2.7. Xorijiy investisiyalarni huquqiy himoyalash va sug’urtalash
Chet el investisiyasi yo’nalishlaridan biri boshqa mamlakatlarga qaraganda
ma’lum bir ustunliklarga ega bo’lgan MDH mamlakatlari bilan hamkorlik qilishdir.
Bu avvalo geografik yaqinlik, ko’p yillik ish tajribasi, hamkorlar haqida
ma’lumotlardan xabardorlik, bozor kon’yunkturasini bilishdir. MDH mamlakatlari
tomonidan qabul qilingan «O’zaro huquqlarni tan olish va mulkiy munosabatlarni
61
tartibga solish to’g’risidagi» kelishuv qo’shma tadbirkorlik uchun keng huquqiy
asoslarni yaratadi. SHuningdek, «Investisiya faoliyati sohasida hamkorlik
to’g’risidagi», «Investor huquqlarini himoya qilish to’g’risidagi» kelishuvlar ham
qabul qilingan. Ukraina, Belorussiya va boshqa mamlakatlar bilan ikki tomonlama
kelishuvlarning qabul qilinishi ham yaqin xorij mamlakatlarini investisiyalash uchun
qulay sharoitlar yaratadi.
Mablag’larni xorijiy investisiya sifatida kiritish bir qator tavakkalchiliklarga
duch keladi. Chet el mamlakatida soliq yoki valyuta tizimida ro’y bergan o’zgarishlar
natijasida investor o’z mablag’laridan to’laligicha yoki qisman mahrum bo’lishi
mumkin. Xorijiy investisiyalarning ko’p yillik tajribalari bunday tavakkalchiliklarni
bartaraf qilishning turli xil usullari ishlab chiqilgan. Bozor iqtisodiyoti amal qiluvchi
iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda chet el investorlari huquqlarini himoya
qilishning uch darajasi mavjud.
Birinchi bosqich bu mamlakatlarning konstitusiyalari darajasida bo’ladi.
Ikkinchi bosqich ikkitomonlama hukumatlararo kelishuvlardan iborat.
Uchinchi bosqich davlatlar va ularning fuqarolari o’rtasida investisiya
muammolarini tartibga solish Konvensiyasida ishtirok etishdir.
O’zbekistonda xorijiy investorlar huquqi mos keluvchi qonun bilan belgilangan
bo’lib, Bu qonun xorijiy investorlarning investisiyalari rekvizisiya yoki musodara
qilinmasligini kafolatlaydi. Milliylashtirish yoki rekvizisiya amalga oshirilgan
hollarda chet ellik investorga tezlik bilan mos keluvchi tovon puli to’lanadi. Tovon
puli investisiya kiritilgan valyutada to’lanishi lozim. Chet ellik investorlar davlat
organlari yoki ayrim mas’ul shaxslarning hatti-harakatlari natijasida qo’ldan
chiqarilgan foydani qoplash uchun to’lov olish huquqiga egalar.
MDH mamlakatlarining qonun hujjatlarida chet el investisiyalari ishtirokidagi
korxonalar mulki va tavakkalchiligini sug’o’rtalash mamlakat qonunchiligida boshqa
holat ko’rsatilmagan bo’lsa korxonaning ixtiyoricha amalga oshiriladi. Ilk bora
xorijiy investisiyalarning davlat tomonidan sug’o’rtalanishi AQSHda, keyinchalik
Germaniya va Yaponiyada qo’llangan. AQSH boshqa mamlakatlar bilan imzolovchi
kelishuvlar AQSH Hukumatining subrogasiya huquqi bilan mustahkamlangan.
62
Subrogasiya chet eldagi amerikalik xususiy investorlarning tavakkalchiligi AQSH
hukumatiga o’tishini anglatadi. Bu holda investorlar AQSHda o’z investisiyalarini
sug’o’rtalagan bo’lsalar, Amerika hukumati ularga etkazilgan zararni qoplaydi.
Bunday tizim mulk ekspropriasiya qilingan yoki shunga o’xshash boshqa hollarda
xususiy investorlarga etkazilgan zararning qoplanishini kafolatlaydi.
Mablag’larni uzoq muddatli korxonalar qurilishiga kiritishda bank kafolatlaridan
ham foydalaniladi. Bank kafolatlari xorijiy investisiyalar ishtirokchilarining o’z
majburiyatlarini bajarishini ta’minlash vositasi bo’lib xizmat qilishi mumkin. Bank
topshiriqlari fuqarolik huquqi normalari bilan tartibga solinadi. Kafolat sifatida
garovdan foydalanish mumkin bo’lib, u bo’yicha chet ellik investorlar
mamlakatimizda qonuniy asosda ochiqko’ngil bo’lmagan mahalliy tadbirkorlarni
tarovga qo’yilgan mulkni tortib olish tahdidi ostida o’z majburiyatlarini bajarishga
majburlash imkoniga ega bo’ladi. Keyinchalik u garov egasi tomonidan kimoshdi
savdolarida huquqiy va jismoniy shaxslarga milliy yoki xorijiy valyutaga kelishilgan
narxda sotishi mumkin.
Respublikamizda chet el investisiyalarini davlat tomonidan tartibga solinishidan
asosiy maqsad kapital olib chiqishni tertibga solish, uning noqonuniy ravishda
respublikamiz hududidan chetga chiqarilishini cheklash hisoblanadi. Bu maqsadda
pasport bitimini rasmiylashtirish asosida yagona bojxona-valyuta nazorati tizimi
yo’lga qo’yilgan bo’lib, kapitalni yashirin olib chiqishni ma’lum ma’noda cheklab
turadi. Yana bir cheklov turi kapitalni olib chiqishni Litsenziyalash hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasi jahon iqtisodiyotiga integrasiyalangan sari
mamlakatimizda va chet elda amalga oshirilayotgan bevosita investisiyalar hajmi
o’sib bormoqda. Respublika Prezidenti Farmoniga ko’ra O’zbekistonda chet el
investisiyalarini notijorat tavakkalchiliklaridan sug’o’rtalash bo’yicha Xalqaro
agentlik va chet ellik investorlarga kafolat taqdim etuvchi Respublika korporatsiyalari
tuzilgan.
Investisiyalarning yana bir yo’nalishi xorijiy kapitalning korxonalarni
xususiylashtirishi hisoblanadi. Respublikamizda ushbu sohada qonun hujjatlarining
qabul qilinishi chet ellik investorlarning xususiylashtirish jarayonida ishtirok etish
63
imkoniyatlarini belgilab beradi. Bu jarayonda quyidagi sub’yektlar ishtirok etishi
mumkin:
1
•
chet ellik huquqiy shaxslar, jumladan, joylashgan mamlakat hududida
qonunchilik asosida investisiya operasiyalarini amalga oshirish huquqiga ega bo’lgan
kompaniya, firma, korxona va assosiasiyalar;
•
chet el fuqarolari, chet elda doimiy yashash joyiga ega mamlakatimiz
fuqarolari, ular xo’jalik faoliyatini yuritish uchun doimiy yashayotgan mamlakatda
yoki o’z mamlakatida ro’yxatga olingan bo’lsa;
•
xorijiy
davlatlar
va
xalqaro
tashkilotlar.
Davlat
korxonalarini
xususiylashtirishda ishtirok etish uchun chet ellik investorlar respublika hududida
belgilangan faolitya turini yuritishga ruxsat olishi lozim.
Chet ellik investor quyidagilarni sotib olishi mumkin:
•
xususiylashtirish jarayonida tashkil etilgan investisiya konkursi, tijorat
konkursi va kimoshdi savdolarida ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalarini;
•
tijorat
konkursi
va
kimoshdi
savdolarida
aksiyadorlik
jamiyati
hisoblanmagan korxonani;
•
mavjud va tugatilayotgan korxonalar mulkini, shushunigdek, qurilishi
tugallanmagan ob’yektlarni;
•
davlat korxonasi va uning mulkini.
Amalda chet el investorlarnining qimmatli qog’ozlarga – davlatning qimmatli
qog’ozlari, xususiylashtirilgan korxonalarning aksiya va obligasiyalari, banklarning
qimmatli qog’ozlari, xususiy emitetntlarning qimmatli qog’ozlariga investisiya
kiritishi keng tarqalgan. Qimmatli qog’ozlarni chiqarish turli maqsadlarni ko’zlashi
mumkin. Ular byudjet kamomadini moliyalashtirish, ilgari joylashtirilgan zaemlarni
so’ndirish, soliq to’lovlarini bir tekisda to’lanishini taxsilash, maqsadli dasturlarni
moliyalashtirish va shu kabilarga mo’ljallanishi mumkin. Banklar, xorijiy firmalar,
sug’o’rta kompaniyalari, brokerlar, investisiya va nafaqa jamg’armalari, tijorat
1
Аникеева-Науменко Л.О., Пересветова Е.Б. Международный маркетинг: Учебное пособие для
бакалавров – М.: МГУПС (МИИТ), 2015. – 85 с.
64
strukturalari va O’zbekiston aholisi qimmatli qog’oz bozorida investor sifatida
ishtirok etishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |