Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy



Download 6,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/558
Sana11.01.2022
Hajmi6,4 Mb.
#351409
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   558
Bog'liq
ЖУРАЕВ дарслик-2018

monetar  yondoshuv 

deb  ataladi. 

U  pulning  qadrsizlanish  darajasini  pasaytirib  turishga,  pul  massasini  hamda 

to‘lovga  qodir  bo‘lgan  jami  talabni  keskin  kamaytirish  hisobiga  pul  muomalasini 

barqarorlashtirishga  asoslanadi.  Bu  yondoshuvning  kamchiligi  shuki,  u  ishlab 

chiqarishning  jismoniy  hajmi  kamayishiga  va  investitsiya  faoliyatining  to‘xtab 

qolishiga olib keladi. 

Ikkinchisi  –  ishlab  chiqarish  va  tadbirkorlik  faoliyatini  rag‘batlantirishga,  

asoslangan  yondoshuv.  Bunda  bir  me‘yordagi  qattiq  moliyaviy  va  pul-kredit 



114 

siyosati  tovar  bilan  qoplashning  iloji  bo‘lmagan  ortiqcha  talablarni  cheklash 

bo‘yicha tadbirlar bilan uzviy bog‘lab olib boriladi. 

Respublikada o‘tish davrida  makroiqtisodiy barqarorlikka erishishda  ikkinchi 

yondoshuvga  ustunlik  beriladi.  Bu  ishlab  chiqarishning    istiqbolga  ega  bo‘lgan 

tarmoqlar  va  ishlab  chiqarishlarni  har  tomonlama  rag‘batlantirish,  eng  muhim 

bo‘g‘inlarni  aniqlash  (neft,  energetika,  don,  paxtani  qayta  ishlash  sanoati  va  h.k.) 

va  shu  orqali  iqtisodiyotni  tarkiban  qayta  tashkil  qilish  bo‘yicha  amalga 

oshiriladigan yondoshuvdir.  

Barqarorlashtirish  dasturini  ishlab  chiqishda,  muvozanatga  keltirilgan 

monetar  siyosat  asosiy  tarmoqlar  va  ishlab  chiqarishlarni  tarkiban  qayta  tashkil 

qilishni qo‘llab-quvvatlash siyosati bilan birga qo‘shib olib borilishi zarur. 

Ana  shu  yondoshuvlar  negizida  iqtisodiy  barqarorlikka  erishishning  asosiy 

mezonlari quyidagilardan iborat bo‘ladi: 

I.

 

Ishlab chiqarish hajmining qisqarishiga yo‘l qo‘ymaslik; 



II.

 

Ustvor bo‘lgan tarmoqlarda ishlab chiqarishni yuksaltirish uchun qulay 



sharoitlarni vujudga keltirish va rag‘batlantirish; 

III.


 

Davlat  byudjeti  va  korxonalar  moliyaviy  ahvolining  barqarorligini 

ta‘minlash; 

IV.


 

Pulning qadrsizlanishini to‘xtatish; 

V.

 

To‘lov balansi va davlat valyuta rezervlarining holatini yaxshilash; 



VI.

 

Muvozanatlashtirilgan ijtimoiy siyosat asosida aholi turmush darajasini 



yaxshilash. 

Iqtisodiyotni  barqarorlashtirishda  soliq  tizimini  takomillashtirish  kredit-bank 

tizimini,  pul  muomalasini  mustahkamlash,  valyuta  munosabatlarini  tartibga  solish 

ham alohida o‘rin tutadi. 

Bozor  munosabatlariga  o‘tish  davrida  milliy  valyutani  mustahkamlash  uning 

ichki bozorda erkin almashinuvini ta‘minlash muhim  vazifa  hisoblanadi. 

Birinchidan,  milliy  valyutaning  tovar  (xizmat)  lar  bilan  barqaror 

ta‘minlanishiga  erishish.  Bunda  bozorning  umumiy  hajmida  respublikada  ishlab 

chiqariladigan mahsulotlar hissasini oshirib borish hal qiluvchi o‘ringa ega bo‘ladi. 



115 

Ikkinchidan, etarli barqaror valyuta zahiralariga ega bo‘lish. Bunga respublika 

eksport  imkoniyatini  kengaytirish,  eksport  uchun  mahsulot  ishlab  chiqaradigan 

korxonalar  ulushini    va  ularning  jahon  bozoridagi  mavqeini  oshirish  orqali 

erishiladi. 

Uchinchidan,  ishlab  topilgan  har  bir  so‘mni  qadrlash  va  iqtisodiyotga 

sarflangan har bir so‘mning foyda bilan qaytishiga erishish.  

To‘rtinchidan,  pul  qadrsizlanishiga,  inflyatsiyaga  qarshi  puxta  o‘ylangan 

siyosat  o‘tkazish.  Bunda  ichki  bozorni  mollar  bilan  to‘ldirish,  naqd  pul  va  kredit 

emissiyasining  o‘sishiga,  aholi  qo‘lida  pulning  harakatsiz  turib  qolishiga  yo‘l 

qo‘ymaslik birinchi darajali ahamiyatga ega. 

Respublikaning  bozor  iqtisodiyotiga  o‘tishida  iqtisodiyot  tarkibiy  tuzilishini 

ishlab  chiqarilayotan  mahsulot,  eksport  va  import  tarkibini  tubdan    o‘zgartirish 

shuningdek,  eng  muhim  makroiqtisodiy  va  takror  ishlab  chiqarish  nisbatlarini 

tartibga solish talab qilinadi. 


Download 6,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   558




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish