8.7-chizma. Muvozanatli narx
30
McConnell, Brue. Economics: principles, problems and policies. 20th edition. America, New York: McGraw-
Hill, 2014. page 54
129
Talab va taklifning o‘zgarishi spiral bo‘yicha har bir harakatida ularning
manfaati muvozanatli nuqtaga erishilguncha bir-biriga yaqinlashib borishini va
muvozanatli nuqta ular talab va taklifi tengligini ko‘rsatadi.
Grafikda 1 va 2 nuqtalar o‘rtasidagi farq tovarlar ortiqcha ishlab chiqarilishini
ko‘rsatadi va
to’yingan bozorni xarakterlaydi.
Aksincha, 3 va 4 nuqtalar
o‘rtasidagi farqda tovar kamyobligi vujudga keladi va bu
taqchil tovar bozorini
tavsiflaydi.
Muvozanatli narxni tushunib olish uchun vaqt omili katta ahamiyatga ega
bo‘ladi. Shu sababli bozordagi
bir zumlik, qisqa davrli va uzoq davrli muvozanatlik
holatni farqlash zarur.
Bir zumlik muvozanat uchun taqdim qilinadigan tovarlarning o‘zgarmas yoki
doimiy miqdori xos. Bu ishlab chiqarishning bozor vaziyatiga tez, birdaniga
moslasha olmasligi bilan bog‘liq.
Qisqa davrli muvozanatlik, ishlab chiqarish va taklifni vaqtinchalik amal
qiluvchi omillardan foydalanish asosida ko’paytirish imkoniyatini taqozo qiladi.
Bunday vaqtinchalik omillarga ish vaqtidan tashqari, dam olish va bayram
kunlari ishlash, ish smenasini ko‘paytirishlar kiradi.
Uzoq davrli muvozanatlik o’zgarishi uzoq muddatli davrdagi omillardan
foydalanishni taqozo qiladi.
Bunda ishlab chiqarishni qayta qurollantirish,
yangilash va qo‘shimcha quvvatlarni vujudga keltirish bilan bog‘liq investitsiyalar
haqida gap boradi. Bu davrda yangi korxonalarni qurish hamda mazkur bozorda
yangi sotuvchilarning paydo bo‘lishi ham mumkin bo‘ladi.
Iste‘molchining tovar narxlarining o‘zgarishiga sezgirlik darajasini aniqlashda
narxli egiluvchanlik tushunchasidan foydalaniladi. Ayrim mahsulotlar narxidagi
uncha sezilarli bo‘lmagan o‘zgarishlar sotib olinadigan mahsulot miqdorida katta
o‘zgarishlar bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Bunday mahsulotlarga talab nisbatan
egiluvchan deyiladi. Boshqa xil mahsulotlar narxidagi sezilarli o‘zgarish xarid
miqdorida faqat katta bo‘lmagan o‘zgarishlarga olib kelishi mumkin.
Talab hajmiga ta’sir qiluvchi boshqa omillar o’zgarmay qolganda, narx 1%
o’zgarganda talab necha foizga o’zgarishini ko’rsatuvchi ko’rsatkich talabning
130
narxli egiluvchanligi ko’rsatkichi deyiladi
31
. Bu ko’rsatkich ko’pincha oddiy qilib
talabning egiluvchanligi
deb ataladi.
Talabning narxli egiluvchanlik (E
t
) darajasi quyidagi formula bo‘yicha
hisoblanadi
S
Q
E
t
Bu erda:
Q – talab miqdorining foizli o‘zgarishi;
S – narxlarning foizli o‘zgarishi.
Talabning narxli egiluvchanligini belgilab beruvchi bir qator omillar mavjud
bo‘ladi. Ularning asosiylari quyidagilar:
1. Mahsulotlarning o’rnini bosuvchanligi.
Iste‘molchiga biror mahsulotning o‘rnini bosuvchi boshqa mahsulotlar
ko‘proq tavsiya qilinsa, unga talab shuncha egiluvchan bo‘ladi. Masalan, sof
raqobatli bozorda taklif qilinadigan mahsulotlarning juda ko‘p o‘rnini bosuvchilari
mavjud bo‘ladi, shu sababli har bir alohida sotuvchi mahsulotlariga talab butunlay
egiluvchan bo‘ladi.
2. Mahsulot qiymati
(narxi)
ning iste’molchi daromadidagi salmog’i.
Iste‘molchi daromadida mahsulotlar narxi qanchalik katta o‘rinni egallasa,
unga talab shuncha yuqori egiluvchan bo‘ladi. Masalan, daftar yoki qalam
narxining 10 foizga o‘sishi, bir necha so‘mni tashkil qiladi va bu talab bildirgan
mahsulot miqdorida juda kam o‘zgarish bo‘lishiga olib keladi. Shu bilan birga,
avtomobil yoki uy narxining 10 foizli o‘sishi, mos ravishda 50 yoki 150 mln.
so‘mni tashkil qiladi. Narxlarning bunday oshishi juda ko‘p oilalar daromadining
katta qismini tashkil qiladi va aytish mumkinki bu sotib olinadigan mahsulot
miqdorini sezilarli kamaytiradi.
3. Mahsulotlarning iste’mol xususiyatlari.
Zebu-ziynat buyumlariga talab odatda egiluvchan, hayotiy zarur buyumlarga
esa talab noegiluvchan hisoblanadi. Masalan, non va elektr energiya zaruriy
iste‘mol buyumlari hisoblanadi, Shu sababli ularga narxning oshishi non yoki
31
McConnell, Brue. Economics: principles, problems and policies. 20th edition. America, New York: McGraw-Hill, 2014.
page 57-58
131
elektr energiyani iste‘mol qilishning keskin kamayishiga olib kelmaydi. Boshqa
tomondan zebu – ziynat buyumlariga narxlar oshganda ularni qiyinchiliksiz
iste‘moldan chiqarib tashlash mumkin.
4. Vaqt omili.
Qaror qabul qilish uchun vaqt oralig‘i qancha uzoq bo‘lsa,
mahsulotga talab shuncha egiluvchan bo‘ladi. Masalan, agar mol go‘shtining narxi
10% ga ko‘tarilsa, iste‘molchi uni xarid qilishni birdaniga qisqartirmasligi
mumkin. Lekin bir qancha vaqt o‘tishi bilan u o‘zining moyilligini tovuq yoki
baliq go‘shtiga o‘tkazishi mumkin.
Talabga nafaqat tovarlar narxi, balki boshqa omillar, jumladan iste‘molchi
daromadlari va boshqa tovarlar narxi ham ta‘sir ko‘rsatadi.
Shu sababli talab egiluvchanligi bu barcha boshqa omillar bo‘yicha ham
yuqorida qarab chiqilgan tartibda aniqlanadi.
Muayyan tovarga talab boshqa tovarlar narxi o‘zgarishiga sezgirlik darajasi
talabning kesishmali egiluvchanligi (KE) deyiladi. Mazkur ko‘rsatkich A tovarga
bo‘lgan talab V tovar narxi 1%ga o‘zgarganda necha foizga o‘zgarishini ko‘rsatadi.
Kesishmali egiluvchanlik nisbiy (KE O) va nolga yaqin yoki
teng(KE=O) bo‘lishi mumkin. Birinchi holda V tovarga narxning o‘sishi A tovarga
talabning qisqarishiga olib keladi. Bunda A va V tovarlar bir-birini to‘ldiruvchi
(avtomashina va benzin, fotoapparat va fotoplyonka) hisoblanadi. Ikkinchi holda,
A va V tovarlar bir-birining o‘rnini bosuvchi (konfet va tort, sovun va shampun,
choy yoki kofe) hisoblanadi. Uchinchi holda, esa A va V tovarlar bir-biriga bog‘liq
bo‘lmagan yoki daxlsiz hisoblanadi.
Shu sababli V tovarga narxning o‘zgarishi A tovarga talabga hech qanday
ta‘sir kursatmaydi yoki bu ta‘sir sezilarsiz bo‘ladi.
Umumiy holda narx tizimida o‘zaro bog‘liqlikning uchta asosiy turi mavjud
bo‘ladi:
132
Do'stlaringiz bilan baham: |