32
II BOB. O„QUV -TARBIYA JARAYONIDA O„QUVCHI YOSHLARDA
KREATIV TA‟LIM VA QOBILIYATLARNI SHAKLLANTIRISHNING
PEDAGOGIK SHART-SHAROITLARI
2.1 O„quvchilar faoliyati jarayonida kreativ qobiliyatlarini shakllantirishning
tizimliligi va izchilligi
Pedagogik-psixologik
tadqiqotlarning
ko„rsatishicha, ta‟lim jarayonida
o„zlashtirish ko„rsatkichi yoki ijodiyligi bo„yicha “o„rtamiyona” o„quvchi
keyinchalik ijobiy tomonga o„zgarishi, boshqa sohada yuksak natijalarga erishishi,
hatto mutaxassisligiga yondosh ixtisoslikda ham o„rnini ko„rsatish mumkin. Ta‟lim
va ijtimoiy turmushda uquvsiz, “yaroqsiz” deb baholangan insonlar keyinchalik
biron bir sohaning yetakchi mutaxassis sifatida elga tanilishi, yuqori lavozimlarni
egallashi, tadbirkor shaxs sifatida kamol topishi hodisasi tajribada ko„p uchraydi.
Shuning uchun bilim, ko„nikma va malakalarini egallash jarayonida qobiliyatlar
namoyon bo„lsa-da lekin ular bilim, ko„nikma, malakalarga talluqli emas. Xuddi
shu boisdan, ular bir biri bilan o„zaro tahlil qilganganida qobiliyatlar bilan bilimlar,
qobiliyatlar bilan ko„nikmalar mohiyat, mazmun ma‟no jihatidan bir biridan farq
qiladi. Ushbu pedagogik-psixologik hodisa obrazliroq tushuntirilganda bilim,
ko„nikma, malakalar tufayli egalanadigan aniq voqelik deb tasavvur qilinsa,
qobiliyatlar shaxsning ruhiy olamidagi hali ro„yobga chiqmagan imkoniyatlaridir.
Masalan, kollej o„quvchisining o„qishga kirishi, mutaxassis sifatida kasbiy faoliyat
uchun imkoniyat tarzida gavdalanishi kabi shaxsning qobiliyatlari kasbiy bilim,
ko„nikma va malakalarini egallash uchun imkoniyat tariqasida namoyon bo„ladi.
Kasbiy bilim va ko„nikmalar egallanadimi yoki yo„qmi, imkoniyat ro„yobga
chiqdimi yoki ushalmagan orzu sifatida qolib ketdimi - bularning barchasi
ko„pgina omillarga va sharoitlarga bog„liqdir. Qobiliyatlar bilim, ko„nikma va
malakalarda aks etmaydi, balki ularni egallash jarayonida, dinamikasida namoyon
bo„ladi. Bu ularda namoyon bo„luvchi pedagogik qobiliyatga egalikdir. Buyuk
alloma A. Navoiy «Qobiliyatsiz odamga tarbiya xayf, qobiliyatli odamni tarbiya
33
qilmaslik gunoh» deganlarida yoshlarning ichida eng zukko va qiziquvchanlarini
davlat va jamiyat o„z kelajagi poydevori sifatida qarashga chorlagan edi.
Pedagogika va psixologiyaning metodologik asosi bo„yicha ko„rsatilishicha
qobiliyatlar imkoniyatlar tizimidan tashkil topgan bo„lib, u yoki bu foliyatidagi
zaruriy mahorat darajasi haqiqat hisoblanmaydi. Masalan, pedagogika kollej
o„quvchisida namoyon bo„layotgan pedagogik qobiliyat uning o„qituvchi,
tarbiyachi sifatida shakllanishiga kafolat bera olmaydi. O„qituvchi, tarbiyachi
bo„lish uchun maxsus bilim berilishi, tabiatga, atrofdagilarga munosabati, idrok
qilishi, shaxsiy fazilati, salomatligi, bolalarga bo„lgan mehrining cheksizligi,
o„quvchilar, o„quv xonasi, axborot resurs markazi, amaliyot o„tash uchun bog„cha
va maktablar, musiqa maktabi va boshqalar muhayyo bo„lishi zarur. Ta‟kidlab
o„tilgan vositalar, shart-sharoitlar hisobiga kollej o„quvchisidagi pedagogik
qobiliyati rivojlanishi mumkin.
Pedagogik qobiliyat qobiliyat turlaridan biri bo„lib, shaxsning pedagogik
faoliyatni samarali olib borish va shu sohada muvaffaqiyatlarga, yuqori natijalarga
erishish demakdir.
Pedagogik qobiliyat mohiyatida pedagogik faoliyatni samarali yo„lga
qo„yishga imkon beruvchi nazariy-metodik bilimlar, amaliy ko„nikma va malakalar
yotadi. Sohaga oid qobiliyat negizini o„qituvchi va o„quvchilar o„rtasidagi ta‟limiy
va tarbiyaviy munosabatlar tashkil etadi.
O„qituvchi shaxsiga ega sifatlar, shu jumladan, pedagogik qobiliyatni
tarbiyalash muammosi bir qator pedagogik-psixologik tadqiqotlarning ham yetakchi
g„oyasi sifatida qabul qilingan. Masalan, M.G.Davletshin, R.Z.Gaynutdinov,
S.Jalilova, M.Kaplanova, tomonidan olib borilgan ilmiy izlanishlar natijasida
o„qituvchi shaxsiga xos bo„lgan sifatlar, xususan, kasbiy sifatlarning mohiyati ochib
berilgan, ularning namoyon bo„lish darajasi yoritilgan hamda pedagogik qobiliyatni
rivojlantirish masalasi tadqiq etilgan.
Tasnifda ifoda etiluvchi pedagogik kasbiy sifatlar umumiy tarzda quyidagicha
guruhlanadi:
1)
shaxsning jamoatchilik va kasbiy yo„nalishi;
34
2)
pedagogik mahorat va qobiliyati;
3)
xarakterining pedagogik-psixologik xususiyatlari;
4)
bilish faoliyati;
5)
o„qituvchi shaxsining bolalarni kasbga tayyorlash ishlari darajasidagi
umumiy taraqqiyoti.
Mazkur tasnifda qayd etilgan sifatlar ayni vaqtda pedagogik qobiliyat
mohiyatida ham aks etishini nazarda tutgan holda ayni o„rinda mazkur tasnifning
keltirilishi maqsadga muvofiq deb topildi:
1. O„qituvchining shaxsiy xislatlari:
bolalarni yaxshi ko„rish, ularni sevish;
amaliy-pedagogik-psixologik aql-farosatlilik;
mehnatsevarlik;
jamoa ishlarida faollik;
mehribonlik;
kamtarlik;
odamiylik, dilkashlik;
uddaburonlik, mustahkam xarakterga ega bo„lish;
o„z bilimini oshirishga intilish;
2. Kasbga xos bilimlari:
ta‟lim-tarbiya jarayoni mohiyati bilan uning maqsad va vazifalarini
tushunishi;
psixologiya asoslari, yosh psixologiyasi va pedagogik psixologiya
asoslarini bilishi;
etnopedagogik-psixologik bilimlarni egallashi ;
hozirgi zamon pedagogikasi asoslarini bilishi;
hozirgi zamon pedagogikasining metodologik asoslarini egallaganligi;
maktab
yoshidagi
bolalarning
pedagogik-psixologik-pedagogik
xususiyatlarini tushunishi;
o„z fanini o„qitish metodikasini bilishi;
35
o„quvchilarga tarbiyaviy ta‟sir etishning samaradorligini bilishi;
ota-onalar va jamoatchilik bilan olib boriladigan tarbiyaviy ishlarning
mazmunini bilishi.
3. O„z kasbiga xos xislatlari:
milliy istiqlol g„oyasini anglashi;
o„qituvchining kuzatuvchanligi;
o„z diqqat-e‟tiborini taqsimlay olishi;
zamonaviy maktabda olib boriladigan o„quv-tarbiya jarayonida
umuminsoniy boyliklar, milliy an‟analar va urf-odatlarning ahamiyatini tushunishi;
pedagogik fantaziya (xayol)ning rivojlanishi;
o„ziga tanqidiy munosabatda bo„lishi;
o„zini qo„lga ola bilishi, o„zini tuta bilishi;
pedagogik takt;
nutqning emotsional ifodalanishi.
4. Shaxsiy-pedagogik uddaburonlik:
dars mashg„ulotlari uchun zarur materiallarni tanlay bilishi;
o„quvchilarning bilish faoliyatini boshqara olishi;
ta‟lim va tarbiya jarayonida o„quvchilar ongining taraqqiy etib borishini
istiqbolli ravishda rejalashtira olishi;
pedagogik vazifalarni shakllantirish va tarbiyaviy ishlarni rejalashtira
bilishi;
bolalar jamoasiga rahbarlik qilishda o„z faoliyatini rejalashtira bilishi;
o„quv maqsadlarini rejalashtira olishi;
o„zining ta‟lim-tarbiya ishlariga tayyorlanish tizimini rejalashtira olishi.
5. Tashkilotchilik malakalari:
bolalar jamoasini uyushtira bilishi;
turli sharoitlarda bolalar jamoasini boshqara olishi;
bolalarni biror narsaga qiziqtirib, ularni faollashtira olishi;
36
amaliy masalalarni hal etishda o„zining bilim va tajribalarini ustalik bilan
tez qo„llay olishi.
6. Kommunikativ malakalari:
bolalarni o„ziga jalb eta olishi;
bolalar va ota-onalar bilan maqsadga muvofiq pedagogik munosabatlarni
tiklashi;
bolalarning jamoalararo va jamoa ichida o„zaro munosabatlarini tartibga
solishi;
bolalar va ota-onalar bilan tashqaridan aloqa bog„lay olishi.
7. Gnostik malakalari:
bolalarning asab-psixik taraqqiyoti darajasini aniqlay olishi;
o„zining tajribasi va pedagogik faoliyati natijalarini tanqidiy tahlil qila
olishi;
boshqa o„qituvchilarning tajribalarini o„rganib, undan (nazariy va amaliy
tomondan) to„g„ri xulosa chiqarish;
pedagogik-psixologik va pedagogik adabiyotlardan foydalana olishi;
o„quvchilarni to„g„ri tushunib, ularning xulq-atvor sabablarini tushuntirish.
8. Ijodiy xislatlari:
pedagogik mahoratini takomillashtirishga intilish;
o„quvchilarni tarbiyalash dasturini ishlab chiqish va uni amalga oshirish
qobiliyati;
o„zini o„quvchi o„rniga qo„yib, bo„lib o„tgan hodisalarga uning nazari bilan
qaray olishi;
avvalgi voqealar, hodisalar va tarbiyalanuvchi shaxsiga yangicha qaray
olish qobiliyati;
o„zining o„quvchiga pedagogik ta‟siri natijalarini oldindan ko„ra bilishga
intilishi.
Bir qator pedagogik-psixologik va pedagogik tadqiqotlarning olib borilishi
natijasida aynan pedagogik qobiliyatga egalikni ifodalovchi va uning tarkibiy qismlari
37
sifatida aks etuvchi qobiliyat turlari aniqlangan. Pedagogik qobiliyatlilikni ifodalovchi
tarkibiy qismlar quyidagilardan iborat:
1.
Didaktik qobiliyatlar – bu bolalarga o„quv materiallarini aniq va ravshan
tushuntirib, oson qilib yetkazib berish, bolalarda fanga qiziqish uyg„otib, ularda
mustaqil faol fikrlashni uyg„ota oladigan qobiliyatlardir.
2.
Akademik qobiliyatlar – matematika, fizika, biologiya, ona tili, adabiyot,
tarix va boshqa shu kabi fanlar sohasiga xos qobiliyatlardir.
3.
Perseptiv qobiliyatlar bu o„quvchining, tarbiyalanuvchining ichki
dunyosiga kira bilish, pedagogik-psixologik kuzatuvchanlik, o„quvchi shaxsini
vaqtinchalik psixik holatlar bilan bog„liq nozik tomonlarini tushuntira bilishdan iborat
qobiliyatdir.
4.
Nutq qobiliyati – kishining o„z tuyg„u-hislarini nutq yordamida, shu bilan
birga mimika va pantomimika yordamida aniq va ravshan qilib ifodalab berish
qobiliyatidir. Bu o„qituvchidan o„quvchilarga uzatiladigan axborot, asosan, ikkinchi
signal tizimi – nutq orqali beriladi. Bunda mazmun jihatidan uning ichki va tashqi
xususiyatlari nazarda tutiladi.
5.
Tashkilotchilik qobiliyati – bu birinchidan, o„quvchilar jamoasini
uyushtira bilish, bunda jamoani jipslashtira olish, ikkinchidan, o„zining shaxsiy ishini
to„g„ri tashkil qila olish qobiliyatidir.
6.
Avtoritar qobiliyati - bu o„quvchilarga bevosita emotsional-irodaviy ta‟sir
etib, ularda obro„ orttira bilishdan iborat qobiliyatdir.
7.
Kommunikativ qobiliyati – bu bolalar bilan muloqotda bo„lishda,
o„quvchilarga yondashish uchun to„g„ri yo„l topa bilishga, ular bilan pedagogik
taktning maqsadga muvofiq o„zaro aloqa bog„lashga qaratilgan qobiliyatdir.
8.
Pedagogik xayol – bu kishining o„quvchilar shaxsini tarbiyaviy tomondan
loyihalashtirishda o„z ish-harakatlarining natijasini oldindan ko„ra bilishda namoyon
bo„ladigan qobiliyatdir.
9.
Diqqatni taqsimlay olish qobiliyati – bu qobiliyat bir vaqtning o„zida
diqqatni bir qancha faoliyatga qarata olishda namoyon bo„lib, o„qituvchi ishida g„oyat
muhim ahamiyatga egadir.
38
Keltirilgan qobiliyatlarni egallagan har qanday o„qituvchi o„z o„quvchilarida
ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish imkoniyatlariga ega bo„ladi.
Yuqorida keltirilgan pedagogik tasnif anglanganidek, mohiyatiga ko„ra
pedagogik qobiliyatlarni ifodalagan. Shu sababli, bizning nazarimizda, ijodiy
qobiliyatli o„qituvchi o„zida minimum darajada kuch va vaqt sarflash hisobida,
pedagogik faoliyatda juda yuqori natijalarga erishish imkoniyatiga ega bo„lishi zarur.
Ya‟ni:
1)
nazariy pedagogik bilimlarni amaliyotda samarali qo„llay olish orqali
o„quvchilar tomonidan fan asoslarini puxta o„zlashtirilishiga erishish;
2)
o„quvchilarda nazariy bilimlarni amaliyotda qo„llay olish ko„nikma va
malakalarni hosil qilish bo„yicha o„ziga xos metodikani yaratish yoki tajribani
shakllantirishga muvaffaq bo„lish;
3)
har bir o„quvchining individal xususiyatidan kelib chiqqan holda ularga
samimiy munosabatda bo„lish, faoliyatida tolerantlikning ustuvorligini ta‟minlash,
o„quvchilar bilan erkin muloqot qilish, hayotiy masalalar yuzasidan ularga mutaxassis
maslahatini berish va alohida mehr-muhabbat ko„rsatish;
4)
pedagogik mahorat asoslari (xatti-harakat (jest – oyoq va qo„l harakatlari,
pantomimika (munosabatni gavda harakatlari orqali ifodalash) va mimika
(munosabatni yuz ifodasi orqali bildirish) hamda nutq texnikasi (sur‟ati, ohangi,
ko„lami, tebranuvchanligi va ritmining me‟yorida bo„lishi)ni puxta o„zlashtirish,
ta‟sirchan, boy nutq madaniyati (nutqning to„g„ri, sof, aniq, ifodaviy, mantiqiy, boy va
o„rinli bo„lishi)ga egalik va hokazolar)ni chuqur o„zlashtirish;
5)
mutaxassislik fani asoslarini o„qitishda o„quv materialini milliy istiqlol
g„oyasi va mafkura asoslari bilan bog„lay olish;
6)
ta‟lim va ma‟naviy-ma‟rifiy ishlar jarayonini o„zaro uyg„unlashtirishga
erishish orqali o„quvchilarda eng yuksak insoniy sifatlarni samarali tarbiyalay hamda
o„quvchilarda kelajakka ishonch tuyg„usini shakllantira olish.
Maxsus pedagogika, psixologiya hamda metodika fanlari yutuqlariga tayangan
holda, shuningdek, ta‟lim muassasalarining faoliyatlarini bevosita kuzatish asosida
pedagogik kollej o„quvchilarining ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishda quyidagi
39
imkoniyatlarga ega ekanliklarini aniqladik. Quyida pedagogik kollej o„quvchilarini
ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish imkoniyatlarini taklif etamiz (2.1-rasm):
Do'stlaringiz bilan baham: |