Pedagogik jarayon
Maqsad:
Pedagogik kollejlar o„quvchilarining
ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish
Yo„llari:
1.
Sohaga oid mavjud tajribalarini o„rganish.
2. Psixologik xizmatni tashkil etish.
3.Tabaqalashtirilgan ta‟limni joriy etish.
4. Umumiy psixologi-pedagogik nazorat
1.2-rasm. Kollej o‘quvchilarining ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish modeli
Yo„nalishlari:
1.
Kichik akademiya (ilmiy- ijodiy izlanuvchilar, ilmiy ma‟ruzalar, ilmiy referatlar, eng faol
kitobxon).
2.
Ijod gulshani (nazm, nasr, badiiy o„qish, ijodiy insholar, jurnalistika).
3.
Madaniyat va san‟at (qo„shiqchilik, raqs, musiqa, suxandonlik).
4.
Axborot texnologiyalari (kompyuter operatorligi, dizayn, dasturlash).
5.
Sport (futbol, voleybol, boks, qo„l jangi, basketbol, qo„l to„pi, karate, yengil atletika,
shaxmat-shashka, stol tennisi, taekvando, milliy kurash, badiiy gimnastika, ritmik gimnastika).
6.
Milliy hunarmandchilik va amaliy san‟at, badiiy mehnat (tabiiy materiallar, loy va plastilin
bilan ishlash, gazlamaga badiiy ishlov berish, modellashtirish, to„qish, kashtachilik, zardo„slik,
tikuvchilik, adras va atlas to„quvchilik, yumshoq o„yinchoqlar yasash, tasviriy san‟at, qog„ozdan
buyumlar yasash)
21
Maqsad. Pedagogik kollej o„quvchilari ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga
qaratilgan fan samaradorligini pedagogik-psixologik-pedagogik nazoratni izchil
tizimli olib borishga erishish.
1. Kichik akademiya.
Maqsad.
O„quvchilarning
nazariy
bilimlarini
chuqur
o„rganishga
yo„naltirish., ijodiy, aqliy mushohada yuritish malakalarini rivojlantirish.
Tafakkurlarini boyitish, ijtimoiy siyosiy voqeliklar, pedagogik ta‟lim muammolari,
iqtisodiy rivojlanish, ilm fan yutuqlariga erishishdan iborat. Kitob o„qishga
qiziqishini kuchaytirish, mantiqiy fikrlashga o„rgatish, intellektual salohiyatini
ro„yobga chiqarish.
2. Ijod gulshani.
Maqsad. Pedagogik kollej o„quvchilarini taniqli yozuvchi, shoir va tilshunos
olimlar bilan uchrashuv suhbatlarda ishtirokini ta‟minlash. She‟riyatga qiziqishini
yanada oshirish. O„quvchilarning bo„sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish. Mahalliy
matbuot va televidenie orqali tengdoshlarining ijodlarini namoyish qilish.
3. Madaniyat va san‟at.
Maqsad. O„quvchilarning qobiliyati va intilishlarini maqsadli rivojlantirish,
estetik talablarini qondirishga qaratish. Musiqa, raqs, qo„shiq kuylash bo„yicha
ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, klassik va zamonaviy qo„shiq hamda
raqslarni ijro etishga sharoit yaratish.
4. Axborot texnologiyalari.
Maqsad. Axborot texnologiyalari bo„yicha chuqur bilimga ega bo„lishga
intilishlarini qoniqtirish. O„quvchilarni operatorlik, dizayn va grafika bo„yicha
bilim, ko„nikma, malakalarini baholash. Internet tarmoqlariga ulanib qiziqarli
ma‟lumotlarni olishlari uchun sharoit yaratish.
5. Sport.
Maqsad. Ijodiy qobiliyatli o„quvchilarni jismoniy sog„lom bo„lishini
ta‟minlash, jismoniy salohiyatini yanada o„stirish, shahar, tuman, viloyat,
respublikada o„tkazib kelinayotgan sport musobaqalariga tayyorlash hamda o„z
imkoniyatlari va qobiliyatlarini to„la namoyon etishga erishish.
22
6. Milliy hunarmandchilik va tasviriy san‟at.
Maqsad. Milliy hunarmandchilik va tasviriy san‟at asoslari, ularning o„ziga
xos xususiyatlarini targ„ibot qilish, tarixiy joylar, obidalar va muzeylarga sayohat
tashkil etish. Ijod namunalaridan ko„rgazmalar tashkil etish. Ijodiy qobiliyatli
o„quvchilarni kasbiy mahoratlarini oshirishga imkon yaratish va tanlagan kasbiy
yo„nalishlari bo„yicha mehnat bozoriga tayyorgarlik salohiyatini kuchaytirish.
Pedagogik kollej o„quvchilari o„rtasida milliy zardo„zlik, do„ppi, kashtachilik
an‟analarini davomiyligini ta‟minlash. Ijodiy qobiliyatli o„quvchilarni aniqlash va
ularni qo„llab-quvvatlash hamda tadbirkorlikni rivojlantirish.
Shunday qilib, pedagogik kollejlar o„quvchilari ijodiy qobiliyatlarini
rivojlantirish ko„pqirrali, murakkab pedagogik-psixologik jarayon bo„lib, uni
samarali tashkil etish pedagogik-psixologik bilimlarni puxta o„zlashtirilishini,
tashkiliy-texnologik va metodik jihatdan to„g„ri tashkillashtirilishini taqozo etadi.
Shuningdek, bu jarayonni tashkil etishda mavjud holatni o„rganish, bu yo„ldagi
amaliy harakatni tizimli olib borish uchun zarur chora-tadbirlarni belgilashga
yordam beradi.
Ijodiy qobiliyatlilik individual xususiyatga ega xislat bo„lganligi bois
pedagogik kollejlarning har bir o„quvchisida uning mavjud ekanligini o„rganish
talab etiladi. Bu esa o„ta murakkab jarayon bo„lib, mutaxassislarni jalb etish va
alohida tashkiliy-texnik tayyorgarlik asosida ish ko„rishni taqozo etadi. Bu
jarayonda qobiliyat negizida aks etuvchi pedagogik-psixologik xususiyatlarni
inobatga olinishi muhimdir. Shu sababli dissertatsiyada shaxs qobiliyatining
pedagogik-psixologik jihatlarini yoritish maqsadga muvofiqdir.
Maxsus adabiyotlarda shaxs qobiliyatining mohiyatiga ko„ra quyidagicha
guruhlanishi ko„rsatilgan:
1)
bilish qobiliyati;
2)
ijodiy qobiliyat;
3)
hissiy qobiliyat.
Bilish qobiliyati so„nggi 25 yil ichida amerikalik psixologlar tomonidan
keng ko„lamda maxsus o„rganilib kelinmoqda, ayni vaqtda u “aqliy-ijodiy
23
qobiliyat” sifatida ham e‟tirof etilmoqda. Gilford va uning izdoshlari shaxsning
aqliy qobiliyati darajasini belgilovchi 16 omilni asoslaganlar. Jumladan,
ko„chuvchanlik, ravonlik, tafakkur aniqligi, o„ziga xosliligi, muammoni izlashdagi
ziyraklik va boshqalar.
Intellekt bo„yicha ham ijodiy qobiliyatli o„quvchi zukko, zehni tez,
masalani tez chuqur anglash, xotira va yodlash qobiliyati, bilimni tez egallashga,
tinimsiz izlanishga ega bo„lishi kerak.
O„z ijodiy qobiliyatini namoyon qila olishi, ta‟limga yangicha yondoshish,
ko„p adabiyotlarni o„qish, ilmiy ijodiy izlanish, milliy qadriyatlarni e‟zozlay
olishi, Vatanni sevishi, vatanni kuylashi, she‟riyatni chuqur tushuna olishi, erkin
fikrlashi, fikriy izlanuvchanligi kuchli bo„ladi.
Ziyraklik, topqirlik, diqqatning taqsimlanishi, axborotni tez qabul qilish,
esda qoldirish, hozirjavoblik, chuqur fikr yurituvchi, tasavvuri keng, barcha bilim,
ko„nikma va malakalarni egallay olgan bo„lishi lozim.
Pedagogik kollejlarda tashkil etiluvchi mashg„ulotlar hamda auditoriyadan
va ta‟lim muassasasidan tashqari sharoitlarda o„quvchilarning “Intellektual ring”,
“Zakovat”, “O„yla, izla, top!”, “Iqtidorlilar oramizda”, “O„tkir zehnlilar” kabi
intellektual o„yinlar yoki amaliy treninglarga faol jalb etilishi ularning aqliy
qobiliyatlarini o„stirishga yordam beradi, ularda ijodiy-aqliy mushohada yuritish
malakalari
rivojlanadi,
tafakkurlari
boyiydi.
Yuqorida
sanab
o„tilgan
mashg„ulotlar yoki tadbirlarning muayyan mavzular bo„yicha tashkil etilishi,
o„quvchilar e‟tiboriga havola etiladigan topshiriqlar mazmunining imkon qadar
ijtimoiy-siyosiy voqeliklar, ekologik jarayon, pedagogik ta‟lim muammolari,
iqtisodiy
rivojlanish,
texnologik
taraqqiyot
hamda
ijtimoiy-munosabatlar
mavzulariga bag„ishlanishi o„quvchilarda ularga nisbatan qiziqishni shakllantiradi.
Shuningdek, ular ilmiy tushunchalarni ham o„zlashtiradilar va o„zlashtirilgan
nazariy
bilimlarni
amaliyot,
hayotiy vaziyatlarda samarali qo„llay olish
ko„nikmalariga ega bo„lishlari uchun poydevor yaratadi.
Bilish
qobiliyatining
rivojlanishi
natijasida
pedagogik
kollejlarning
o„quvchilari muammoni qo„yish, maqsadni belgilash, ularning yechimlarini
24
ta‟minlovchi vositalarni belgilash, tahlil (analiz), sintez, istiqbolni belgilash,
xulosalar chiqarish va yangi maqsadni asoslash layoqatlariga ega bo„lib boradilar.
Zero, «qobiliyatli bolalar juda yoshlikdanoq voqea-hodisalar o„rtasidagi sabab-
oqibat aloqalarini anglay olish va ularga muvofiq xulosalar chiqarish layoqatiga
egaliklari bilan ajralib turadilar. Ular muqobil modellar va tizimlarni yaratishga
qiziqadilar.
Ular, shuningdek, boy nutq va abstrakt tafakkurning shakllanishini
ta‟minlovchi kuchli xotiraga ega bo„ladilar. Axborot hamda tajribalarni
turkumlashtira va tasniflay
bilishlari,
o„zlashtirilgan bilimlardan samarali
foydalana olishlari ularning boshqalardan farqlanishlarini tavsiflaydi”
Rivojlangan xorijiy mamlakatlar tajribasida shaxsning aqliy qobiliyatini
namoyon etilishini, shuningdek, uning darajasini aniqlashda turli metodikalar
qo„llaniladi. Ularning orasida eng ommaviylari “Breyn-shtorming” (“Aqliy
hujum”) va hokazo.
“Breyn-shtorming” (“Aqliy hujum”) ongning tashqi muhitga moslashishi va
ko„nikishini ta‟minlovchi nazorat mexanizmlari aqlning ijodiy imkoniyatlari
namoyon bo„lishini ifodalaydi, to„siq mexanizmlarni bartaraf etishga ijodiy
jarayonning ikki: 1) g„oyalarni ishlab chiqish; 2) ularni tanqidiy baholash
bosqichida muvaffaq bo„linadi.
Sinektika ijodkorlik (kreativlik) guruhlangan sharoitlarda aqliy faoliyatning
ichki sezgi va hissiy jihatlarini faollashtirish maqsadini qo„yadi.
O„quvchilar bilish (aqliy) qobiliyatlari, shu jumladan, bevosita fikriy va
amaliy harakatlari bilan akademik yutuqlarga erishishni kafolatlovchi qobiliyatlar
yo„nalishlari bo„yicha ham guruhlanadilar. Ilm-fan yoki bilish sohasining ma‟lum
yo„nalishlarida yuqori natijalarini qayd etish akademik yutuqlarga erishishni
kafolatlovchi qobiliyatlar sifatida e‟tirof etiladi. Matematika, tabiiy fanlar (fizika,
geografiya, biologiya)ni o„zlashtirish, o„qish, shaxmatga bo„lgan kuchli qiziqish va
ehtiyojga ega shaxslar akademik yutuqlarga erishadilar va o„zlarida quyidagi
sifatlarni namoyon etadilar:
25
1)
matematik qobiliyat – shaxsda hisob-kitob, o„lchash va predmetlarni
tartibga solishga katta qiziqish yuzaga keladi, yoshiga nisbatan matematik
qonuniyatlarni tushunish layoqti shakllanadi, matematik ramzlar (raqamlar va
belgilar)ni oson tushunish va yodda saqlab qolishini namoyon etadi, ko„paytirish
va bo„lishga oid har qanday operatsiyani osonlik bilan bajaradi, yirik hajmdagi
vaqt hisobi va pullarni ajrata oladi, matematikaga aloqador bo„lmagan
mashg„ulotlarda ham matematik tushuncha va ko„nikmalarini namoyish etadi.
2)
tabiiy fanlar (biologiya, fizika, geografiya)ni o„zlashtirishga bo„lgan
qobiliyat – shaxs predmetlar va hodisalarga nisbatan diqqat-e‟tiborli, tabiiy fanlar
va tabiatga oid tushuncha va bilimlarni tasniflashga nisbatan kuchli qiziqishga ega,
tabiiy-ilmiy va amaliy tajribalarga nisbatan qiziqishi kuchli, ro„y berayotgan
voqea-hodisalarning sabab-oqibat munosabatlarini tushuna oladi, o„ziga xos
abstrakt xotiraga ega;
3)
o„qishga bo„lgan qobiliyat – bunday qobiliyatga ega shaxs nihoyatda
ko„p o„qiydi, muloqot jarayonida boy so„z zahirasi va murakkab sintaksis
tuzilmalardan foydalanadi, o„qiyotgan vaqtda diqqatini uzoq muddat saqlab tura
oladi, o„qilayotganlarini yaxshi tushunadi va ularning mohiyatini to„g„ri anglaydi,
xotirasida ramzlar, harflar va so„zlarni uzoq vaqt saqlay oladi, ifodali o„qiy olish
iqtidorini namoyish etadi, alohida notiqlik mahoratiga ega;
4)
sport qobiliyati – bunda shaxmatga bo„lgan qobiliyat, shaxmat
kataklarining nomlanishi (raqamlanishi), donalarning vazifalari va ularning
harakatlanish yo„nalishlarini yaxshi biladi, operatsiyalarning nomlanishini bexato
ayta oladi, o„yin qoidalarini yodida yaxshi saqlaydi, o„yin jarayonida har bir
yurishning sabab va oqibatini tahlil eta oladi, bir necha pozitsiyadan so„ng
vaziyatning o„zgarishini bashoratlay oladi, murakkab shaxmat operatsiyalari
qo„llay oladi.
Bilish qobiliyati yuqori bo„lgan shaxs o„zida quyidagi sifatlarni namoyon
etadi (1.2-jadval):
26
Do'stlaringiz bilan baham: |