3. ZOMIN DAVLAT QO‘RIQXONASI.
Turkiston tog‘ tizmalarining
shimolidagi Zomin tumani hududlarining 21740 gektar maydonini egallagan bo‘lib,
shundan 11300 gektardan ortig‘i o‘rmonlardan iborat. 750 dan ortiq o‘simlik turlari
mavjud bo‘lib, asosan dengiz sathidan 1750-3500 metr balandlikda joylashgan, tog‘
archali ekotizimlar muhofaza qilinadi.1960 yilda Jizzax viloyati hududida tashkil
etilgan.
4. SURXON DAVLAT QO‘RIQXONASI.
Surxondaryo viloyati hududida
joylashgan,
ikkita
mustaqil
bo‘lim: Orol-Payg‘ambar va Ko‘hitang
qo‘riqxonalaridan iborat. Orol - Payg‘ambar davlat qo‘riqxonasi 1964 - yilda tashkil
etilgan, umumiy er maydoni 4000 gektardan ortiq, jumladan, 970 gektari to‘qayli
o‘rmonzorlardan iborat. Asosiy vazifasi Amudaryo havzasiga xos vodiy - to‘qayli
ekotizimni muhofaza qilishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |