Ergashxodjaeva Sh. Dj


 - rasm. Marketing tadqiqotlari klassifikatsiyasi



Download 2,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/273
Sana11.01.2022
Hajmi2,98 Mb.
#350703
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   273
Bog'liq
1580-Текст статьи-3779-1-10-20200626 (1)

5.2 - rasm. Marketing tadqiqotlari klassifikatsiyasi
1
 
 
Testli tadqiqotlar qabul qilingan marketing qarorlarini to‘g‘riligini tekshirishga 
yo‘naltirilgan. 
Prognoz tadqiqotlar ob’ektning kelgusi holatini baholash bilan bog‘liqdir. 
Xalqaro  marketing  tadqiqotlarining  yo‘nalishlari  bo‘lib  quyidagilar 
hisoblanadi:  iste’molchilarni,  bozorni,  makro  muhitni,  firmaning  tashqi  muhitini, 
raqobatchilarni,  sotishni,  siljitishni,  narxni,  tovarni  o‘rganishdir.  Ularning  maqsadi 
esa,  ya’ni  iste’molchilarni  o‘rganishda  bozorni  segmentlash,  maqsadli  bozorni 
tanlash,  bozorni  o‘rganishda  –  bozor  sig‘imini  baholash,  makromuhitni  o‘rganishda 
tashqi  imkoniyat  va  tazyiqlarni  baholash,  raqobatchilarni  o‘rganishda  firmaning 
raqobatli  ustunligini  ta’minlash,  sotishni  o‘rganishda  samarali  sotish  tarmoqlarini 
tuzilishini,  siljitishda  axborot  bilan  ta’minlash  darajasini  va  firmaga  va  uning 
tovarlariga nisbatan sodiqligini oshirish, narxni o‘rganishda narxni optimallashtirish; 
tovarni o‘rganishda tovarning raqobatbardoshligini oshirishdan iborat bo‘ladi. 
Marketing  tadqiqotlarining  asosiy  maqsadi,  uning  vujudga  kelish,  shakllanish 
va rivojlanishning ob’ektiv sabablari, zarurati bilan belgilandi hamda uning maqsadi 
nihoyatda  keng  va  murakkab  masalalarni  hal  qilishga  karatilgandir.  U  ishlab 
chiqarishni  xaridor  ehtiyojiga  moslashtirib,  talab  va  taklifni  muvozanatiga  erishgan 
                                                
1
 Ergashxodjaeva Sh.J., Qosimova M.S., Yusupov M.A. Marketing. Darslik.  -T.: TDIU, 2018. - 337 б. 
O'tkazish joyi 
bo'yicha
kabinet
dala
qamrab olish darajasi 
bo'yicha
to'liq
tanlanma
maqsadi bo'yicha
qidiruv
tushuntiruv
sabab-oqibat
test
prognoz qilish


 
104 
holda,  uni  tashkil  etgan  korxona,  tashkilotlarga  yuqori  foyda  keltirishdir.  Bunga 
erishish uchun marketing kuyidagi muhim vazifalarni hal etmog‘i lozim: 

 
xaridorlar (iste’molchilar) ehtiyojini o‘rganish; 

 
tovarlarga bo‘lgan ichki va tashqi talablarni o‘rganish; 

 
korxonaning faoliyatini xaridorlar ehtiyojiga moslashtirish; 

 
talab va taklif to‘g‘risidagi olingan ma’lumotlar asosida bozorni o‘rganish; 

 
tovarlar  reklamasini  tashkil  etish,  xaridorlarni  tovarlarni  sotib  olishga 
qiziqishini oshirish; 

 
tovar  yaratuvchi  yoki  uni  sotuvchi  korxona  tadqiqotlarini  amalga  oshirish 
uchun ma’lumotlar to‘plash va tahlil qilish; 

 
tovarni  bozorga  chiqarishdagi  barcha  xizmatlar  to‘g‘risida  ma’lumotlar 
olish; 

 
to‘ldiruvchi  tovarlar  va  urnini  bosuvchi  tovarlar  to‘g‘risida  axborotlar 
yig‘ish; 

 
tovarlarga  bo‘lgan  talabni  istiqbollash,  ularni  amalga  oshirishni  nazorat 
qilishdan iboratdir.  
 
Marketing axborotlarini tizimli tahlil qilish, talab va taklifning taxminiy hisobini 
ishlab  chiqishga  imkon  beradi.  Bularsiz  sotishning  maqbul  darajasini  belgilash 
mumkin  emas.  Bunday  darajada  odatda,  minimum,  maksimum  oralig‘ida  hisoblab 
chiqiladi. 
Marketingning  qo‘llashdan  oldin  avvalambor  sharoitni,  eng  asosiy  ijtimoiy  – 
iqtisodiy  tarakkiyot  darajasini  hisobga  olish  lozim.  CHunki  marketing  –  murakkab, 
harakat va sabr toqat talab qiluvchi, shu bilan birga tez samara beruvchi ishdir. U bir 
tomondan  aholining  etarli  darajada  yuqori  bo‘lgan  ehtiyoji  va  talabiga,  uning  xarid 
qobiliyatiga,  ikkinchi  tarafdan  tovar  va  xizmatlarni  tanlashdagi  erkinlikka  javob 
berish  kerak.  Bozor  harakatining  katta  radiusini  ta’minlash  uchun  tovar 
assortimentini  tez  o‘zgartirish,  uni    ommaviy  ravishda  o‘zlashtirishga  javob 
beradigan  berishi  lozim.  Bularning  barchasi  talab  va  taklifni  muvozanatlashtirishga 
imkon  beradi.  Bundan  tashkari,  marketingli  faoliyat  yuritish  uchun,  korxonani 
boshqarish  va rejalashtirish tizimidan, taqsimot, ichki bozordagi  va tashki savdodagi 


 
105 
aloqalar, yuqori darajada jihozlangan bozor kanallari orkali sotishdan iborat tashkiliy 
masalalarni xal qilish zarur. 
Bugungi kunda barcha tovar ishlab chiqaruvchilar, iste’molchilar va shu bilan 
birga  boshqa  soha  xodimlari  ham  marketing  nuqtai  nazaridan  fikrlay  olishlari  va 
undan samarali foydalanishlari lozim.
 
Mamlakatimizda  bugungi  kunda  oziq-ovqat  sanoati  korxonalari    eksportini 
kengaytirish  va  yanada  rivojlantirish  masalalariga  alohida  e’tibor  qaratilmoqda. 
Korxonalar    eksport  salohiyatini  oshirish,  tashqi  bozorlarga  tayyor  raqobatbardosh 
mahsulotlar  bilan  chiqish,  eksportda  qo‘shimcha  qiymatga  ega  bo‘lgan  tovarlar 
ulushini  ko‘paytirish  hamda  jahon  bozorida  mustahkam  o‘rin  egallash  bo‘yicha  
iqtisodiy  islohotlar  jadal  olib  borilmoqda.  Davlatimiz  rahbarining  2017  yil  7 
fevraldagi 
Farmoni 
bilan 
tasdiqlangan 
2017-2021 
yillarda  O‘zbekiston 
Respublikasini  rivojlantirishning  beshta  ustuvor  yo‘nalishi  bo‘yicha  Harakatlar 
strategiyasining  uchinchi  yo‘nalishida  eksportni  oshirish  bo‘yicha,  “...eksport 
faoliyatini  liberallashtirish  va  soddalashtirish,  eksport  tarkibi  va  geografiyasini 
diversifikatsiya  qilish,  iqtisodiyot  tarmoqlari  va  hududlarning  eksport  salohiyatini 
kengaytirish va safarbar etish”
1
 bo‘yicha ulkan vazifalar belgilangan. 
Aynan,  innovatsion  iqtisodiyot  sharoitida  oziq-ovqat  sanoati  korxonalari, 
xususan  “O‘zbekoziqovqatxolding”  xoding  kompaniyasiga  qarashli  korxonalarning  
mahsulotlari eksportini kengaytirish,  korxonalarning tashqi bozorga chiqish bo‘yicha 
marketing  strategiyasini  ishlab  chiqish  bugungi  kunda  dolzarb  ahamiyat  kasb 
etmoqda. 
Bozor  raqobati    sharoitida  mahsulot  ishlab  chiqaruvchi  korxonalar  savdo 
hajmini  oshirishga  qaratilgan  chora-tadbirlarni  amalga  oshirishga  harakat  qiladi. 
Shuning  uchun  ham  bu  o‘rinda  korxonalarning  tashqi  bozorlarga  chiqishi  uchun 
marketing  tadqiqotlarini  olib  borish    va  ular  asosida  raqobat  bo‘yicha  ustunlikka 
erishishi zarur. 
                                                
1
  Ўзбекистон  Республикаси  Президентининг  2017  йил  7  февралдаги    “2017-2021  йиллардаги  Ўзбекистон 
Республикасини  ривожлантиришнинг  бешта  устувор  йўналиши  бўйича  ҳаракатлар  стратегияси”  тўғрисидаги  
ПФ-4947-сонли Фармони. – Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами, 2017 й. www.lex.uz. 


 
106 
Bu  o‘rinda  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2017  yil  6  noyabrda 
“Meva-sabzavot  mahsulotlari,  uzum,  poliz,  dukkakli  ekinlar,  shuningdek,  quritilgan 
sabzavot  va  mevalarni  mahalliy  eksport  qiluvchilarni  qo‘llab-quvvatlash  bo‘yicha 
qo‘shimcha  chora-tadbirlar  to‘g‘risida”  gi  qarori  o‘z  vaqtida  qabul  qilingan  muhim 
me’yoriy  hujjat  bo‘lib,  ushbu  qaror  bilan  xo‘jalik  yurituvchi  sub’ektlarning  meva-
sabzavot  mahsulotlarini  eksport  qilishi  tartib  taomillarini  yanada  soddalashtirish, 
jismoniy  shaxslar  tomonidan  ularni  ishlab  chiqarishni  rag‘batlantirish  nazarda 
tutilgan.    Qarorda    meva-sabzavot  mahsulotlarini  eksport  qilish  sohasida 
infratuzilmalarni yaratish va zamonaviy texnologiyalarni joriy etishga alohida e’tibor 
qaratilgan.    Ushbu  qaror  orqali  tashqi  iqtisodiy  faoliyatni  yanada  liberallashtirish, 
eksport qilinadigan  yangi  meva-sabzavot  mahsulotlari,  uzum, poliz, dukkakli ekinlar 
shuningdek  quritilgan  sabzavotlar  va  mevalarning  hajmini  ko‘paytirish  va  turlarini 
kengaytirish 
uchun 
qulay 
sharoitlar 
yaratish, 
mahalliy 
meva-sabzavot 
mahsulotlarining jahon bozorlaridagi raqobatbardoshligini oshirishga erishiladi. 
Hammamizga  ma’lumki,  ishlab  chiqaruvchi  va  qayta  ishlovchi  korxonalar  
asosiy e’tiborni mahsulot sifatini yaxshilashga qaratishi lozim, bu esa o‘z navbatida, 
mahsulotga bo‘lgan talabning ortishiga, raqobatbardoshlik darajasini ortishiga, sotish 
hajmini  ko‘payishiga,  korxonaning  tashqi  bozordagi    mavqeini  mustahkamlanishiga 
ijobiy ta’sir  ko‘rsatadi. 

Download 2,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   273




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish