7.3. Jahon bozorlarida tovarlarni qadoqlash va bezash
Tovar dizayni tashqi bozorga chiqariluvchi tovar nomi, shakli va rangini
tanlashdan iborat. Eksport tovar dizayni ko’p jihatdan mamlakat aholisining madaniy
xususiyatlariga bog’liq. Dizayn bo’yicha qaror qabul qilishda mamlakatning tili va
rangni qabul qilish xususiyatlariga e’tibor qaratish lozim.
Mamlakat tilining o’ziga xos xususiyatlarini fonetik, orfografik, morfologik va
semantik jihatdan ko’rib chiqish zarur. Oxirgi paytda «umumiy marka» siyosati keng
tarqalmoqda, bunda tovar imidjini ko’chirish maqsadida bir qator tovarlar toifasi
uchun tovar markasi ishlab chiqiladi. Ba’zi hollarda til xususiyatlari kompaniyaning
tashqi bozor uchun maxsus markalar ishlab chiqishini talab qiladi, chunki tovar nomi
oson aytilishi, to’g’ri tushunilishi va salbiy tushunchalarni keltirib chiqarmasligi
lozim.
Bozorda taklif etiluvchi tovarlarning ko’pi albatta o’rab-qadoqlanishi zarur.
O’rov bu – tovarning saqlanishi va tashilishi uchun qulaylik yaratuvchi sig’imlarni
tayyorlash va ishlab chiqarish hisoblanadi.
Tovarlar o’rovi turlicha bo’lishi mumkin bo’lib, ularning har biri uch qatlamdan
147
iborat bo’ladi:
ichki o’rov – bevosita tovar saqlanadigan sig’im;
tashqi o’rov – tovarni ichki o’rov uchun xizmat qiluvchi va tovarni bevosita
foydalanishga tayorlashda olib tashlanuvchi material;
transport o’rovi – tovarni transport orqali tashish, saqlash va uni tanib olish
uchun foydalaniladi. Va nihoyat, o’rovning uzviy va ajralmas qismi tovarga taalluqli
bo’lgan bosma ma’lumotlarni o’rovning ustiga yoki ichiga kiritish va
markirovkalash.
Tovar o’roviga bo’lgan asosiy talablar quyidagilardan iborat:
•
tovarning buzilish yoki shikastlanishidan himoya qilishni ta’minlash;
•
tovar reklamasini ta’minlash;
•
tovarni transport orqali tashish va omborlarda joylashtirish uchun oqilona
birliklar yaratishni ta’minlash;
•
raqobatchilarning tovar o’rovlaridan ajralib turish;
•
ishlab chiqaruvchini tezda tanib olishga xizmat qilish;
•
tovar imidjini yaratish va narx darajasiga mos kelish.
Tovar o’rovi materiali tovar ko’rinishiga ega bo’lishi, osonlik bilan yo’q
qilinishi, xavfsiz bo’lishi va osonlik bilan qayta ishlanishi lozim. Qoidaga ko’ra,
o’rov hajmining o’zi uni tayyorlash uchun ishlatilgan material haqida, uning rangi va
hokazolar haqida tasavvur uyg’onishiga imkon beradi. Tovar o’rovining tarkibiy
qismlari nar hosil bo’lishi siyosati bilan ham, reklama bilan ham, boshqa marketing
elementlari bilan ham bog’liq bo’lishi lozim. O’rov tuzilishi ishlab chiqilgandan
so’ng uni bir qator sinovlardan o’tkazish lozim. Texnik sinovlar tovar o’rovi nomal
ekspluatatsiya talablariga javob berishiga ishonch hosil qilishga xizmat qilishi: tashqi
ko’rinish sinovlari matnning o’qilishi va ranglarning mos kelishini aniqlashi, dilerlik
sinovlari o’rovning dilerlarga yoqishi yoki yoqmasligini, ularning yuklash uchun
qulayligini aniqlashi, iste’molchilar sinovi tovar o’rovining iste’molchilar tomonidan
qay darajada qabul qilinishini aniqlashi lozim.
148
Do'stlaringiz bilan baham: |