Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy


-chizma. Iste’mol tovarlari va resurslar bozori (bozor sub’ektlari o’rtasida



Download 6,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/558
Sana11.01.2022
Hajmi6,4 Mb.
#351409
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   558
Bog'liq
ЖУРАЕВ дарслик-2018

6.2-chizma. Iste’mol tovarlari va resurslar bozori (bozor sub’ektlari o’rtasida 

resurslar, mahsulot va daromadlar harakati) 

Bu doiraviy aylanishlar  modeli ko‘rinishini oladi. Doiraviy aylanishlar  modeli 

bu  –  iqtisodiy  resurslar,  mahsulotlar  va  pul  mablag‘lari  (daromadlar  va 

xarajatlar)ning  yangilanib  turadigan  va  tartiblashtirilgan  harakatidir.  Doiraviy  ayla-

nishlar modelida uy xo‘jaligi, korxona va davlat resurslar hamda mahsulotlar bozori 

orqali ayriboshlashni amalga oshiradi. 

Doiraviy  aylanishlar  modelidan  real  va  nominal  oqimlar  aks  etadi.  Real 

oqimlar  foydalaniladigan  ishlab  chiqarish  omillari,  tovar  va  xizmatlar  harakatini 

tavsiflaydi. Nominal oqimlar – bu pul mablag‘lari harakatidir. 

Uy  xo‘jaliklari  resurslar  bozori  orqali  korxonalarga  iqtisodiy  resurslarni 

yetkazib  beradi  va  mahsulotlar  bozori  orqali  korxonalardan  tovar  va  xizmatlarni 

sotib oladi. 




94 

Resurs  va    ne‘matlarning    ekvivalenti  pulning    harakati  qarama-qarshi 

yo‘nalishga  ega.  Ayni  vaqtda  uy  xo‘jaliklari  davlatga  to‘g‘ri  soliqlarni  to‘lab, 

undan  ish  haqi  va  turlicha  to‘lovlarni  oladi.  Korxonalar  ham  davlatga  soliqlarni 

to‘laydi  va  undan  belgilangan  to‘lov  va  subsidiyalarni  oladi.  Doiraviy  aylanish-

larning  takomillashgan  modelida  bozor  sub‘ektlarining  chet  elliklar  bilan  tashqi 

iqtisodiy aloqalari ham aks etadi.  

Iqtisodiy  resurslar  bozorining  tarkibiy  qismini  ishchi  kuchi  bozori  tashkil 

qiladi.  Ishchi  kuchi  bozorida  –  o‘ziga  xos  xususiyatga  ega  bo‘lgan  iqtisodiy 

resursning oldi-sotdi bitimi amalga oshiriladi. Bu bozorda biznes tomonidan ishchi 

kuchiga  bo‘lgan  talab,  uy  xo‘jaliklari  tomonidan  bildirilgan  ishchi  kuchi  taklifi 

bilan  to‘qnash  keladi.  Shunday  ekan,  ishchi  kuchi  bozorida  iqtisodiy 

sub‘ektlarning ikki turi – tadbirkorlar va yollanma ishchilar harakat qiladi.  

Ishchi  kuchi  bozorining  aniq  namoyon  bo‘lish  shakli  –  mehnat  birjasidir. 

Mehnat  birjasi  –  ishchilar  va  tadbirkorlar  o‘rtasidagi  ishchi  kuchini  oldi-sotdi 

bitimini tuzishda vositachilikni amalga oshiruvchi va ishsizlarni ro‘yxatga oluvchi 

muassasa. 

Mehnat birjasi quyidagi vazifalarni bajaradi: 

I.

 

ishsizlarni ro‘yxatga olish; 



II.

 

ishsizlarni mos ish o‘rinlari bilan ta‘minlash; 



III.

 

ish  bilan  ta‘minlanmaganlarni  qayta  o‘qitish  va  yangi  kasbga 



tayyorlash; 

IV.


 

ishsizlarni ijtimoiy himoyalash.  

 Moliya  bozori    turli-tuman  va  ko‘p  jihatli  bo‘lsa-da,  oldi-sotdi  ob‘ekti 

yagona, ya‘ni pul va unga tenglashtirilgan moliyaviy aktivlar hisoblanadi. Ortiqcha 

mablag‘larga ega bo‘lgan xo‘jalik sub‘ektlari, bu moliyaviy resurslarni, mablag‘lar 

kamyobligini sezgan sub‘ektlarga taklif qiladi. 

Moliyaviy  bitimlarning  harakatiga  qarab,  moliya  bozorini  turkumlash 

mumkin.  Bunda  moliyaviy  bozor  ikkiga  ajraladi:  qarz  majburiyatlari  (iste‘molni 

qondiradigan  pul)  va  kapital  (mulk)  bozori.  Qarz  majburiyatlari  bozorida  pul 

vaqtincha qarz hisoblanadi va olingan pul shaxsiy iste‘mol uchun ishlatiladi. Mulk 




95 

bozorida  qo‘yilgan  puldan  daromad  olish  huquqi  sotiladi  va  sotib  olinadi.  Bu 

bozorda  mablag‘lar  kapital  sifatida  ishga  solinib,  foyda  keltiradi.  Shuni  hisobga 

olib  kapital  bozorini  ikkita  bo‘g‘inga  ajratish  mumkin:  ssuda  kapitali  bozori  va 

qimmatli  qog‘ozlar  bozori.  Ssuda  kapitali  bozori  –  pul  shaklidagi  kapitalning  foiz 

to‘lash  sharti  bilan  qarzga  berilishidir.  Bu  bozorda  qisqa  muddatli  majburiyatlar 

muomalada bo‘ladi. Bular asosan davlat va banklarning majburiyatlari hisoblanadi. 

Qimmatli  qog‘ozlar  bozorida  aktsiya,  obligatsiya,  veksel,  chek,  depozit 

kabilar oldi-sotdi qilinadi. Bular davlat tomonidan chiqarilgan uzoq muddatli maj-

buriyatlar  hamda  korporatsiyalarning  aktsiya  va  obligatsiyalaridan  iboratdir.  Bu 

bozorda broker va dillerlar vositachilik qiladi. Mazkur bozor amalda fond birjalari, 

auktsionlar va banklardan iborat bo‘ladi. 

Qimmatli qog‘ozlarning harakati xususiyati bo‘yicha moliya bozori birlamchi 

va  ikkilamchi  (hosila)  bozorlarga  bo‘linadi.  Birlamchi  bozorda  yangi  nusxadagi 

qimmatli  qog‘ozlar  sotiladi  va  sotib  olinadi,  ikkilamchi  bozorda  oldin  chiqarilgan 

qimmatli  qog‘ozlar  harakat  qiladi.  Birlamchi  bozorda  qimmatli  qog‘ozlar  sotilsa, 

ikkilamchi bozorda qayta sotiladi. 

Iqtisodiyot  uchun  qimmatli  qog‘ozlarning  ikkilamchi  bozori  favqulodda 

muhim  ahamiyatga  ega.  U  xo‘jalik  sub‘ektlari  o‘rtasida  moliyaviy  vositalarning 

erkin harakat qilishini ta‘minlaydi. 




Download 6,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   558




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish