„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi termiz davlat universiteti tarix fakulteti fuqarolik jamiyati kafedrasi


G'arb mamlakatlarida ilk g'oyaviy qarashlar va ularning takomil bosqichlari



Download 1,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/160
Sana11.01.2022
Hajmi1,85 Mb.
#350584
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   160
Bog'liq
„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta lim vazirligi te

2. G'arb mamlakatlarida ilk g'oyaviy qarashlar va ularning takomil bosqichlari. 
           Xuddi  shuningdek,  ijtimoiy  zaruriyat  taqozosiga  ko'ra,  falsafiy  g'oyalar  ham  muayyan 
tizimni  shakllantirib,  odamlarning  e'tiqodi  va  dunyoqarashiga  aylanadi.  Olamning  yaralishi, 
mavjudlik  xossalari,  uning  asosini 
tashkil  etuvchi  birlamchi  narsaning  mohiyati 
kabi 
masalalarga 
turlicha 
yondashish 
natijasida 
monizm, 
dualizm, 
plyuralizm, 
idealizm 
va 
materializm 
singari 
oqimlar 
vujudga 
kelgan. 
Monizm  –  olamning  asosi  bitta  deb  tushuntiradi.  Dualizm  –  olam  xudo  tomonidan  yaratilgan, 
lekin  uning  rivojlanishi  o'zining  moddiy  xususiyatlariga  ham  bog'liq  deb  ta'lim  beradi. 
Plyuralizm  –  olam  ko'p  narsalarning  birikishi  natijasida  vujudga  kelganini  yoqlaydi. 
Idealizm – olam va odamning yaralishi, dunyoning yashashi va rivojlanish qonuniyatlari, borliq 
hamda  yo'qlik  masalalarida  ruhiy  va  ilohiylik  tamoyillarini  ustuvor  deb  biladi,  ularni 
mutlaqlashtiradi. 
Materializm  –  olam  va  odamni  ilohiy  kuch  yaratmagan,  ular  moddaning  rivojlanib  borishi 
natijasida  paydo  bo'lgan,  deb  o'rgatadi.  G'oyalarning  tarixiy  va  ma'naviy  asoslarini  o'rganishda 
butun  jahon,  xususan,  G'arb  mamlakatlari  hamda  xalqlari  merosining  ham  o'rni  bor.  Uning  ilk 
taraqqiy  davrlari  Qadimgi  Yunoniston  va  Rim  davriga  borib  taqaladi.  Yunonistonda  dastlabki 
ilmiy-falsafiy  g'oyalar  miloddan  avvalgi  VII-VI  asrlarda  Milet  maktabi  vakillari  ta'limotida  o'z 
ifodasini  topdi.  Ushbu  maktabning  ilk  namoyondalaridan  Geraklitning  g'oyalari  stixiyali 
dialektikaga asoslangan va u olov — olamning asosi, deb bilgan. Uning fikricha, olamda hamma 
narsa  harakatda.  Kurash  —  hamma  narsaning  otasi,  hamma  narsaning  podshosi,  degan  edi  u. 
Suqrotning  fikricha,  falsafaning  markazida  axloq  masalalari  turmog'i  lozim.  Jamiyatning 
ravnaqi, tinchlik va osoyishtaligi, farovon hayoti axloq-odobning ahvoliga bog'liq. Bu masalalar 
Sharq falsafasida ham katta o'rin tutganligi bois xalqimiz Suqrotni hurmat bilan tilga olib, uning 
axloq-odob haqidagi fikrlariga amal qilib kelgan. 
           Aflotun ―G'oyalar dunyosi va soyalar dunyosi‖ ta'limotining asoschisidir. Uningcha, g'oya 
haqiqiy  borliq,  biz  biladigan  va  yashaydigan  dunyo  esa  uning  soyasidir.  Haqiqiy  o'zgarish  va 
taraqqiyot  g'oyalar  dunyosiga  xos,  soyalar  dunyosidagi  harakat  esa  uning  aksidir.  G'oyalar 
dunyosining  qonuniyatlarini  hamma  ham  bilolmaydi.  Ularni  biladiganlar  nihoyatda  kam 
uchraydi, ular ulkan aql egasi bo'ladi. Aksariyat kishilar esa soyalar dunyosi bilan kifoyalanadi. 
Arastu asoslagan g'oyalarga ko'ra, olamdagi narsa va hodisalar to'rtta sababga ega. Bular moddiy 
sabab, ya'ni modda (materiya); shakliy sabab yoki shakl; yaratuvchi sabab; pirovard sabab yoki 
maqsad  sabablardir.  Yaratuvchi  sabab  harakat  manbaidir.  Masalan,  ota  va  ona  bolaning 


ulg'ayishi sababchisidir. Uningcha, davlat boshqaruvi jamiyatning erkin va farovon hayoti uchun 
xizmat qilishi lozim.  
          Tarix  shundan  dalolat  beradiki,  markazlashgan  yirik  davlat  va  imperiyalarning  paydo 
bo'lish jarayonida  g'oya  hamda mafkuralarning ahamiyati  yanada ortadi.  Miloddan oldingi  IV-I 
asr  va  milodning  boshlaridagi  Rim  tarixi  bunga  yaqqol  misol  bo'ladi.  Ushbu  shahar-davlatda 
uning fuqarolari xudolar tomonidan oliy maqomga ega kishilar sifatida tan olingani to'g'risidagi 
g'oya  ustuvor  edi.  Bu,  o'z  navbatida,  barcha  rimliklarning  o'zaro  tengligi  g'oyasi  keng 
shakllanishiga  va  shu  asosdagi  mafkuraning  mustahkamlanishiga  sabab  bo'lgan.  Ana  shu 
mafkuraga ko'ra, Rim aholisi rohat-farog'atda yashashi, asosan mavjud ijtimoiy-siyosiy tuzumni 
saqlab  turishi,  ko'p  ming  sonli  qullar  esa  mehnat  qilishi  lozim  bo'lib,  ushbu  hol  barcha 
qonunlarda belgilab qo'yilgan edi. 
           Tarixdan  ma'lum  va  mashhur  bo'lgan  Spartak  boshchiligidagi  qullar  qo'zg'oloni  ana  shu 
tartibga  qarshi  ko'tarilgan  harakat  ekanini  yaxshi  bilamiz.  Qo'zg'olonchilar  soni  100  mingga 
etishiga  qaramasdan,  bu  harakatning  g'alaba  qozona  olmasligi  muqarrar  bo'lgan.  Chunki  o'sha 
paytda rimliklar o'zlari uchun qonunga va yashash mezoniga aylangan g'oya asosida shakllangan 
tartibni buzishga yo'l qo'ymas edi. Bu g'oya rimliklarning hayot-mamoti uchun jang borayotgan 
bir  sharoitda  ularning  orasidagi  Spartak  va  uning  tarafdorlariga  qarshi  bir  necha  yuz  ming 
askarni  saralab  olish  imkonini  bergan.  Umuman  olganda,  qadimgi  Rimdagi  o'ziga  xos  ma'no-
mazmunga  ega  bo'lgan  (ya'ni,  ―qullar  mehnati  —  fuqarolarning  rohat-farog'ati‖  tamoyili 
asosidagi) tenglik g'oyasi asta-sekin xalqni olomonga, imperiya uchun zarur bo'lgan askarlarga, 
yuqoridagi  tamoyilni  so'zsiz  himoya  qilishga  shay  turgan  armiyaga  aylantirgan.  Imperiyani 
yaratadigan dunyoqarash hamda mafkura shu tariqa shakllangan. Bu esa, o'z navbatida, ana shu 
armiyaning  boshliqlari  —  Rim  imperiyasining  jahongir  lashkarboshilari  Yuliy  Sezar,  Oktavian 
Avgust  va  boshqalarni  tarix  sahnasiga  olib  chiqqan.  O'sha  davrda  Rimning  yonginasida  Afina 
davlati ham gullab-yashnagan, uning asosiy hayot tamoyili erkinlik g'oyasiga tayangan edi. Rim 
armiyasi  madaniy  taraqqiyot  jihatidan  ustun  bo'lgan  Afinani  tez  orada  zabt  etdi.  Ammo  o'z 
hududida  Afinadagidek  erkinlik  g'oyasini  ustuvor  tamoyilga  aylantira  olmadi.  Chunki  erkinlik 
g'oyasi  totalitarizm  uchun  eng  asosiy  ma'naviy  xavf  bo'lib  hisoblanadi.  Xayoti  erkinlikka 
asoslangan Afina insoniyat madaniyatining tamal tosh-laridan biri,  yuksak ma'naviy qadriyatlar 
ustuvor  bo'lgan  sivilizasiyani  dunyoga  keltirgan  edi.  Bu  davrdagi  fan  va  madaniyat  taraqqiyoti 
insoniyatni  hozirgacha  ham  o'ziga  maftun  etib  kelmoqsa.  Rim  esa  fan  va  madaniyat  bobida 
Afinaga tenglasha olmadi, bu sohada undan ustunroq bo'lgan biror kashfiyot yoki yangilik yarata 
olmadi.  U  bor-yo'g'i  dunyoga  dahshat  solgan  tajovuzkor  va  musta-bid  imperiyani,  urushqoq  va 
zo'rovon  armiyani  yarata  oldi,  xolos.  Rimliklar  o'sha  davrda  Afinani  mahv  etgan  va  uning 
ustidan hukm-ronlik o'rnatgan bo'lsa-da, ammo afinaliklardan o'rganishdan or-nomus qilmagan. 
Hatto,  eng  atoqli  Rim  zodagonlari  ham  o'z  farzandlari  uchun  ustoz-o'qituvchilarni  afinaliklar 
orasidan  tanlagan  va  bundan  faxrlanib  yurganlar.  Mashhur  fransuz  faylasufi  J.  J.  Russo  bu 
to'g'rida shunday deb yozgan: ―Siyosiy jihatdan tobe bo'lgan Afina g'oyaviy va ma'naviy jihatdan 
Rimni  beixtiyor  tiz  cho'kishga  majbur  qilgan  edi.  Rimliklar  bu  borada  hech  qachon 
afinaliklarning qarshisida o'zlarini g'olib deb hisoblay olmaganlar‖. Fransuz adibi Andre Morua 
bu jarayonni tahlil qilib, quyidagi fikrni bildirgan: ―Yevropa bu g'oya va yo'llar ning qaysi biri 
to'g'ri  ekanligini  to'la-to'kis  ajratib,  o'z  yo'lini  ularning  biri  asosida  tanlab  ololmadi.  Salib 
yurishlari domiga tortilgan va o'rta asrlar so'ngida imperiyalarni yaratgan Yevropa qadimgi Rim 
yo'lidan, Rimning halokatidan keyin mustaqillik va milliy davlatchilikni ixtiyor etgan Evropa esa 
qadimgi Afina  yo'lidan bordi. XX asrda fashizmni dunyoga keltirgan Yevropa birinchi  yo'ldan, 
shu  yuz  yillikning  oxiriga  kelib  erkin  taraqqiyot  sari  yuz  tutgan  Yevropa  esa  ikkinchi  yo'ldan 
bormoqda.  Bir  asrda,  nisbatan  qisqa  davr  orasida  bunday  holning  yaqqol  namoyon  bo'lishi, 
evropaliklarning  qonida  bu  yo'llarning  ikkalasi  uchun  ham  umumiy  genlar  saqlanib  qolganidan 
dalolat  beradi‖  .  Ushbu  misollar  o'rganiladigan  g'oya  va  mafkuralarning  insoniyat  tarixidagi 
o'rni, davlat va jamiyat taqdiriga ta'siri qanday bo'lganini yaqqol ko'rsatadi. 

Download 1,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish