X U L O S A
Ma'lumki, go'zallik, nafosat sirlarini o'rganish orqali insonlarga xos oliy fazilat-
ezgulikka yetaklash borasida boshqa biror soha o'qituvchisi tasviriy, amaliy san'at
mutaxassisi bera oladigan vazifani bajara olmaydi. Darhaqiqat, o'quvchi yoshlarni estetik
va ahloqiy kamolatga yetkazish, ularga har tomonlama ma'naviy ozuqa berishda tasviriy
Amaliy san'at mutaxassisining imkoniyatlari keng.
Mamlakatimiz kelajagi uchun O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisning IX
sessiyasida qabul qilingan Kadrlar tayyorlash milliy dasturning amalga oshirilishi juda
muhim ahamiyatga egadir. Chunki ta'lim-tarbiya-ong mahsuli, lekin ayni vaqtda ong
darajasi va uning rivojini ham belgilaydigan omildir.
Eng asosiy maqsad zamonaviy tasviriy san'at o'qituvchisi orqali o'quvchi,
yoshlarimizdagi qobiliyat hamda imkoniyatlarni aniqlab, ularni to'g'ri shakllantirish va
yuzaga chiqarishdir.
Tasviriy san'at pedagogikasining o'ziga xos murakabliklarini tushunib, uning nozik
qirralarini o'quvchi va yoshlarga ulashish mahoratiga ega bo'la oladigan ustozlarni
yetishtirib chiqarish.
Mamlakatimiz taraqqiyotida mustaqqillik ruhi tobora mustahkamlanib, barcha
sohalarda jahon andozasiga mos islohotlar amalga oshirilmoqda.
Buning uchun ta'lim olayotgan har bir talabani tasviriy san'atga moyilligini, mavjud
iqtidorlilik qobiliyatini boyitib, uni amaliy, nazariy, ilmiy jihatdan shakllantirish maqsad
qilingan. Ta'limning samaradorlik mezoni uning xalqaro standartlar talablariga javob berishi
bilan belgilanadi.
Tasviriy, amaliy san'at o'qituvchilarini shakllantirish uchun bu sohadagi barcha
amaliy va nazariy bilimlar ta'lim sifatida zarurdir. Bular asosan:
- qalamtasvir;
- rangtasvir;
- kompozisiya;
- amaliy bezak san'ati;
- haykaltaroshlik;
- san'atshunoslik asoslari;
- san'at tarixi
va eng asosiysi, bu bilimlarini o'rgatishning metodik asoslarini egallash hisoblanadi. Ta'lim
mazmunidagi bu bilimlarni egallash vositasida bo'lajak o'qituvchi o'z sohasining ustasi
bo'libgina qolmasdan, ana shu san'at sirlarini o'quvchi va yoshlarga ulasha olish
malakasiga ega bo'ladi.
Tasviriy, amaliy san'at ta'limi va tarbiyasi mazmunida milliy san'at merosimiz bilan
birgalikda umum tasviriyot ta'limshunosligi va uslubiyatiga tayanish lozim. Pedagog-rassom
tayyorlashda ta'lim mazmunining muhim yo'nalishlari, umum tasviriyot va milliy
an'analarning ustivorligiga amal qilish darkor.
O'qitishning barcha talablari uchun zaruriy shart tasviriy va amaliy san'at sirlarini
o'zlashtirish bilan birga o'quvchi yoshlarga har jihatdan o'rgata olish usullarini egallashdir.
Tasviriy san'at va amaliy san'at pedagogikasi mutaxassisligida badiiy ta'lim mazmuni
quyidagicha tarkib topadi.