4
KIRISH.
Mavzuning dolzarbligi.
O‗zbekiston respublikasining mustaqillikka erishuvi natijasida jamiyatimizda ijtimoiy-
iqtisodiy taraqqiyotning yangi bosqichiga o‗tildi. Jamiyatning yangilanishi talim sohasida
islohotlar qilinishini, o‗zgartirishlar kiritishni, yangicha talim berish usullarini, yangicha
yondashuvni taqozo etadi. Shu nuqtai nazardan sog‗lom mustaqil fikrlovchi, yuksak ahloqli va
istedodli shaxsni jahon andozalariga mos ravishda dunyoviy bilimlar bilan ham nazariy, ham
amaliy qurollantirish bugungi kunning dolzarb masalalaridan hisoblanadi.
Istiklol sharofati bilan respublika xalq ta‘limi, oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirliklarida
o‗qitish hamda tarbiyalash tizimini yanada takomillashtirishga oid bir qancha qarorlar, nizomlar,
qonunlar, konsepsiyalar ishlab chiqildi. Bu xujjatlar mutaxasisslarni tayyorlashda ta‘lim
tizimidagi uyg‗unlikni ta‘minlashda ham nazariy, ham amaliy dastur vazifasini o‗taydi.
Respublikada oliy ta‘lim tizimini rivojlantirishda jahon malakatlarining ilg‗or g‗oyalari,
tarbiyaviy, ta‘limiy nazariyalari, mutaxasisslar tayyorlashning boy amaliyoti xozirgi zamon
texnikasi va texnologiyasidan foydalanish, hamda milliy, xududiy xususiyatlarni hisobga olib,
ularni mahalliy sharoitlarga moslashtirish, shu negizda yangisini ishlab chiqish va keng ko‗lamda
qo‗llash bosh omil sanaladi. Bugungi islohotlar davri o‗qitishning samarali metodlarni
yaratishning, ta‘lim tizimida o‗zaro hamkorlik ishlarini takomillashtirishni, shaxsni
shaklllanttirishda ta‘lim-tarbiyani yetakchiligini ta‘minlashni, shaxsni yosh xususiyatlarini, milliy
xususiyatlarini e‘tiborga olib tarbiyaviy ta‘limiy tadbirlarni amalga oshirishni taqozo qiladi. Oliy
o‗quv yurtlarimizdagi o‗quv jarayonlarini tashkil etishda zamonaviy texnologiya va sharqona
tarbiya usullaridan, ta‘limni takomillashtiishda kompyuter vositalari, elektron vositalardan
foydalanish bugungi kunnning dolzarb masalalaridandir, toki bu jarayon o‗zida milliy rux
xukmronlik qilinishi bilan boshqa mamlakatlardan ajralib turmog‗i lozim.
Respublikamizdagi yuz berayotgan tub o‗zgarishlar barcha fanlar qatori psixologik
bilimlardan mutaxasisslar tayyorlashda unumli foydalanish zaruriyligini ko‗rsatmokda. Davlat
tomonidan ishlab chiqilgan «Ta‘lim to‗g‗risidagi qonun», «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»
singari xujjatlarni amaliyotga tadbiq etish uchun bo‗lg‗usi mutaxasisslarni davr talabiga mos
tayyorlash muammosini kun tartibiga kiritmokda. Xudi shu bois psixolog kadrlar tayyorlash
sifatini oshirish uchun mutaxasisslarni psixologiya bo‗yicha bilimlar bilan qurollantirish ijtimoiy
zarurat bo‗lib hisoblanadi. Shuni alohida ta‘kidlab o‗tish joizki, psixologiya fanlarni o‗qitish
metodikasi murakkab o‗quv predmetlari qatoriga kirib, keng ko‗lamdagi ma‘lumot
umumlashmasini hamda sintetik akliy faoliyat majmuasini o‗zida mujassamlashtiradi.
5
Shaxsning barkamolligi ko‗p jixatdan uning aqliy rivojlanishi va ma‘naviy jixatdan
shakllanganlik darajasiga bog‗lik bo‗ladi. Bu jarayonnni o‗rganish bevosita psixologiya fanlarini
asosiy predmetlaridan biridir.
Bugungi kunda inson muammosi aniq va gumanitar fanlarning umumiy tadqiqot ob‘ektiga
aylanib bormoqdaki, be‘vosita psixologiya fani bu borada nazariy va amaliy ta‘limotlarning inson
ruxiy kechinmalarini o‗rganishda zamonaviy tadqiqot usullaridan foydalanilmoqda. Ushbu
ma‘noda bizning ilmiy tadqiqotimiz chuqur amaliy tajribalarga asoslangan ―
Do'stlaringiz bilan baham: