Ergashxodjaeva Sh. Dj


 Ommaviy va differensial marketing. Diversifikasiya strategiyasi



Download 2,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet106/273
Sana11.01.2022
Hajmi2,98 Mb.
#350703
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   273
Bog'liq
1580-Текст статьи-3779-1-10-20200626 (1)

6.5. Ommaviy va differensial marketing. Diversifikasiya strategiyasi 
 
Bozordagi  faoliyat  strategiyalarini  asoslashda  uch  turdagi  strategiyalar 
ishlatilishi mumkin
1

ommaviy marketing 
                                                
1
 Чувакова С.Г. Стратегический маркетинг. Учеб. пос. – М.: Дашков и К. 2012. – 272 с. 


 
131 
differensiallangan marketing 
konsentrlangan marketing 
Amaliyot  shuni  ko’rsatadiki,  bozor  munosabatlarini  tiklanishi  va  shakllanishi 
davrida  tadbirkorlik  tuzilishida  ko’plab  korxonalar  differensiallanmagan  marketing 
strategiyasini  ushlab  turdi.  Bu  strategiya  firmani  xaridorlarni  xarid  jarayoni  va 
tovarga  bo’lgan  munosabat  hamda  motivasiyasidagi  turli-tumanlikka  emas,  balki 
xaridor ehtiyojlarida qiziqishni umumiyligiga mo’ljalni oladi. 
Bunday  tovarlar  va  marketing  dasturlarini  ishlab  chiqish  orqali  firma  o'z 
maqsadiga  xaridorlarni  o’rtacha  massasini  qondirib  erishishi  mumkin.  Strategiyani 
ishlatuvchi  firmalar  muvaffaqiyatining  muhim  omili  bo’lib  standartlashtirishi  va 
tovar  ishlab  chiqarishni  umumiyligi  xisoblanadi.  Differensiallanmagan  marketing 
strategiyasi mahsulot ishlab chiqarish va sotishda kam xarajatlarni ta’minlaydi. Biroq 
X.Meffert  ta’kidlaganidek,  “bu  strategiya  zamonaviy  marketing  tamoyillariga 
qarama-qarshi turadi”. 
Marketingni 
zamonaviy 
konsepsiyasida 
ikkita 
strategiya 
quriladi: 
differensiallangan va konsentrlangan marketing. 
Differensiallangan marketing strategiyasida firmadan uning faoliyatini bir necha 
segmentda  ular  uchun  maxsus  ishlab  chiqarilgan  tovarlar  va  marketing  dasturlari 
bo’lishini talab qiladi. Bu strategiya xaridorlarning motivlari va tushunchalariga mos 
keluvchi  marketing  dasturi  va  xaridorlarga    mo’ljallangan  marketingni  asosiy 
tamoyiliga  mos  keladi.  Bu  strategiya  xaridorni  bozordagi  xolatini  to’liq  ifodalaydi, 
shuning  uchun,  qoidaga  ko’ra,  yuqori  sotish  hajmini  va  konsentrlangan  marketing 
strategiyasiga nisbatan kichik tavakkalchilik darajasini ta’minlaydi. 
Differensiallangan  marketing  strategiyasi  yuqori  investisiya,  ishlab  chiqarish  va 
boshqarish xarajatlarini talab qiladi, shuning uchun u yirik korxonalar uchun zarurdir. 
Mahsulot differensiasiyasi – turli bozorga chiqishning keyingi imkoniyatidir. Bu 
birinchi  navbatda  tovar  taqsimlashda  diversifikasiya  strategiyasini  olib  borishga 
asoslanadi. 
Konsentrlangan  marketing  strategiyasi  korxonalardan  bozorning  foydani 
segmentiga, ya’ni bitta yoki bir necha segmentiga e’tiborni qaratishni talab qiladi. Bu 


 
132 
bozor  segmentiga  firma  bitta  yoki  bir  necha  mahsulot  bilan  hamda  maqsadli 
marketing  dasturi  bilan  yondoshadi.  Uz  mazmuniga  ko’ra  bu  strategiya  bozor 
chuqurchasi  konsepsiyasiga  mos  keladi,  ya’ni  shunday  bozor  segmentida  ishlash 
kerakki, tovar ushbu firma va uning etkazib berish imkoniyatlari uchun ko’proq mos 
keluvchi bo’lib xisoblanadi.  
Konsentrik marketing strategiyasi ko’proq kichik va o’rta korxonalar uchun mos 
keladi,  chunki  bozorning  barcha  segmentlarida  ishlash  uchun  hamda  qayta  yetarli 
moliyaviy vositalarni bo’lishi talab etilmaydi. 
Diversifikasiya  strategiyasi  firmaning  tovar  siyosatida  muhim  o’rin  egallaydi. 
Bu  strategiya  yangi  sotuv  bozoriga  taklifni  rejalashtirishda  qo’shimcha  tovarlarni 
ishlab chiqarishni boshlaganda qo’llaniladi. Diversifikasiya firma faoliyatida barqaror 
o’sishini ta’minlash uchun samarali vosita sifatida chiqadi. Diversifikasiyani 3 ta turi 
mavjud: gorizontal, vertikal va konsentrik. 
Gorizontal diversifikasiya deganda ilgarigi tovarlarga o’xshash  ishlab chiqarish, 
texnik,  ta’minot  va  sotish  sharoitlariga  yaqin  bo’lgan  tovarlarni  ishlab  chiqarish 
tushuniladi. 
Vertikal  diversifikasiya  esa  ilgarigi  tovar  ishlab  chiqarishni  sotuv  yo’nalishi 
sifatida  ham  tovar  dasturini  chuqurligini  o’stirishni  anglatadi.  Masalan,  go’sht 
mahsulotlarini sotuvchi maxsus do’kon mol etishtirishni va seleksiya bo’yicha ishlab 
chiqarishni qo’llab-quvvatlaydi. 
Konsentrik  diversifikasiya  korxona  uchun  yangi  tovarni  ishlab  chiqarishni 
ko’zda tutadi. 
 

Download 2,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   273




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish