O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi andijon davlat universiteti pedagogika fakulteti


 O„quvchi yoshlarda ijodkorlik  qobiliyatlarini rivojlantirishning tashkiliy-



Download 0,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/19
Sana11.01.2022
Hajmi0,55 Mb.
#351661
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
oquv tarbiya jarayonida kreativ talimning orni

2.3 O„quvchi yoshlarda ijodkorlik  qobiliyatlarini rivojlantirishning tashkiliy-

texnologik va metodik jihatlari 

 

Kollej  o„quvchilarining  ijodiy  qobiliyatlarini  rivojlantirish  murakkab  jarayon 



sanaladi,  shu  bois  uni  mazkur  jarayonni  samarali  tashkil  etishga  alohida  e‟tibor 

qaratish  maqsadga  muvofiqdir.  Tadqiqotni  olib  borish  davrida  pedagogik 

kollejlarning  ichki  imkoniyatlaridan  kelib  chiqqan  holda  o„quvchilarning  ijodiy 

qobiliyatlarini 

rivojlantirishga 

oid 


maxsus 

dastur 


(“O„quvchilar  ijodiy 

qobiliyatlarini  rivojlantirish  dasturi”)  ko„rib  chiqildi.  Dastur  quyidagi  tarkibiy 

tuzilmaga  ega: 

I.

 



Dasturning 

maqsadi: 

pedagogik 

kollejlarda 

ta‟lim 

olayotgan 

o„quvchilarning  ijodiy  qobiliyatlarini  aniqlash,  ular  o„rtasidan  qobiliyatlilarini 

ajratib  olish  va  ularning  qobiliyatlarini  rivojlantirish  chora-tadbirlarini  ishlab 

chiqish. 

II.


 

Dasturning  vazifalari: 

1.

 

Shaxs  qobiliyatini  aniqlashga  oid  maxsus  pedagogik-psixologik 



testlarni  tanlash. 

2.

 



Maxsus  testlar  yordamida  o„quvchilar  ijodiy  qobiliyatlarining 

yo„nalishi  va darajalarini  o„rganish asosida ularni ob‟ektiv baholash. 

3.

 

O„quvchilar  orasidan  qobiliyatlilarni  ajratib  olish  va  ularning 



qobiliyatlarini  rivojlantirish  choralarini  ishlab chiqish. 

4.

 



Qobiliyatli  o„quvchilarning  tabaqalashtirilgan  ta‟lim  asosida  o„qitish 

uchun zarur shart-sharoitlarni  yaratish. 

5.

 

Saralangan  o„quvchilarni  “Kichik  akademiya”  o„quvchilar  ilmiy 



markazlari,  to„garaklar  hamda  “Munozara”,  “Eng  faol  kitobxonlar”,  “Zulfiyaxonim 

qizlari”,  “Mohir  qo„llar”  klublari  faoliyatiga  jalb  etish  asosida  ularning  ijodiy 

qobiliyatlarini  yanada rivojlantirish  borasidagi amaliy  harakatlarni  tashkil  etish. 

6.

 



Muayyan  davrlarda  maxsus  sinovlar  (pedagogik-psixologik  va  o„quv 

testlari,  ekspert  baholash,  savol-javob,  suhbat,  ijodiy  tanlovlar)  asosida  pedagogik 

kollejlar  o„quvchilari  ijodiy  qobiliyatlarining  rivojlanganlik  darajasini  o„rganish. 



 

53 


III.  Kutilayotgan  natija:  pedagogik  kollejlar  o„quvchilarining  bilish,  ijodiy, 

hissiy  hamda  pedagogik  qobiliyatlarini  amaliy  natijalar  (ular  tomonidan  qo„lga 

kiritilgan  yutuqlar)  bilan  tasdiqlanishi. 

IV. 


Pedagogik 

kollejlar 

o„quvchilari 

qobiliyatlarini 

samarali 

rivojlantirishning  shakl, metod va vositalari   

V.  Kutilgan  natijaga  erishilganlik  darajasi  (bu  haqida  quyida  batafsil 

to„xtatib o„tiladi).  

Pedagogik 

kollejlarda 

qobiliyatli 

o„quvchilarni 

aniqlash, 

ularning 

qobiliyatlarini  to„g„ri  yo„naltirish,  intellektual  salohiyatini  o„stirish  maqsadida  

2002  yil  26  sentabrda  Marg„ilon  Pedagogika  kollejida  “Iqtidorli  o„quvchilar  bilan 

ishlash  markazi”  tashkil  qilindi.  Ayni  vaqtda  qobiliyatli  va  iqtidorli  o„quvchilar 

bilan  markaz  quyidagi  olti yo„nalish bo„yicha faoliyat  olib bormoqda.   

1.

 

“Kichik  akademiya”  yo„nalishi  (maxsus,  aniq,  tabiiy  hamda  ijtimoiy-



gumanitar  fanlar,  filologiya,  olimpiada  qatnashchilari,  ilmiy  izlanuvchilar,  siyosiy 

bilim,  bilimdonlar,  ijodkorlar,  “Zakovat”,  “Intellektual  ring”,  ingliz  tili  va 

tarjimonlik,  eng faol kitobxon). 

2.

 



Madaniyat  va san‟at yo„nalishi (qo„shiq, raqs, sozandalik). 

3.

 



Axborot  texnologiyalari  yo„nalishi  (operatorlik,  kompyuter  grafikasi, 

kompyuter dizayneri). 

4.

 

Ijod gulshani  yo„nalishi  (nazm, nasr, jurnalistika). 



5.

 

Milliy  hunarmandchilik  va  amaliy  san‟at  yo„nalishi  (qo„l  mehnati 



qog„oz  va  turli  materiallardan  buyum  va  o„yinchoqlar  yasash,  tikuvchilik, 

kashtachilik,  tasviriy  san‟at, loydan buyumlar  yasash). 

6.

 

Sport  yo„nalishi  (boks, qo„l jangi, yengil atletika, taekvando, qo„l to„pi, 



basketbol, voleybol, futbol, tennis, shaxmat, shashka). 

Pedagogik  kollej  o„quvchilarining  ijodiy  qobiliyatlarini  rivojlantirish  yo„lida 

tashkil  etilgan  6  yo„nalishdagi  amalga  oshirilgan  ishlar  haqida  batafsil  to„xtalib 

o„tamiz. 

“Kichik  akademiya”ga  umumiy  va  mutaxassislik  fanlari  bo„yicha  alohida 

ijodiy  qobiliyatga  ega,  shuningdek,  ularga  nisbatan  alohida  qiziqishi  bo„lgan 




 

54 


o„quvchilar  jalb  etilgan  bo„lib,  ularning  nazariy  bilimlarini  oshirish,  amaliy 

ko„nikma  va  malakalarini  boyitishga  alohida  e‟tibor  qaratiladi.  O„quvchilarning 

bilish  qobiliyatlarini  rivojlantirishga  yo„naltirilgan  pedagogik  faoliyati  quyidagi 

ko„rinishlarda  tashkil  etilmoqda: 

1)

 

olimpiadaga  tayyorgarlik  (yakka tartibda repetitorlik); 



2)

 

ilmiy-ijodiy  izlanish  (ilmiy  ma‟ruzalar,  referatlar  tayyorlash); 



3)

 

seminarlarda  ishtirok  etish (kutubxonada mustaqil  ishlash); 



4)

 

“Zakovat  va  bilimdonlik  shohsupasi”,  “O„yla,  izla,  top”  aqliy  o„yinlar 



vositasida o„quvchilarning  intellektual  salohiyatlarini  oshirish; 

5)

 



erkin  mavzularda  ijodiy  ishlarni  tayyorlash; 

6)

 



tabaqalashtirilgan  guruhlarda  ishlash. 

“Kichik  akademiya”da  mashg„ulotlar  texnologik  yondashuv  asosida  rang-

barang  shakl,  metod  va  vositalar  yordamida  tashkil  etilayotganligi  o„quvchilarning 

umumiy  va  maxsus  fanlarga  bo„lgan  qiziqish,  ehtiyojlarini  oshiribgina  qolmay, 

ularda  erkin,  mustaqil  fikrlash  tafakkurini  shakllantirishga,  amaliy  pedagogik 

ko„nikma hamda malakalarini  hosil qilishga  xizmat  qilmoqda. Jumladan: 

1)

 

ijtimoiy  maqsadlarni  shakllantirish  va  ularga  erishish  yo„llarini  aniqlash 



(masalan, “Sog„lom turmush tarzi – kamolot garovi”, “Yoshlar faolligi – taraqqiyot 

kafolati”,  “Vatanparvarlik  va  kosmopolitizm  (vatansizlik)”,  “Ma‟naviy  va  moddiy 

boylik  –  ikki  qutb  yoki  parallel  chiziqlar”,  “Umr    kamolot  maydoni  yoki  tubanlik 

jari”  va  boshqa  mavzularda  maqsadni  aniq  qo„ya  bilish  va  ularga  erishishning 

samarali  yo„llarini  asoslovchi loyihalarni  yaratish,  ularni  himoya  qilish); 

2)

 



ijtimoiy  hayotning  turli  sohalariga  oid  masalalar  bo„yicha  muammoli 

vaziyatlarni  hal qilish. 

“Kichik  akademiya”,  shuningdek,  o„quvchilarda  mantiqiy  tafakkurni 

rivojlantirishga  imkon  beruvchi  pedagogik  faoliyatni  ham  tashkil  etishga  yordam 

beradi.  Bunda  o„quvchilar  orasidan  ajratib  olingan  qobiliyatli  yoshlar  o„rtasida 

mantiqiy  yechimlarga  ega  mashq  va  misollarni  yechish  bo„yicha  tabaqalashtirilgan-

erkin  mashg„ulotlarni  ham  tashkil  etilishiga  alohida  e‟tibor  qaratildi. Shu maqsadda 

materiallar  to„plandi.  Bu  o„rinda  quyidagi  manbalardan  olingan  materiallar 




 

55 


o„quvchilarda  ijodiy,  mantiqiy  tafakkurni  rivojlantirish  uchun  muhim  qo„llanma 

bo„lib  xizmat  qildi:  Quyidagi  pedagogik  kollejlar  o„quvchilarida  bilish  qobiliyatini 

rivojlantirish  maqsadida  mashg„ulotlarda  foydalanilgan  ayrim  mashq,  misol  va 

testlardan namunalar keltiriladi: 

1. “Muhim belgilarni ajrating”  testi”. 

Bir  necha  bandda  berilgan  so„zlar  majmuasining  har  bir  qatorida  bir  so„z 

qavsdan tashqarida, qolgan beshta so„z esa qavs ichkarisida berilgan. Qavs ichidagi 

so„zlarning  barchasi  muayyan  darajada  asosiy  so„z  bilan  bog„langan.  O„quvchilar 

qavs  ichidagi  so„zlar  ichidan  asosiy  so„z  bilan  bevosita  bog„liq  bo„lgan  ikkitasini 

tanlashlari zarur. 

1.

 

Bog„ (o„simlik, bog„bon, kuchuk, devor, tuproq). 



2.

 

Daryo ( qirg„oq, baliq, baliqchilar, suv, qayiq). 



3.

 

Shahar (avtomobil, ko„p qavatli uylar, omma, kino-teatr,). 



4.

 

Sigir (em-xashak, buzoq, tom, sut-qatiq, shoh). 



5.

 

Kub (burchaklar, chizma, tomonlar, tosh, daraxt). 



6.

 

Bo„lish (sinf, bo„luvchi, qalam, bo„linma, qog„oz). 



7.

 

Doira (diametr, olmos, iltimos, aylana, muhr). 



8.

 

O„qish (ko„zlar, kitob, rasm, muhr, so„z). 



9.

 

Gazeta (haqiqat, ilova, maqola, qog„oz, muharrir). 



10.

 

  O„yin (xarita, o„yinchilar, jarima, jazo, qoida). 



11.

 

 Urush (aeroplan, pushkalar, jang, qurol, askarlar).     



2.  Ikki  kishi  daryo  yoqasiga  keldi.  Daryo  bo„yida  qayiq  turgan bo„lib, unga 

faqat  bir  kishi  sig„adi.  Kishilarning    ikkisi  ham  daryodan  qayiqda  suzib  o„tib,  o„z 

yo„llarida davom etdilar. Buni ular qanday amalga oshirdilar. 

Javob: Yo„lovchilar ikkita qarama-qarshi daryo yoqasiga bir vaqtda kelishgan. 

Biri  qayiqda  u  yoqqa  o„tgach,  ikkinchisi    daryoning  bu  qirg„og„iga  suzib  o„tgan. 

Yechimning  to„g„ri  topilishiga  “Ikki  kishi  daryo  yoqasiga  keldi”  degan  ma‟lumot 

to„sqinlik  qilgan.  Zero,  bu  xabar  o„quvchilarda  ikki  kishi  go„yo  daryoning  bir 

qirg„og„ida turgandek tasavvur uyg„otadi. 




 

56 


3.  Sonlarning  ketma-ketlik  qonuniyatini  toping  va  yetishmayotgan  sonlarni 

qo„ying: 



15 



15 



13 



11 


 

Mazkur  topshiriqlarning  javoblari  quyidagicha:  birinchi  va  ikkinchi 



sonlarning  yig„indisidan  uchinchi  son  ayrilib,  ayirma  topilgan.  Ikkinchi  qatorda 

yetishmayotgan  soni 12, uchinchi  qatorda yetishmayotgan son esa 10 dir.   

5.  Sonlar  ketma-ketligi  qonuniyatini  toping  va  yetishmayotgan  sonlarni 

qo„ying:  

174 

171 


57 

54 


18 

15 




1364 


1360 

340 


336 

84 






42 


252 

258 


1548 

1554 


9324 

9330 



                         

Ushbu topshiriqlarning  javoblari  esa quyidagicha:   

1-qatorda    birinchi  sondan    3  ayrilgan,  hosil  bo„lgan  ayrima  3 ga bo„lingan, 

bo„linmadan esa yana 3 soni ayrilgan, hosil bo„lgan ayirma esa yana 3 ga bo„lingan 

va hokazo tarzida;  noma‟lum sonlar 5 hamda 3 dan iborat; 

2-qatorda  esa  birinchi  sondan  4  raqami  ayrilgan,  hosil  bo„lgan  ayirma  4  ga 

bo„lingan,  bo„linmadan  esa  yana  4  soni  ayrilgan,  ayirma  yana  4  ga  bo„lingan  va 

hokazo tarzida; noma‟lum  sonlar 80, 20 hamda 16 dan iborat; 

3-qatorda  esa  noma‟lum  sonlar  6  hamda  36  iborat  bo„lib,  birinchi  son  6 ga 

ko„paytirilgan,  hosil  bo„lgan  ko„paytmaga 6 soni qo„shilgan, hosil bo„lgan yig„indi 

6 ga ko„paytirilgan  va hokazo tarzida.  

6. Quyidagi  anagrammalarning  yechimlarini  toping: 

1) k yu a s i l sh;            2) a t a r  i q yo q t;       3) ye d o m r k t a ya i;   

4) ye p d ye o g g i a k;      5) ya ye t x n l o g i o;     6) t ya a i m a v n „. 

Anagrammalarning  javoblari  quyidagicha:   

1) yu k s a l i sh;            2)  t a r a q q i yo t;       3) d ye m o k r a t i ya;   




 

57 


4) p ye d a g o g i k a;      5) t ye x n o l o g i ya;     6) m a „ n a v i ya t. 

 

“Ijod  gulshani”  yo„nalishi  a‟zolari  quyidagi  uch  xil:  nazm,  nasr  va  yosh 



qalamkashlar  yo„nalishlarida  o„z  ijodiy  qobiliyatlarini  rivojlantirish  maqsadida 

qo„shimcha  ta‟lim  olishga  jalb  etildilar.  Mazkur  yo„nalishda  o„quvchilarning  ijodiy 

qobiliyatlarini  mahalliy  matbuot  va  televidenie  orqali  namoyish  etib  borish 

maqsadida  tegishli  muassasalar  bilan  ijodiy  hamkorlik  o„rnatildi.  Yo„nalishda  olib 

borilgan  mashg„ulotlarda,  eng  avvalo,  milliy  til  imkoniyatlaridan  samarali 

foydalanish,  ijodiy  ishlar  orqali  milliy  qadriyatlar  va  ularning  mohiyatidan 

tengdoshlarini  xabardor etish yetakchi vazifalar  sifatida  belgilandi. 

Yo„nalish  a‟zolarining  qobiliyatlari  pedagoglar  yordamidagina  emas,  shu 

bilan  birga  viloyatning  taniqli  yozuvchi,  shoir  va  tilshunos  olimlari  ishtirokida 

uchrashuv,  suhbat,  maxsus  mashg„ulotlar  hamda  amaliy  treninglarni  tashkil  etish, 

o„quvchilarni  badiiy  ijod  bo„yicha  tashkil  etilayotgan  ko„rik-tanlovlarda  faol 

ishtirok  etishlari  uchun  shart-sharoitlarni  yaratish,  ijodkor  o„quvchilarning  ijod 

namunalarini    namoyish  etuvchi  ko„rgazmalarni  tashkil  etish  orqali  rivojlantirilib 

borildi. 

Ijod 

gulshani 



yo„nalishida 

qobiliyatli 

o„quvchilarning 

she‟riy 


to„plamlarining  nashr  etilayotganligi  e‟tiborga  loyiqdir.  Masalan,  “Ijod  gulshani” 

yo„nalishi  a‟zolari  ishtirokida  o„tkazilgan  “Navoiy  –  qalbimizda”  nomli 

g„azalxonlik  kechasi,  A.Qahhor  tavalludining  110  yilligiga  bag„ishlangan  “Qodiriy 

–  milliy  ma‟naviyat  gultoji”,  nomli  abadiy  musiqali  kecha,  “Gulshanaro 

Gulchehralar”  nomli  mushoiralarning  tashkil  etilishi  qobiliyatli  o„quvchilarga  o„z 

qobiliyatlarini  namoyish  etishga  imkoniyat  yaratibgina  qolmay,  balki  pedagogik 

kollejlar  jamoasini  ularning  ijodlari  bilan  yaqindan tanishtiradi. 

“Axborot  texnologiyalari”  yo„nalishida  yo„nalish  sohalari  bo„yicha 

“Kompyuter  shou”  tadbiri  tashkil  etildi.  Unda  o„quvchilarning  operatorlik,  dizayn 

va  grafika  bo„yicha  bilim,  ko„nikma  va  malakalari  baholandi.  Mazkur  yo„nalish 

bo„yicha  to„garaklarning  a‟zolari  kollej o„quvchilari uchun jadval asosida haftada 1 



 

58 


soat  Internet  tarmog„iga  ulanib,  turli  o„quv  fanlari    yoki  sohalar  bo„yicha  qiziqarli  

ma‟lumotlarni  olishlari  uchun sharoit yaratib  beradilar.  

Pedagogik 

kollejlar 

o„quvchilari  ijodiy  qobiliyatlarini  rivojlantirish 

murakkab  jarayon  sanaladi,  shu  bois  uni  mazkur  jarayonni  samarali  tashkil  etishga 

alohida  e‟tibor qaratish maqsadga muvofiqdir.  

Xulosa  qilib  aytganda,  O„zbekiston  Respublikasi  mustaqillikka  erishgach 

kollejlarda  ham  qobiliyatli,  iqtidorli  o„quvchilar  bilan  faol  ish  olib  borishga, 

ulardagi  mudroq  iqtidorni  uyg„otish  yo„llarini  topishga  jiddiy  etibor  berilib, zaruriy 

chora  -  tadbirlar  amalga  oshirilmoqda.  Yuqoridagi  misollarda  bularning  natijalarini 

yaqqol ko„rib turibmiz. 

Buyuk  alloma  Farobiy  so„zi  bilan  aytganda,  “Ijod  shunday  ulug„  fazilatki, 

inson uni  egallashi  uchun boshqa hamma fazilatlarni  ishga solishi kerak”. 

 


Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish