I-bosqich (1892 – 1902 yillar) –
Xaberlandt, Fexting, Rextiger kabi nemis olimlarini
nomlari bilan bog’liq. Ular saxaroza eritmasida xar xil o’simliklar to’qimalarini o’stirishga
urinib ko’rishgan, ammo o’simliklarni o’sishi kuzatilmagan. Faqatgina qoqi o’tini va tol
daraxtini poyalarini sigmentlari uchun birlamchi kallus olingan va kallusgenezga aylanishi
mumkin bo’lgan segmentin eng kichik razmeri aniqlangan. Eksperimental
muvaffaqiyatlarga etaolmasdan bu olimlar qator g’oya va gipotezalar yaratganlar. Bu
g’oya va gipotezalar ancha kechiroq o’z tasdiqini topgan. Masalan, Xarerlandt xar qanday
tirik o’simlik hujayrasini totipotentligi ya’ni hujayralarni ma’lum sharoitda o’stirilganda
o’zini rivojlanish potensialini namoyon qilishi va butun o’simlik hosil bo’lishiga boshlashi
haqida gipoteza e’lon qilgan edi.
¾
Do'stlaringiz bilan baham: |