nafaqat ehtiyojlarning miqdoran o‘sib borishini, balki ularning tarkiban yangilanib
turishini, eskilarining o‘rniga yangilarining kelishini bildiradi. Ehtiyojlarning o‘sib
borishi qonuni ishlab chiqarish bilan ehtiyojlar o‘rtasidagi uzviy, to‘g‘ridan-to‘g‘ri
bog‘liqlikni aks ettiradi. Ishlab chiqarish ehtiyojlarni qondirishga qaratiladi va
uning rivojlanishi yangi ehtiyojlarni yuzaga keltiradi. Ishlab chiqarish baynalminal
14
tus olishi bilan ishlab chiqarish va ehtiyoj o‘rtasidagi bog‘liqlik xalqaro miqyosda
aks etadi.
Ehtiyojlarning o‘sib borishi bir tekis, uzluksiz bo‘lmaydi. Uning o‘sishiga
qarshi ta‘sir qiluvchi omillar ham mavjud bo‘ladi. Ishlab chiqarish holati,
jamiyatdagi hukmron munosabatlar, favqulodda yuz beradigan hodisalar (urushlar,
iqtisodiy tizim almashishi) va tabiiy ofatlar (zilzila, suv toshqini, yong‘in kabilar)
ehtiyojlarning o‘sib borishiga qarshi ta‘sir ko‘rsatuvchi omillardir. Shunday qilib,
ehtiyojlarning o‘sib borish qonuni mavjud ehtiyojlarning miqdoran o‘sib borishida,
mutlaqo yangilarining paydo bo‘lishida, muayyan ehtiyojlar doirasida uning turlari
nisbatining o‘zgarishida va bir ehtiyojning boshqasi bilan almashinishida namoyon
bo‘ladi.
Kishilik jamiyati taraqqiyoti tarixiga nazar tashlansa ehtiyojlarning miqdoran
o‘sib, tarkiban takomillashib borishi aniq namoyon bo‘ladi. Ehtiyojlarning uzluksiz
o‘zgarib turishi har qanday jamiyatga xosdir. Qondirilgan ehtiyoj yangi
ehtiyojlarni keltirib chiqarishi xalqda «Insonning ko‘zi tuproqqa to‘lganda to‘yadi»
degan naql kelib chiqishiga sabab bo‘lgan.
Ehtiyojlarning yuksalishi miqdoran o‘sib, tarkiban yangilanib borish orqali
amalga oshadi.
1. Kishilar ehtiyojining miqdoran o‘sishi, bir tomondan aholi sonining
ko‘payib borishi bilan, ikkinchi tomondan, iste‘molning miqdoran ortishi bilan
bog‘liq.
2. Ehtiyojlar tarkibi o‘zgarib, yangilanib borishi ayrim ehtiyojlar yo‘qolib,
o‘rniga yangisi kelishini anglatadi.
Ishlab chiqarish ehtiyojlarni shakllantirar ekan, o‘z navbatida ehtiyojlar ham
ishlab chiqarishga ta‘sir etadi. Birinchidan, ehtiyojlar iqtisodiy faoliyatining aniq
yo‘nalishiga asos bo‘ladi, ikkinchidan inson ehtiyojlarining miqdor va sifat
jihatdan tez o‘zgarishi ishlab chiqarishning unga moslashishini taqozo etadi.
Ehtiyojlarning o‘sib borish qonuni ishlab chiqarish bilan ehtiyojlar o‘rtasida
o‘zaro uzviy bog‘liqlik murakkab tarzda kechishini ko‘rsatadi. Ehtiyojlarning
cheksizligi nisbatan ko‘proq ijtimoiy-ma‘naviy ehtiyojlarga taalluqli. Shu sababli
15
A.Smit «ovqatga intilish har bir odamda kishi oshqozonini kichik sig‘imi bilan
cheklanadi, lekin qulayliklarga hamda uy-joy, kiyim-kechak, uy sharoiti va
anjomlarni bezashga intilish aftidan cheksiz yoki muayyan chegaralarga ega
bo‘lmasa kerak» deb ta‘kidlagan.
Ehtiyojlarni qondirilish darajasi (EQD) har bir davrda haqiqiy iste‘mol (HI)ni
ehtiyojlarning umumiy darajasi (EUD)ga nisbati orqali aniqlanadi, ya‘ni
Do'stlaringiz bilan baham: