„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi termiz davlat universiteti tarix fakulteti fuqarolik jamiyati kafedrasi


mohiyati va namoyon bo„lish xususiyatlari



Download 1,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/160
Sana11.01.2022
Hajmi1,85 Mb.
#350584
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   160
Bog'liq
„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta lim vazirligi te

mohiyati va namoyon bo„lish xususiyatlari.  
―Mafkuraviy munosabatlar‖ – muayyan ijtimoiy guruh, qatlam, elat, millat, xalq jamiyat, 
davlat ehtiyoj va manfaatlari, orzu-istak, maqsad va intilishlarini, ijtimoiy-ma'naviy tamoyillarini 
ifoda  etadigan  g'oyalar  sub'ektlari  o'rtasida  ma'lum  vaqt  ichida  o'zligini  bunyodkorlik  yoki 
vayronkorlik  xususiyatlari  orqali  namoyon  qiladigan  aloqalar,  ularni  amalga  oshirish  usul  va 
vositalari tizimiga aytiladi. 
Mafkuraviy munosabatlar ob‘yektlariga quyidagilar kiradi:  
1. Jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy hayoti va unda yuz berayotgan narsa va hodisalar (mulkka bo‘lgan 
munosabat); 
2.  Jamiyat  siyosiy-huquqiy  hayoti  va  unda  yuz  berayotgan  jarayonlar.  (demokratiya  va  qonun 
ustuvorligi); 
3. Jamiyat madaniy-ma‘naviy hayoti va unda yuz berayotgan hodisalar. (insonning oliy qadriyat 
ekanligi). Inson va inson, inson va jamiyat o‘rtasidagi mafkuraviy munosabatlarni  
Sh.M.  Mirziyoyev  ko‘rsatib  berganidek: 
“Inson  har  narsadan  ulug‟,  degan  ezgu  g‟oya”viy 
dunyoqarash 
tamoyiliga mos ravishda o‘rnatish zarur.  
Milliy  g‘oyada  ―Mafkuraviy  faoliyat‖  tushunchasi  va  uning  o‗ziga  xos  xususiyatlarini 
o‗rganish  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Chunki,  har  qanday  g‗oya  ham  o‗z-o‗zidan  tarqalib, 
kishilar  ongiga  avtomatik  tarzda  singib  boravermaydi.  Muayyan  g‗oyaviy  tamoyillar  va 
ta‘limotlar  ishlab  chiqilishining  o‗zi  ularning  kishilar  faoliyatini  belgilab  beruvchi,  unga  ta‘sir 
ko‗rsatuvchi ijtimoiy hodisaga aylanishi uchun yetarli emas. Buning uchun ular kishilar orasida 
tarqalishi, odamlar ana shu g‗oyalar ruhida tar-biyalanishi lozim. Aks holda, har qanday g‗oya va 
mafkura  qancha-lik  to‗g‗ri,  jozibador  bo‗lmasin,  muayyan  hodisa  sifatida  tarix  sahifasida  qolib 
ketaveradi. Ayni paytda, har qanday g‗oya va qarashlar tarqalishi uchun, eng avvalo, ular ishlab 
chiqilishi  bilan  birga,  targ‗ib  va  tashviq  etilishi  zarur.  Mafkuraviy  faoliyat  esa  hamisha 
shakllangan  g‗oyaviy  qarashlar,  baholar  va  maq-sadlar  tizimini  odamlarga  yetkazish,  ularning 
ongiga singdirish borasidagi ishlarni amalga oshirish jarayonini anglatadi. 
Shu  ma‘noda,  "Mafkuraviy  faoliyat"  tushunchasi  biron-bir  g‗oyani  amalga  oshirish,  uni 
aholi  ongi  va  qalbiga  singdirish,  muayyan  g‗oyaviy  qarashlar  tizimini  shakllantirish,  uning 
amaliyotini ta‘minlash, yot va begona mafkuralarga qarshi kurash bi-lan bog‗liq chora-tadbirlar 
majmuini  ifodalaydi.  Ayni  paytda,  u  g‗oyaviy  qarashlar  —  bilimlar,  baholar,  maqsadlarni 
shakllantirish  hamda  ularni  tarqatish,  g‗oyaviy  tarbiyani  amalga  oshirish,  mafkuraviy 
profilaktika va immunitetni shakllantirish jarayonini ham anglatadi. Xar qanday ijtimoiy faoliyat 
shakli  kabi  mafkuraviy  ishlarning  mazmuni  va  maqsad-muddaolari  ham  har  bir  davrning 
g‗oyaviy,  siyosiy,  iqtisodiy,  madaniy-ma‘rifiy  xususiyatlariga  chambarchas  bog‗liq  holda 
shakllanadi. 
Mafkuraviy  faoliyat  jarayonida  keng ommani  ezgu  g‗oyalar asosida tarbiyalash, ularning 
umumiy siyosiy va ma‘naviy saviyasi-ni  yuksaltirish,  ijodiy qobiliyatlarini  rivojlantirish, bo‗sh 
vaqtlarini samarali o‗tkazishga ko‗mak beruvchi tadbirlarni amal-ga oshirish nihoyatda muhim. 
"Mafkuraviy faoliyat" tushunchasi keng ma‘noda o‗quv muassasalari, ta‘lim-tarbiya maskanlari, 
klublar,  axborot-resurs  markazlari,  madaniyat  va  istirohat  bog‗lari  faoliyatini  ham  muayyan 
darajada qamrab oladi. Bunda muzey, kinoteatr, teatr va boshqa madaniy-ma‘rifiy muassasa-lar, 
shuningdek, OAV (gazeta-jurnallar,    Internet, radio, TV) muhim o‗rin tutadi.  
Mafkuraviy ishlar muassasalarining keng tarmog‗ining tashkil etilishi, ularning o‗sishi va 
takomillashu-vi  bilan  unga  rahbarlik  qilish  jarayoni  ham  mukammallashib  borgan.  Inson 
dunyoqarashini  shakllantirish,  ma‘naviy-axloqiy  tarbiya,  g‗oyalar  targ‗iboti,  iqtisodiy 
bilimlarning  ilmiy-texnikaviy  targ‗ibot-tashviqoti,  estetik  va  jismoniy  tarbiya,  badiiy 
havaskorlik,  madaniy  dam  olishni  tashkil  etish,  yosh  iste‘dodlarni  har  tomonlama  qo‗llab-
quvvatlash mafkuraviy ishlar-ning turli  yo‗nalishlaridir. Ezgulik va mehr-oqibat, ulug‗vorlik va 
go‗zallik,  vijdoniylik  va  mehr-shafqat,  boshqalarga  hurmat  hamda  tabiat  bilan  uyg‗unlikni 
saqlash kabi xislatlar har bir kishiga asta-sekin, tadrijiy ravishda singdirib boriladi. 


Mafkuraviy faoliyat  jarayonida klub  va o‗quv muassasalarida an‘anaviy  shakllar (suhbat, 
muloqot,  ma‘ruza,  spektakl,  konsertlar,  she‘rxonlik)  bilan  birga  mavzuli  kechalar,  kitobxonlar 
konferensiyalari  va  boshqa  tadbirlar  uyushtiriladi.  Bu  sohadagi  mutaxassislar  universitet  va 
institutlarda tayyorlanadi. 
Istiqlol yillarida zamon, hayot talabiga binoan ma‘naviy-ma‘rifiy ishlarni yangi, davr talabi 
va  manfaatlariga  mos  ta-komillashgan  tizimi  shakllantirildi.  Bunda  ta‘lim  tizimi,  muzeylar, 
madaniyat  uylari  va  saroylari,  axborot  resurs  mar-kazlari,  madaniyat  va  istirohat  bog‗lari 
ommaviy  muassasalar  sifatida  millionlab  aholiga  ma‘naviy-ma‘rifiy  xizmat  ko‗rsatmoqda. 
Respublika «Ma‘naviyat va ma‘rifat markazi» (1994) tashkil etildi va uning viloyatlar, tumanlar 
va  shaharlardagi  bo‗limlari  ishga  tushirildi.  Markazga  Respublika  Ma‘naviyat  va  ma‘rifat 
kengashi  rahbarlik  qila  boshladi.  O‗zbekiston  Respub-likasi  Prezidentining  2006  yil  25 
avgustdagi  «Milliy  g‗oya  targ‗iboti  va  ma‘naviy-ma‘rifiy  ishlar  samaradorligini  oshirish 
to‗g‗risida»gi  qaroriga  binoan  Respublika  Ma‘naviyat  va  ma‘ri-fat  kengashi  faoliyati  hamda 
tarkibiy tuzilishi qayta ko‗rib chiqildi. Respublika Ma‘naviyat va ma‘rifat kengashining il-miy-
amaliy  yo‗nalishda  faoliyat  olib  boradigan  va  davlat  byud-jeti  hisobidan  moliyalashtiriladigan 
"Milliy  g‗oya  va  mafkura  ilmiy-amaliy  markazi"  tashkil  etildi.  Respublika  Ma‘naviyat  va 
ma‘rifat  kengashining  amaliy  targ‗ibot  yo‗nalishida  faoliyat  olib  boradigan  Respublika 
Ma‘naviyat  targ‗ibot  markazi  shakllantirildi.  Barcha  viloyatlarda  hokimlarning  ma‘naviy-
ma‘rifiy  ishlar  bo‗yicha  yordamchilari  faoliyati  yo‗lga  qo‗yildi.  Res-publikamizdagi  mahalla 
oqsoqollari va fuqarolar yig‗inlari raislarining ma‘naviy-ma‘rifiy ishlar bo‗yicha maslahatchila-ri 
tizimi shakllantirildi. 
O‗zbekiston respublikasi Prezidentning 2017-yil 28-iyuldagi PQ–3160-son qarori asosida 
Ma‘naviyat  targ‗ibot  markazi  hamda  Milliy  g‗oya  va  mafkura  ilmiy-amaliy  markazini 
birlashtirish  yo‗li  bilan  Respublika  Ma‘naviyat  va  ma‘rifat  markazi  qayta  tashkil  etildi.  Ushbu 
Qarorga  binoan  Prezident  Respublika  Ma‘naviyat  va  ma‘rifat  kengashining  raisi  hisoblanadi. 
Qoraqalpog‗iston  Respublikasi  Jo‗qorg‗i  Kengesi  Raisi,  viloyatlar,  Toshkent  shahar  hamda 
tumanlar (shaharlar) hokimlari tegishli ravishda hududiy kengashlarga boshchilik qiladi. 
Markaz zimmasiga quyidagi asosiy vaziflar yuklatildi: 

 
amalga  oshirilayotgan  ijtimoiy-iqtisodiy  islohotlar,  qabul  qilinayotgan  qonun  hujjatlari, 
davlat  dasturlarining  mazmun  va  mohiyatini  targ‗ibot  ishlarini  tizimli  va  izchil  amalga 
oshirish, ―Ma‘rifat‖ targ‗ibotchilar jamiyatini tashkil etish; 

 
dunyoda  yuz  berayotgan  murakkab  geosiyosiy  va  g‗oyaviy-mafkuraviy  jarayonlarning 
mazmun-mohiyatini  har  tomonlama  chuqur  yoritib  borish,  terrorizm,  diniy  ekstremizm, 
aqidaparastlik,  separatizm,  odam  savdosi,  ―ommaviy  madaniyat‖,  narkobiznes  va  boshqa 
tahdidlarga qarshi samarali g‗oyaviy kurash olib borish; 

 
jamiyatimizning  barqaror  rivojlanishiga  to‗sqinlik  qilayotgan  ichki  tahdidlar  –  el-yurt 
taqdiriga  loqaydlik,  mahalliychilik,  urug‗-aymoqchilik,  oilaviy  qadriyatlar  va  yoshlar 
tarbiyasiga  e‘tiborsizlik  kabi  holatlarga  barham  berishga  qaratilgan  kompleks  tadbirlar 
tizimini ishlab chiqish va amalga oshirish; 

 
milliy  g‗oyani  yurtimizda  yashayotgan  barcha  millat  va  elatlar,  ijtimoiy  toifa  vakillari 
o‗rtasida  keng  targ‗ib  etish,  bunyodkorlik  ruhini  yalpi  ijtimoiy  harakatga  aylantirish, 
ertangi kunga ishonch tuyg‗ularini kuchaytirish; 

 
targ‗ibot-tashviqot ishlarida aholining hududiy, kasbiy hamda yosh xususiyatlarini hisobga 
olgan holda mutanosib, maqsadli va mazmunli yondashuvni joriy etish; 

 
ma‘naviy-ma‘rifiy  targ‗ibot  ishlari  samaradorligining  ilmiy  asoslangan  monitoringini 
ta‘minlashga qaratilgan sotsiologik tadqiqotlar o‗tkazishni muntazam yo‗lga qo‗yish; 

 
yoshlarda  sog‗lom  dunyoqarash,  jumladan,  kitobxonlik  ko‗nikmasini  shakllantirish, 
internet,  axborot-kommunikatsiya  texnologiyalaridan  oqilona  foydalanish  madaniyatini 
oshirish,  ularda  g‗oyaviy  va  axborot  xurujlariga  qarshi  mafkuraviy  immunitetni 
kuchaytirish; 

 
mahallalarda  uyushmagan  yoshlar  bilan  ishlash,  ushbu  toifani  ijtimoiy-iqtisodiy 
faollashtirishda jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikni yo‗lga qo‗yish; 



 
xalqimizning  tarixiy  merosi,  urf-odatlari  va  milliy  tarbiya  an‘analarini  asrab-avaylash, 
keng  aholi  qatlamlari,  ayniqsa,  yoshlarimiz  o‗rtasida  dinlararo  bag‗rikenglik,  millatlararo 
totuvlik  va  o‗zaro  mehr-oqibat  muhitini  mustahkamlash  bo‗yicha  chora-tadbirlar  ishlab 
chiqish va joriy etish. 

 
Bu  sohadagi  ishlar  samaradorligini  kuchaytirish  borasida  bir  qator  ijobiy  chora-tadbirlar 
amalga  oshirildi.  Respublikaning  barcha  viloyatlari,  yirik  shahar  va  tumanlarida  faoliyat 
yuri-tayotgan  ma‘naviy-ma‘rifiy  muassasalar  ishtirokida  katta  xalq  sayillari,  hosil 
bayramlari,  «Mustaqillik»,  «Navro‗z»,  «Mehrjon» bayramlari,  «Sharq taronalari» xalqaro 
festivali,  xo-nandalar,  raqqosalar,  eng  yaxshi  kasb  ustalarining,  «O‗zbekiston  -  Vatanim 
manim»,  «Eng  ulug‗,  eng  aziz»,  «Kelajak  ovozi»  va  bosh-qa  ko‗rik-tanlovlari 
o‗tkazilmoqda.  Yurtimizda  ma‘naviy-ma‘-rifiy  muhitni  yanada  yaxshilash,  ming  yillar 
mobaynida  uning  bag‗rida  sayqallanib  kelayotgan  ibratli  an‘ana  va  qadriyatlarni  targ‗ib-
tashviq etish borasida ko‗plab tadbirlar tashkil etil-moqda. Shu mavzuda ilmiy-ommabop, 
publitsistik asarlar, huj-jatli filmlar va teleko‗rsatuvlar yaratilib, turli ko‗rgaz-malar tashkil 
qilinmoqda.  Bu  sohadagi  mafkuraviy  faoliyat  yo‗na-lishi  har  bir  kishi  ongi  va  qalbiga 
milliy g‗oyani singdirish, barkamol avlodni voyaga yetkazish, ma‘naviyatning milliy-etnik 
asoslari va zamonaviylikni uyg‗unlashtirishga qaratilgan. 

Download 1,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish