115. Qaysi gapda sifatlovchi aniqlovchi modal
so’z bilan ifodalangan?
A) Uning ziyrak qo’ng’ir ko’zlarida horg’inlik
bor edi.
B) Qirlardan esayotgan mayin shabada ana shu
gullarning g’unchalarini yozmoqda.
C) Kumush qishdan, zumrad bahordan
qolishmaydi kuzning ziynati.
D) Fermer xo’jaligi rahbarlari zarur ishlarini
bitirishdi.
116. Yuzida bilinar-bilinmas chechak o’rni
qolgan, keng peshonali, sochlari o’ng
tomonga silliq taralgan jurnalist shoirga bir
qarab qo’ydi.
Ushbu gapdagi sifatdosh qurilmali
aniqlovchini toping.
yuzida bilinar-bilinmas chechak o’rni qolgan
1.keng peshonali 2.sochlari o’ng tomonga
silliq taralgan 3.chechak o’rni qolgan
4.silliq taralgan
A) 1, 2, 3 B) 1, 2, 3, 4, 5
C) 1, 3, 4, 5 D) 1, 3
117. Jamilovning egnida oq shohi kitel, sariq
koverkot shim, oyog’ida kavkazcha etik,
boshida chust do’ppi edi.Ushbu gapdagi
birikmali holda qo’llangan sifatlovchi
aniqlovchini toping.
1. oq shohi kitel 2. sariq koverkot shim
3. kavkazcha etik 4. chust do’ppi
A) 1, 2 B) 1, 2, 3 C) 1, 2, 3, 4 D) 1, 3
118. Olmosh bilan ifodalangan sifatlovchi
aniqlovchi qatnashgan gapni toping.
A) Besh-olti kimsa yig’ilib maslahat qilishdi.
B) SHularni o’ylab ba’zan o’zimdan-o’zim
xafa bo’lib ketaman.
C) Qirlardan esayotgan mayin shabada ana shu
ajoyib gullarning g’unchalarini yozmoqda.
D) Qazib olinayotgan oltinlarimiz endi
o’zimizniki.
119. Otlashgan sifatdosh bilan ifodalangan
qaratqich aniqlovchini toping.
A) Go’zallarning go’zali malika Parizod ovga
chiqibdi.
B) Yaxshining ehsoniga baxilning boshi og’rir.
C) SHiftga osig’liq qirqinchi chiroqning
qalpog’i uy devorlarining tepa yog’iga cho’ziq
soya solgan.
D) So’raganning bir yuzi qora, bermaganning
ikki yuzi qora.
120. Qaratqich aniqlovchili so’z
birikmalarining asosiy belgisi nima?
A) Tobe so’zning ot va otlashgan so’zdan
iborat bo’lishidir.
B) Tobe va hokim so’z o’rtasida –ning
qaratqich kelishigi belgili tarzda qo’llanashidir.
C) Hokim so’zning ot so’z turkumidan
ifodalanishidir.
D) Hokim so’zning egalik qo’shimchalari bilan
kelishini talab qilishidir.
121. Birining ko’zi qora, ikkinchisining ko’zi
ko’k edi. Ushbu gapdagi qaratqich
aniqlovchining ifodalanishi haqidagi qaysi
hukm to’g’ri?
A) ot bilan B) son bilan
C) otlashgan son bilan D) ravish bilan
122. Qaratqich va qaralmish belgili qo’llangan
birikmani toping.
A) daraxtning bargi B) maktab bog’i
C) bizning uy D) yong’oq mag’iz
123. Dutor torlarining jarangi Zumradning
tovushiga qo’shilib ketdi.
Ushbu gapdagi aniqlovchining turini va u
qaysi so’z turkumidan ifodalanayotganini
aniqlang.
A) sifatlovchi aniqlovchi, otdan ifodalanyapti
B) qaratqich aniqlovchi, otdan ifodalanyapti
C) qaratqich aniqlovchi, sifatdan ifodalanyapti
D) qaratqichli aniqlovchi, sifatdan
ifodalanyapti
124. Bir kattaning gapiga kir, bir kichikning
gapiga kir. Ushbu gapdagi qaratqich
aniqlovchi qaysi so’z turkumi bilan
ifodalanyapti?
A) son bilan B) otlashgan sifat bilan
C) otlashgan ravish bilan
D) otlashgan sifatdosh bilan
125. Qaratqich beligili, qaralmish belgisiz
kelgan birikma qatnashgan gapni toping.
A) Daryo labida turib ko’klam quchog’ida
tovlanayotgan olmazor chiroyiga suqlanardim.
B) Ikkining kvadrati to’rt bo’ladi.
C) Bizning qishloq zamonaviy uy va
ko’chalardan iborat.
D) Jismoniy tarbiya darsi maktab hovlisida
o’tkazildi.
126.Olmosh bilan ifodalangan qaratqichli
aniqlovchini toping.
A) Biz shu yillar ichida ko’p natijalarga
erishdik.
B) Eti sizning, ustuxoni mening bo’lg’ay.
C) Bizning eshon – kabobpazlarning piri
D) B va C.
127. Qaratqich va qaralmishning munosabati
haqida bildirilgan qaysi hukm to’g’ri?
1. qaratqich va qaralmish belgili keladi.
2. qaratqich belgisiz, qaralmish belgili keladi.
3. qaratqich va qaralmish belgisiz qo’llanadi
4. qaratqich belgili, qaralmish belgisiz kelishi
mumkin
A) 1, 2 B) 1, 2, 3, 4 C) 1, 2, 3 D) 1, 2, 4
128. SHaxs yoki narsani boshqacha nom bilan
aniqlash...
A) aniqlovchi B) izohlovchi
C) qaratqich D) qaralmish
129. Mana shu o’yin-kulgilar, qo’shiqlar va
kuylar yoshlar va keksalarning diliga orom va
quvonch bag’ishlagan lola sayli yaqindagina
bo’lgan edi. Ushbu gapdagi aniqlovchilarni
belgilang.
A) mana shu, qo’shiqlar va kuylar
B) mana shu, lola sayli
C) mana shu, yoshlar va keksalar
D) o’yin-kulgilar, qo’shiqlar va kuylar,
keksalarning
130. Izohlovchi qanday belgilarni bildiradi?
1. unvon yo amalni 2. kasb yo mashg’ulotni
3. yosh, jins va qarindoshlikni 4. xususiyat
yoki holatni 5.laqab yoki taxallusni
A) 1, 2, 3 B) 1, 2.3, 5
C) 1, 2, 3, 4, 5, D) 1, 2, 5
131. Muso Toshmuhammad o’g’li Oybek yirik
nasriy asarlar muallifidir. Ushbu gapdagi
izohlovchini aniqlang.
A) Muso B) o’g’li C) Oybek D) yirik
132. O’sha kuni Mavjuda xola bilan Sobir
amaki foydali maslahat qildilar. Ushbu
gapdagi izohlovchi turini aniqlang.
A) jins B) qarindoshlik C) yosh D) kasb
133. 1.Ayol hamshira 2. Hamshira ayol
Har ikkala birikmadagi bo’laklar haqida
bildirilgan qaysi fikr to’g’ri?
A) Birinchi birikmada ayol – izohlovchi,
hamshira – izohloanmish;
ikkinchi birikmada hamshira – izohlovchi,
ayol -- izohlanmish.
B) Birinchi birikmada ayol –izohlanmish,
hamshira—izohlovchi;
ikkinchi birikmada hamshira – izohlanmish,
ayol - izohlovchi .
C) Birinchi birikmada ayol – aniqlovchi,
hamshira – aniqlanmish;
ikkinchi birikmada hamshira – aniqlovchi,
ayol – aniqlanmish.
D) Birinchi birikmada ayol – aniqlanmish,
hamshira aniqlovchi;
ikkinchi birikmada hamshira – aniqlanmish,
ayol – aniqlovchi.
134. Egasiz gaplar qanday turlarga bo’linadi?
A) shaxsi noma’lum gaplar, atov gaplar, so’z-
gaplar
B) shaxsi ma’lum gaplar, shaxsi noma’lum
gaplar
C) shaxsi umumlashgan gaplar, atov gaplar
D) to’liq gap, to’liqsiz gap
135. SHaxsi noma’lum gaplarni belgilang.
1. Dam olish kuni baliq oviga borish lozim.
2. Yo’lda biroz to’xtashga to’g’ri kelib qoldi.
3. Maktab. Yoshligimning oltin davri shu
dargohda o’tdi.
A) 1 B) 1, 2, 3 C) 2, 3 D) 1, 2
136. SHaxsi noma’lum gap deb nimaga
aytiladi?
A) Ega qatnashmagan, lekin harakatni
bajaruvchi shaxs kesim tomonidan aniq sezilib
turuvchi gap.
B) Ega qatnashmagan, shu bilan birga,
uchinchi shaxs shaklidagi fe’l kesim bajaruvchi
shaxsni aniq ifodalamaydigan gap.
C) Ega qatnashmagan, kesim aniq shaxs
shaklida bo’lsa-da, lekin mazmunan umumga
qaratilgan gap.
D) Faqat kesim tarkibidan iborat bo’lib,
bajaruvchi shaxs ma’nosi umuman
ifodalanmaydigan gap.
Do'stlaringiz bilan baham: |