VI. Moliyalashtirish
20. Ijtimoiy yordam ko’rsatish xizmatining ta’minot xarajatlari o’rnatilgan tartibda
tasdiqlangan xarajatlar smetasiga muvofiq Qoraqalpog’iston Respublikasi va mahalliy byudjet
mablag’lari hisobidan ijtimoiy ta’minotga ajratilgan mablag’lar doirasida amalga oshiriladi.
21. Smeta xarajatlarida ijtimoiy yordam ko’rsatish xizmati faoliyatini amalga oshirish
uchun ish haqi va unga tenglashtirilgan to’lovlar, mazkur Nizomning
17-bandida
ko’rsatilgan
kantselyariya jihozlari va boshqa inventarlarga bo’lgan ish beruvchilarning ajratmalari hamda
o’zgalar parvarishiga muhtoj yolg’iz pensionerlar uchun qonunchilikda belgilangan tartibda va
miqdorlarda eng zarur mollarni xarid qilish bilan bog’liq xarajatlar ko’zda tutiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |