Ergashxodjaeva Sh. Dj


 Taqsimlash kanallarining turlari



Download 2,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet169/273
Sana11.01.2022
Hajmi2,98 Mb.
#350703
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   273
Bog'liq
1580-Текст статьи-3779-1-10-20200626 (1)

11.4. Taqsimlash kanallarining turlari 
 
Oxirgi  paytda  eng  ko’zga  tashlanarli  voqea  sifatida  ana’anaviy  taqsimlash 
kanallariga  qarshi  harakat  qiluvchi  vertikal  va  gorizontal  marketing  tizimlari  paydo 
bo’ldi.  
An’anaviy taqsimlash kanallari mustaqil ishlab chiqaruvchi, bitta yoki bir nechta 
ulgurji  savdogar  va  bitta  yoki  bir  nechta  chakana  savdogardan  iborat  bo’ladi. 
Taqsimlash kanalining har bir a’zosi alohida korxona bo’lib, butun tizimning oluvchi 
foydasiga  zarar  etkazilsada,  o’zining  maksimal  darajada  foyda  olishiga  intiladi. 
Taqsimlash kanali a’zolaridan  hech biri boshqa a’zolar  faoliyatini to’liq  nazorat qila 
olmaydi. 
Ichki kanallarni ularning darajasi bo’yicha tavsiflash mumkin. 
Taqsimlash kanali darajasi bu tovar  va  unga egalik  huquqini  yakuniy  xaridorga 
etkazish bilan shug’ullanishda u yoki bu ishni bajaruvchi istalgan vositachidir. Ishlab 
chiqaruvchining  o’zi  ham  malum  bir  ishlarni  bajarishi  tufayli  u  ham,  yakuniy 
iste’molchi  ham  taqsimlash  kanaliga  kiritiladi.  Kanalning  uzunligi  undagi  oraliq 
darajalar soni bilan belgilanadi. 
Nolinchi  darajali  kanal  (bevosita  marketing  kanali)  tovarni  bevosita 
iste’molchilarga sotuvchi ishlab chiqaruvchidan iborat. Tovarlarni ishlab chiqaruvchi 
tegishli magazin orqali sotish, posilka qilish yo’li bilan sotish tovarni olib yurib sotish 
bevosita sotuvning uch asosiy turi hisoblanadi. «Eyvon» firmasi kommivoyajerlari uy 
bekalariga  pardoz  buyumlarini  o’zlari  bilan  olib  yurib  sotadilar.  «Franklin  mint» 
firmasi kolleksiya predmetlarini posilka yuborish usuli bilan sotadi, «Zinger» firmasi 
esa tikuv mashinalarini o’ziga qarashli bo’lgan magazinlar orqali sotadi. 


 
251 
Bitta  darajali  kanal  o’z  ichiga  bitta  vositachini  kiritadi.  Iste’mol  bozorlarida 
odatda  bunday  vositachi  vazifasini  chakana  savdogar  bajarsa,  sanoat  yo’nalishidagi 
tovarlar bozorida bu vazifani sotuv bo’yicha agentlar yoki brokerlar bajaradi. 
Ikki darajali kanal ikkita vositachidan iborat bo’ladi. Iste’mol bozorlarida odatda 
bunday  vositachi  vazifasini  ulgurji  va  chakana  savdogarlar  bajarsa,  sanoat 
yo’nalishidagi tovarlar bozorida bu vazifani sanoat distribyuteri va dilerlar bajaradi. 
Uch  darajali  kanal  uchta  vositachidan  iborat  bo’ladi.  Masalan,  go’shtni  qayta 
ishlash  sanoatida  ulgurji  va  chakana  savdogar  o’rtasida  odatda  mayda  ulgurji 
savdogarlar  faoliyat  ko’rsatadi.  Mayda  ulgurji  savdogarlar  yirik  ulgurji 
savdogarlardan  tovarni  sotib  oladilar  va  odatda  yirik  ulgurji  savdogarlar  xizmat 
ko’rsatmaydigan chakana savdo korxonalariga qayta sotadilar. 
Vertikal  marketing  tizimi  esa  aksincha,  yagona  tizim  sifatida  harakat  qiluvchi 
ishlab  chiqaruvchi,  bitta  yoki  bir  nechta  ulgurji  savdogarlar  va  bitta  yoki  bir  nechta 
chakana  savdogarlardan  iborat  bo’ladi.  Bu  holda  taqsimlash  kanali  a’zolaridan  biri 
qolganlarining egasi bo’lib, ularga savdo imtiyozlari taqdim etadi yoki ularning to’liq 
hamkorlik  qilishlari  uchun  etarli  kuchga  ega  bo’ladi.  VMT  doirasida  ishlab 
chiqaruvchi, ulgurji savdogar yoki chakana savdogar etakchilik qilishi mumkin. VMT 
kanalning  faoliyatini  nazorat  qilish  va  o’z  maqsadlarinigina  ko’zlovchi  taqsimlash 
kanali  a’zolari  o’rtasida  ziddiyatlar  yuzaga  kelishining  oldini  olish  vositasi  sifatida 
yuzaga  kelgan.  VMT  hajmidan  kelib  chiqqan  holda  tejamkor  bo’lib,  iste’mol 
marketingi  sohasida  taqsimotni  yo’qqa  chiqaradi  va  bozorda  katta  ta’sirga  ega 
bo’ladi. 
Gorizontal  marketing  tizimlari  ikki  yoki  undan  ortiq  firma  yangi  ochilayotgan 
marketing  imkonyatlarini  birgalikda  o’zlashtirish  uchun  hatti-harakatlarini 
birlashtirishga  tayyor  bo’lganda  yuzaga  keladi.  Alohida  firmalarning  yakka  holda 
harakat  qilishi  uchun  ularning  kapitali,  texnik  bilimlari,  iishlab  chiqarish  quvvatlari 
yoki  marketing  resurslari  kamlik  qiladi,  yoxud  ular  tavakkal  qilishdan  qo’rqadilar, 
yoxud  boshqa  firmalar  bilan  hamkorlik  qilishni  o’zlari  uchun  ko’proq  foyda 
ko’radilar.  Firmalar  birgalikda  alohida  kompaniya  tuzishlari  mumkin.  Masalan, 
«Doktor  Pepper»  firmasining  alkogolsiz  ichimliklarni  idishlarga  quyish  uchun  o’z 


 
252 
quvvatlari etmaganligi sababli u «Koka-Kola» firmasi bilan hamkorlik qiluvchi quyib 
beradigan korxonalar bilan Litsenziya asosida birgalikda ishlashga jalb qilishga qaror 
qilgan. 
Ko’p kanalli marketing tizimlari. Bitta bozorning o’zini yoki turli xil bozorlarni 
qamrab  olish  uchun  firmalar  tobora  ko’proq  ko’p  kanalli  marketing  tizimlaridan 
foydalanishga jazm etmoqdalar. Masalan, mebel bilan chakana savdo qiluvchi «Djon 
Smit»  firmasi  mebellar  assortimentini  o’zining  xususiy  magazinlari  orqali, 
shuningdek,  namoyish  zallari  bo’lgan  ombor-magazinlar  tarmog’iga  ega 
«Xoummeyker»  bo’linmasi  orqali  sotadi.  Xaridorlar  mebel  mahsulotlarining  katta 
qismini  bitta  yoki  ikkita  kanal  orqali  xarid  qilishlari  mumkin  bo’lib,  mahsulotlarni 
ikkinchi  kanal  orqali  sotish  arzonga  tushadi.  «Dj.K.Penni»  firmasi  universal 
magazinlar  tarmog’i,  faol  sotuv  magazinlari  tarmog’i  va  ixtisoslashgan  magazinlar 
tarmog’iga ega. 

Download 2,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   273




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish