§ 12 - SHTEYNGA ERITISH ASOSLARI
Bir - biridan texnologik xususiyatlar, shuningdek qurilmaviy loyihalanishi
bilan farqlanadigan mis ruda va boyitmatrini shteynga eritishning ko’plab
ko’rinishlari mavjud. Mis ishlab chiqarish sanoatida hozirgacha shteynga eritish
usullaridan faqat mayda mahsulotlarni qayta ishlashga yaroqli hisoblanadigan
yallig’ qaytaruvchi pechlarda eritish usuli keng tarqalgan. Yallig’ qaytaruvchi
eritishga o’xshash usul elektr pechlarida eritish hisoblanadi. Hozirgi vaqtgacha mis
rudalarini qayta ishlashning qadimgi usuli - shaxtali pechlarda eritish o’zining
ahamiyatini saqlab qoldi.
Mis boyitmalarini yallig’ qaytaruvchi pechlarda shteynga o’tkazib eritish
XIX asr oxirlarida, metallurgik qayta ishlashga kambag’al rudalar jalb etilishi va
ularni dastlabki boyitish usullarining rivojlanishiga bog’liq xolda qo’llanila
boshlandi. YAllig’ qaytaruvchi pechlar faqat mayda mahsulotlarni qayta ishlay
oladi va o’z vaqtida mayda o’lchamli flotoboyitmalarni shteynga o’tkazib eritish
uchun qulay eritish qurilmasi hisoblanardi.
Yallig’ qaytaruvchi pechlarda eritishning asosiy maqsadi - mis boyitmalarini
shteynga o’tkazib eritishning boshqa ko’rinishlari singari, shixtani ikki suyuq
mahsulot - shteyn va shlak olish bilan eritish hisoblanadi. Bunda shteynga mis va
boshqa qimmatli komponenllarni to’liqroq o’tkazish, keraksiz jinsni esa shlaklash
vazifasi qo’yiladi.
Yallig’ qaytaruvchi eritishning mohiyati shundan iboratki, yuklangan shixta
pechning gorizontal ishchi qismida uglerodli yoqilg’ining yonish issiqligi
natijasida eriydi. Nam boyitmalarni eritganda yuklangan shixta pechning yon
devorlari bo’ylab burchak (otkos) hosil qiladi; quyindini eritganda u shlak
eritmasining yuzasi bo’ylab yoyiladi. Yallig’ qaytaruvchi pechlarda shixta va
eritma yuzasi yonuvchi gazlarning yonishidan hosil bo’lgan mash’alning bevosita
53
nur tarqatishi va ichki yuqori qismdan qaytgan nurlarning issiqligi hisobidan
qiziydi. Pech ichki yuqori qismining issiqlik nurlarini aks ettirib qaytarib uzatishi
sababli bunday pechlar yallig’ qaytaruvchi deb nomlandi.
Shixta qatlamlari orasida issiqlik uzatilishi faqat issiqlik o’tkazuvchanlik
hisobidan amalga oshirilishi mumkin. Yallig’ qaytaruvchi pechlardagi eritma
orasida massa almashinuv yo’qligi, eritmaning ko’yi qatlamlariga issiqlik uzatish
faqat issiqlik o’tkazuvchanlik hisobidan borishini ko’rsatadi. Bunda shuni nazarda
to’lish kerakki, shixta va shlakli eritmaning issiqlik o’tkazuvchanligi past. Burchak
(otkos) yuzasidagi shixtaning mash’aldan nurlanayotgan issiqlik hisobidan qizishi,
mahsulotning qurishi va yuqori sul
ь
fidlar va boshqa barqaror bo’lmagan
birikmalarni termik parchalanishi bilan birga kuzatiladi. Shixtali burchak (otkos)
lar yuzasi qizishi borishi bilan shixtani tashkil etgan oson eruvchan birikmalarni
erishi boshlanadi. Bu vaqtda hosil bo’lgan birlamchi eritma burchak (otkos) yuzasi
bo’ylab oqib, o’zida nisbatan qiyin eriydigan komponentlarni eritadi va shixtali
eritma qatlamiga kelib tushadi. Shu paytdan boshlab, shlakli va shteynli
fazalarning ajralishi boshlanadi; oksidli faza tomchilari pechda doim mavjud
bo’lgan shlakning umumiy massasida eriydi, shteyn tomchilari esa shlak
qatlamidan o’tadi va vannaning pastki qismida mustaqil shteynli qatlam hosil
qiladi. Shteyn tomchilari cho’kish tezligi, tomchining o’lchami qancha katta
bo’lsa, shuncha tez boradi. Mayda shteyn tomchilari yallig’ qaytaruvchi eritish
sharoitida pechda eritma bo’lish vaqti davomida (10-14 soat) to’liq cho’kib
ulgurmaydi va shlak bilan chiqib ketadi.
Yallig’ qaytaruvchi pechlarda termik tayyorlash jarayonlaridan o’tkazilgan
kuydirilgan boyitmalarning erish mexanizmi boshqacha bo’ladi. quyindi
bo’lakchalari shlakli vanna yuzasi bo’ylab oqishi vaqtida u bilan ta’sirlashadi,
natijada bo’lakcha yuzasidagi oksidli qatlam shlakda eriydi, sul
ь
fidli zarralar esa
erilma tubiga tushib, shteyn hosil qiladi. Ishlov berilmagan boyitmalarni eritganda
asosiy kimyoviy jarayonlar temirning yuqori sul
ь
fidlari pechga qaytarilgan
konverter shlaklari bilan kirib kelgan magnetit bilan quyidagi reaktsiya bo’yicha
parchalanadi:
54
FeS + 3Fe
3
O
4
+ 5SiO
2
= 5(2Fe
⋅
SiO
2
) +SO
2
Umumiy desulfirizatsiya bunday xollarda 45-55 % ni tashkil etadi.
Quyindining erishi oksid va sulfidlarning o’zaro kimyoviy ta’sirlanishi bilan
izohlanadi. Bu eritishda asosiy reaktsiyalar:
Cu
2
O + FeS = Cu
2
S + FeO
10Fe
2
O
3
+ FeS = 7Fe
3
O
4
+ SO
shuningdek kremnezyom ishtirokida FeS va Fe
3
O
4
o’zaro ta’siri boradi.
Kuydirilgan mis boyitmalarini eritishda desul
ь
firizatsiya 20-25 % dan
oshmaydi. Mis boyitmalarini eritishga mo’ljallangan yallig’ qaytaruvchi pech
ishchi bo’shlig’i (prostranstvo) gorizontal joylashgan eritish agregati hisoblanadi.
Zamonaviy yallig’ qaytaruvchi pechlarning o’lchami quyidagicha: uzunligi 28-
35m, kengligi 6-10m, balandligi 4-4,5m. Bunday pechlarning pastki qismi yuzasi
180-350m.
Konstruktsion tuzilishga ko’ra, yallig’ qaytaruvchi pechlar fundament,
devor, pastki qism, yuqori qism, karkas, shixta yuklash va eritish mahsulotlari
chiqarish qurilmalari, yoqilg’i yoqish uchun gorelka (forsunka) lardan iborat.
Fundament quyma shlak, beton, g’ishtdan tayyorlanadi. Pech devorlari
xrommagnezitli, magnezitli yoki magnezitxromitli g’ishtdan tayyorlanib,
devorlarning qalinligi pechning yuqori qismlarida 0,5-0,6 m, pastki qismda 0,75-
1m ni tashkil etadi. Qoplamaga mexanik mustahkamlik bag’ishlash uchun u bir
qator kolonna va tortish ustunlaridan iborat metall karkas bilan mahkamlanadi.
Yallig’ qaytaruvchi pechlarning xizmat qilish muddati shixtasifati va uning
yuklanish usuliga bog’liq. Ishlov berilmagan shixta eritilganda, pechning yon
devorlari bo’ylab, himoya qatlamini tez emirilishidan saqlovchi shixtali burchak
(otkos) hosil bo’ladi. Olov bardoshli g’ishtdan tayyorlangan devorlarning
bardoshligini, asosan erigan vanna sathi balandligida tashqi yoki ichki kessonlar
o’rnatib oshirish mumkin. Yallig’ qaytaruvchi pechning muhim elementi bo’lib,
55
uning ichki yuqori qismi hisoblanadi. YAsalishiga ko’ra, pechning yuqori qismi
arksimon, osilgan bo’lishi mumkin.
Yallig’ qaylaruvchi eritishning mahsulotlari shteyn, shlak, chang va gazlar
hisoblanadi. Ularni chiqarish va olib tashlash mahsus qurilmalar yordamida amalga
oshiriladi.
Yallig’ qaytaruvchi pechlar olovli hisoblanadi. Pechda kerakli harorat hosil
qilish uchun yoqilg’i yoqiladi. Gaz yoki ko’mir changini gorelkalar yordamida,
mazut esa forsunkalar yordamida yoqiladi. Hozirgi vaqtda yallig’ qaytaruvchi
pechlar uchun keng tarqalgan yoqilg’i tabiiy gaz hisoblanadi. Gazsimon
yoqilg’ining kamchiligi sifatida kam nurlanish chiqaradigan nursiz mash’alning
hosil qilishini aytib o’tish mumkin. Mash’alni nurlanlirish uchun tabiiy gaz yoqish
bilan bir vaqtda gorelkalarga mazut purkaladi.
Yallig’ qaylaruvchi eritish yuqori universalligi bilan farqlanadi; u turli
tarkibli flotatsion boyitmalarni qayta ishlashga yaroqli. Biroq u quyidagi
kamchiliklarga ham ega:
1. eritish jarayonlari orasida eng kam ish unumdorligiga egaligi;
2. o’zi ham yoqilg’i hisoblangan sul
ь
fidli mahsulotlarni eritish uchun ko’p
miqdorda uglerodli yoqilg’ining sarflanishi;
3. issiqlikning f.i.k. pastligi;
4. olinadigan shteyn tarkibini boshqarib bo’lmasligi;
5. atrof-muhitni ifloslanishiga olib keladigan oltinguturti kam gazlardan
foydalanishning qiyinligi;
6. xomashyodan kompleks foydalanishning past darajasi;
7. qimmatli o’tga chidamli g’ishtlarning ko’p sarflanishi.
Sulfidli mahsulotlarni yallig’ qaytaruvchi eritishga o’xshash eritish usuli
elektr pechlarida eritish hisoblanadi. Elektr pechlarida eritish yallig’ qaytaruvchi
eritishdan shunisi bilan farq qiladiki, unda shlakli eritma orqali elektr toki
o’tkazilganda hosil bo’ladigan issiqlik natijasida shixta eriydi. Yallig’ qaytaruvchi
eritishga nisbatan elektr pechlarida eritish yuqori ish unumdorligiga ega ekanligi,
chiqayotgan gazlarning hajmi kamligi va harorati pastligi sababli issiqlikning kam
56
yo’qolishi, issiqlikning f.i.k. yuqoriligi, eritmalarning qattiq qizishi sababli qiyin
eriydigan shixtani qayta ishlash mumkinligi, shlaklar bilan misning kam chiqib
ketishi bilan ajralib turadi.
Misli rudalarni shaxtali eritish shteynga eritishning qadimgi usullaridan biri
hisoblanadi. Misli ruda va boyitmalarni qayta ishlash uchun shaxtali eritishning
qo’yidagi to’rt ko’rinishini ishlatish mumkin: qaytaruvchi, piritli (oksidlovchi)
yarimpirilli, va takomillashtirilgan piritli yoki mis-oltingugurtli. Zamonaviy mis
metallurgiyasida rudali xomashyoni qayta ishlashda oxirgi ikkitasi o’z ahamiyatini
saqlab qoldi. Oksidlangan yoki ikkilamchi xomashyoni qayta ishlashga yaroqli
qaytarib eritish jarayoni uchun zarur bo’lgan issiqlik, sarfi qattiq shixta
massasining kamida 15 % ga teng bo’lgan koks yoqish natijasida olinadi.
Piritli eritish sulfidli shixtaning oksidlanishidan hosil bo’ladigan issiqlik
hisobidan to’liq borishi mumkin. Tarkibida kamida 75 % pirit bo’lgan, faqat yuqori
sulfidli rudalarni qayta ishlashga yaroqli piritli eritish, deyarli o’z ahamiyatini
yo’qotdi. Shaxtali eritishni avtogen sharoitda olib borish uchun dastlabki shixtada
sulfidlar etarli bo’lmaganda, issiqlik yetishmovchiligi uglerodli yoqilg’i yoqish
bilan qoplanadi. Kerakli issiqlik sulfidlarni va yoqilg’ini yonishidan olinadigan
shaxtali eritishning bunday ko’rinishi yarimpiritli eritish deb nom oldi. Yarimpiritli
usul bilan boy bo’lakli ruda yoki floloboyitmalarni aglomeratsiyali kuydirish bilan
olinadigan aglomerallarni eritish mumkin. Shaxtali eritish nisbatan arzon
texnologik jarayon hisoblanadi. Uni amalga oshirish uchun kam o’tga chidamli
g’ishtlar talab etiladi; pechning oddiy va arzon konstruktsiyalari ishatiladi.
Eritishning bu ko’rinishi afzalliklariga, kam masshlabli ishlab chiqarish uchun
jarayonning yaroqligi, chunki shaxtali pechlar istagan uzunlikda qurilishi mumkin
va solishtirma unumdorlikning yuqoriligi kiradi. Shaxtali eritishning qo’llanilishini
chegaralanganligi eritishning bu turi uchun rudali xomashyoning yo’qligi va
xomashyodan kompleks foydalanish darajasi pastligi bilan izohlanadi.
Shaxtali eritish ishchi bo’shlig’i shaxtaga o’xshab vertikal joylashgan eritish
qurilmasida olib boriladi (7-rasm).
57
7-rasm. Shaxtali pech.
Do'stlaringiz bilan baham: |