1.
Resurslarni taqsimlashning samaradorligi. Bozor tizimi resurslarni samarali
taqsimlash imkonini beradi. Uning mazmuni shundan iboratki, raqobatli bozor
tizimi resurslarni jamiyatga eng zarur bo‘lgan tovarlar va xizmatlar ishlab
chiqarishga yo‘naltiradi. Umuman, bozor tizimi shaxsiy manfaatni shunday
tartibda boshqaradiki, u jamiyat uchun mavjud resurslardan zarur tovarlarni talab
darajasiga mos miqdorda ishlab chiqarishni ta‘minlaydi.
2.
Erkinlik. Bozor iqtisodiy tizimining muhim afzalliklaridan biri, u shaxsiy
erkinlik roliga ustuvorlik beradi. Faqat bozor tizimi iqtisodiy faoliyatni erkinlik
qoidalari asosida uyg‘unlashtirishga layoqatlidir. Bozor iqtisodiyoti tadbirkorlik va
tanlash erkinligini namoyish qiladi, xususan shu asosda u muvaffaqiyatga erishadi.
88
Do'stlaringiz bilan baham: |