3.5-rasm. Marketing axborot tizimining sxemasi
1
1
А.B. Коротков. Маркетинговые исследования. Учебник для бакалавров. 3-е изд., перераб., и доп. -М. :
Издательство Юрайт, 2015. - 102 с
Teskari aloqa
Atrof-muhit
Kompaniya
maqsadlari
Marketing rejalari
Marketing rejalaridan
foydalanish
Marketing kuzatuv tizimi
Bozor tadqiqotlari
Doimiy kuzatuv, ma’lumotlarni
saqlash
Ta’sir ko’rsatish
78
Avval firma marketing rejalarining umumiy yo’nalishlarini belgilab beruvchi
kompaniya maqsadlarini belgilaydi. Bu maqsadlarga atrof-muhit omillari
(raqobatchilik, hukumat, iqtisodiyot) ta’sir ko’rsatadi. Marketing rejalari o’z ichiga
nazorat qilinuvchi omillarni, jumladan, maqsadli bozor, maqsadli marketing,
marketingni tashkil etish turi, marketing strategiyasi (tovar yoki xizmat, taqsimot va
narx) va boshqaruvni tanlashni kiritadi. Marketing rejasi aniqlangandan so’ng
tadqiqotlar hamda ma’lumotlarni muntazam kuzatish va to’plashdan iborat bo’lgan
axborot tarmog’i yordamida marketing xizmatining axborotga bo’lgan umumiy
ehtiyojlarini muayyanlashtirish va qondirish mumkin. Marketing tadqiqotlari tadqiqot
muammolarini hal qilish uchun aniq ma’lumotlarni beradi. Buning uchun
saqlanayotgan ma’lumotlar (ichki ikkilamchi ma’lumotlar) yoki tashqi ikkilamchi va
birlamchi ma’lumotlarni to’plash kerak bo’lib qolishi mumkin.
Doimiy kuzatuv bu shunday jarayonki, uning vositasida o’zgarib turuvchan
atrof-muhit muntazam tahlil qilib boriladi. U yangiliklar byulleteni, hamkorlar va
raqobatchilardan doimiy ravishda ma’lumotlar olib turishni qamrab olishi mumkin.
Ma’lumotlarni saqlash firmaning barcha ichki ahamiyatli ma’lumotlarini (savdo
hajmi, xarajatlar, xodimlar ishi va hokazo), shuningdek, marketing tadqiqotlari va
doimiy kuzatuvlar orqali yig’ilgan ma’lumotlarni to’plashdir. Ushbu ma’lumotlar
qaror qabul qilishga ko’maklashadi hamda kelajakda foydalanish uchun saqlanadi.
Firmaning resurslari va axborot ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda marketing
axborot tizimi kompyuterlashtirilgan bo’lishi mumkin. Kichik firmalar bu
tarmoqlardan kompyutersiz ham samarali foydalanishi mumkin. Har qanday
tizimning muvaffaqiyatini ta’minlovchi omillar bu uning ketma-ketligi va saqlash
texnikalarining yaxshiligidir.
Marketing rejalarini axborot tarmog’idan olingan ma’lumotlar asosida amalga
oshirish lozim. Masalan, doimiy kuzatuv natijasida firma xom-ashyo qiymati keyingi
yil davomida 7 foizga o’sishi to’g’risida xulosaga kelishi mumkin. Bu esa
kompaniyaga marketing variantlarini (xarajatlarni qayta taqsimlash, qo’shimcha
sarflarni qabul qilish) o’rganish va amalga oshirish uchun variantlardan birini tanlash
uchun vaqt beradi. Agar kuzatuv amalga oshirilmagan bo’lsa firma kutilmagan
79
vaziyatga duch kelishi va qo’shimcha xarajatlarni qoplashda hech qanday
variantlarga ega bo’lmasligi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |