiq etilmoqda.
Hozirgi vaqtga kelib texnologik va qurilmaviy jihatdan yaxshi
o’zlashtirilgan avtogen jarayonlarga, turli ko’rinishdagi barcha muallaq eritishning
turlari taaluqlidir.
Sovuq havo oqimida mualaq xolda eritish issiqlik talab qiladigan va deyarli
amalga oshirib bo’lmaydigan jarayon hisoblanadi. Issiqlik balansi tanqisligini
bartaraf etish uchun havoni qizdirish, havoni kislorod bilan boyitish yoki havo
oqimi sifatida texnik kisloroddan foydalaniladi. Havo oqimini qizdirish pechga
qo’shimcha issiqlikni olib kiradi, boyitilgan havo yoki texnologik kislorod esa
chiqib kelayotgan gaz hajmining kamayishi hisobiga issiqlik yo’qolishini
kamaytiradi.
Kislorodga boyitilgan va qizdirilgan havo oqimida muallaq xolda eritish -
kislorod - mash’alli eritish (KME (KFP)) OKMK da ishlatiladi.
KME (KFP) pechlarida quruq sul
ь
fidli shixta gorizontal mash’alda yoqiladi,
buning uchun pechning bir tomonida mahsus gorelkalar o’rnatilgan. Eritishda hosil
bo’ladigan sulfid - oksidli tomchilar shlakli vannaning yuzasiga tushadi, unda erish
jarayonining suyuq holdagi mahsulotlari ajraladi va shteynning shlakdan cho’ktirib
ajralishi boradi. Pechning qarama-qarshi tarafida kislorodda piritli boyitmani
63
mash’alli yoqish uchun gorelkalar o’rnatilgan, yoqish paytida misi kam eritma
hosil
bo’ladi,
u
shlakdan
misni
ajralib
qolish
uchun
ishlatiladi.
Kambag’allashtirilgan shlak tarkibida 0,6-0,65% Su bo’ladi. Eritish natijasida 47-
50% Su li shteyn olinadi. Eritish va misdan tozalash zonasi gazlari pechning
markazida joylashgan gaz quvuri orqali chiqarib yuboriladi. Ular tarkibida 80%
SO
2
gacha bo’lib, u suyuq oltingugurt oksidi yoki sul
ь
fat kislota olish uchun
ishlatiladi. Pechning ish unumdorligi 10-12 t/m
3
sutkani tashkil etadi. Eritish
paytida pechning konstruktsiyasiga sezilarli ta’sir qiladigan, ko’p miqdordagi
ortiqcha issiqlik ajralib chiqadi. Bu issiqlikdan ratsional foydalanish qiyin.
Ortiqcha issiqlik yon devorlardan, pechning ichki ustki qismidan va gaz chiqarish
tuynugidan suv bilan sovutish qurilmalari yordamida olib ketiladi.
Mis, mis - rux va kollektiv boyitmalarni kompleks qayta ishlash uchun
kivtset jarayon (KIVTSET) deb nomlangan yangi usul va qurilma ishlab chiqildi.
Kivtsetli eritish-o’zining tuzilishi jihatidan murakkab pirometallurgik
jarayonning qisqartirib aytilishidir. Bu nomning kengaytmasi qo’yidagicha:
kislorodli - muallaq tsiklik - elektrotermik eritish. Jarayon muallaq va tsiklik eritish
tamoyillarini mujassamlashtirish va texnologik kislorod hamda elektrenergiyadan
ratsional foydalanishga asoslangan. Kuydirish va eritish, fazalarni ajratish,
shlaklarni kambag’allashtirish va kerak bo’lganda rux bug’larini kondensatsiyalash
bosqichlari birlashtirilgan bir qurilmada boradi.
Kivtset jarayonda namligi 1% gacha qurutilgan boyitma tsiklonli gorelkaga
tepadan keladi. Texnologik kislorod siklon katta tezlikda tangentsional yuboriladi.
YUqori tezlikda berilgan havo ta’sirida gazlar tez aylanma harakat qiladi. Toza
kislorodda sul
ь
fidlar yoqilganda tsiklonda yuqori harorat paydo bo’ladi, eritishning
asosiy jarayonlari boradigan kameraning ichki devorlarida yupqa qatlam hosil
qilgan xolda shixta eriydi. Qizdirilgan eritma shteyn va shlakni ajratish uchun
tindirish kamerasiga oqib tushadi. Tindirish kamerasida shlakli eritma to’planib
borgani sari, qaytaruvchi atmosferaga ega bo’lgan, kivtsetli agregatning
elektrotermik qismiga oqib o’tadi. Qaytarish zonasi oksidlovchi zonadan shlakka
tushirilgan to’siq bilan to’silgan, bu esa oltingugurt gazlarini qaytaruvchilar bilan
64
suyuqlanmasligiga olib keladi. Elektropechlarda shlaklarni qaytarib ishlov berish
natijasida rux va qisman qo’rg’oshinni bug’simon aralashma ko’rinishiga keltirilib,
kondensatorga yuboriladi. Eritish zonasi gazlari sovutilib va changdan tozalanib
sulfat kislota ishlab chiqarishga yuboriladi. Kivtsetli pechning solishtirma ishlab
chiqarish unumdorligi 3-5 t/m
2
sutkani tashkil etadi.
Muallaq xolda eritish va kivtsetli jarayonning asosiy afzalliklariga
sulfidlarni yoqishdan hosil bo’lgan issiqlikning texnologik extiyojlar uchun
ishlatilishi. desulfirizatsiya darajasini boshqarish mumkinligining yuqoriligi,
oltingugurtni SO
2
gazlariga o’tkazishning yuqoriligi kiradi. Kamchiliklariga:
solishtirma ish unumdorligining pastligi, faqat o’ta yanchilgan va quruq
mahsulotlarni qayta ishlash mumkinligi.
Eritmalarda oksidli eritish ma’lum darajada aytib o’tilgan kamchiliklarni
bartaraf etadi. Hozirgi vaqtga kelib, to’g’ridan - to’g’ri qoramtir mis olishni
mo’ljallaydigan ko’p turli variantlar tavsiya etilmoqda. Hozirda faqat asosan uchta
jarayon: «Noranda», «Mitsubisi», suyuq vannada eritish sanoatda o’z o’rnini topdi.
Quruq mis boyitmalarini «Noranda» usuli bilan uzluksiz eritish uzunligi
21,3 m, diametri 5,2 m gorizontal tsilindrik aylanma uskunalarda amalga
oshiriladi. 37% gacha kislorodga boyitilgan havo shixta yuklash uchastkasida
joylashtirilgan furmalar orqali kiritiladi. Eritish natijasida 70-75% Su li shteyn
olinadi.
«Mitsubisi» jarayoni to’g’ridan - to’g’ri qoramtir mis olishga mo’ljallangan
uzluksiz avtogen eritish hisoblanadi. Texnologiyaning hamma asosiy bosqichlari -
eritish, konverterlash, shlaklarni kambag’allashtirish alohida ovalsimon uchta
statsionar pechda olib boriladi. Oraliq mahsulotlar uzluksiz ravishda bir pechdan
boshqasiga oqib o’tadi.
Vanyukov eritish jarayoni - mis, mis - nikel, mis - rux va boshqa og’ir rangli
metall boyitmalarini qayta ishlash uchun ishlatiladi. Vanyukov jarayonini sanoatda
qo’llash uchun shaxta ko’rishidagi pechlardan foydalanish tavsiya etilgan.
Vanyukov pechlarining optimal uzunligi agregatning kerakli quvvat birligiga
bog’liq bo’lib, 10 m dan 30 m va undan uzun bo’lishi mumkin. Pechlarning eni
65
havo purkash mashinalari imkoniyati va eritish natijasida olinayotgan
eritmalarning xossasiga bog’liq bo’lib, 2,5 - 3 m ni tashkil etadi; umumiy
balandligi 6 - 6,5 m bo’ladi. Vanyukov pechining alohida xususiyati purkash
furmalarining pechning pastki qismiga nisbatan (1,5-2 m dan) yuqorida
joylashganidir. Vanyukov eritish jarayonining xarakterli xususiyati, avval ko’rilgan
jarayonlardan tamomila farqi shundaki, shixtani erishi va sul
ь
fidlarni oksidlanishi
shteynli eritmada emas, shlakli eritmada boradi, eritish mahsulotlari pechda boshqa
ma’lum erilish usullari singari gorizontal yo’nalishda emas, vertikal - tepadan
pastga qarab harakatlanadi.
8- rasm. Suyuq vannada eritish pechi sxemasi.
1 - shixta; 2-havo; 3- shteyn; 4 - shlak; 5-gazlar; 6 - pech qoplamasi; 7-
misli quyma kessonlar; 5 - furmalar; 9-yuklash voronkasi; 10-apleyk; 11 -
shteynli sifon; 12 - shlakli sifon.
Do'stlaringiz bilan baham: |