„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi termiz davlat universiteti tarix fakulteti fuqarolik jamiyati kafedrasi



Download 1,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/160
Sana11.01.2022
Hajmi1,85 Mb.
#350584
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   160
Bog'liq
„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta lim vazirligi te

mafkuraning ifodalanishi. 
Milliy g'oyaning tarixiy ildizlari – xalqimizning moziy sinovlaridan 
o'tib  kelayotgan  boy  madaniy  va  ma'naviy  merosi,  milliy  qadriyatlari,  urf-odat  va  an'analari, 
qo'shiqlari, bayram va marosimlaridagi ozodlik, erkinlik uchun kurash ruhi, ota-bobolarimizning 
mustaqillik  yo'lida  ko'rsatgan  jasorati,  bunyodkorlik  ishlari  hamda  ularni  amalga  oshirishda 
ma'naviy ruh bergan tafakkur tarzida namoyon bo'ladi. U asrlar mobaynida yillar sinoviga dosh 
berib,  sayqallanib,  takomillashib  kelgan.  Bu  tafakkurning  markazida  olamning  eng  ulug' 
mo'jizasi  bo'lmish  insonning  ulug'ligi  va  mo'tabarligi  g'oyasi  yotadi.  Binobarin,  u  qadrlanishi, 
e'zozlanishi  lozim.  Chunki  mamlakatning  hayoti,  farovonligi,  ana  shu  mehnatkash  insonlarning 
mehnati, faoliyatiga bog'liq. 
Har qanday mafkura, milliy g'oya tarixiy, madaniy ma'naviy meros, tarixiy xotira asosida 
shakllantiriladi va ularga suyanadi. ―Milliy g'oya oldiga qo'yiladigan talablar haqida gapirmoqchi 
bo'lsak,  avvalo,  uning  ikki  suyangan  tog'i-tayanchi  xaqida  fikr  yuritishimiz  zarur.  Birinchi 
navbatda,  milliy  mafkuramiz  xalkimizning  tarixiy  merosi,  azaliy  an'analari,  udumlari,  tili,  dini, 
ruhiyatiga,  bir  so'z  bilan  aytganda,  milliy  qadriyatlarimiz,  xalqimizning  dunyoqarashi  va 
tafakkuriga asoslangan holda zamonaviy, umumbashariy, umuminsoniy yutuqlardan oziqlangan, 
ularni o'ziga qamrab olgan tarzda Yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, Xalq manfaatlari va farovonligi 
yo'lida xizmat qilmog'i darkor‖.          
Milliy  g'oyaninig  tarixiy  ildizlarini  bilish  shuning  uchun  muhimki,  bu  ildizlarda 
ajdodlarimizning  buyukligini  tasdiqlovchi  dalillar  bor,  kelajak  orzu-umidlarini  ko'rsatuvchi 
ma'lumotlar  etarli,  insonni  faollikka,  shu  asosda  yangi  jamiyat  qurishga  chorlovchi  da'vatlar 
mavjud. Milliy g'oyaning tarixiy ildizlarini chuqur anglash insonning amaliy harakatiga qudratli 
ta'sir ko'rsatuvchi omil bo'lib xizmat qiladi. 
          Milliy  g'oyaning  tarixiy  ildizlari  madaniy  –  ma'naviy  merosda,  tarixiy  ong  va  tarixiy 
xotiradadir.  Bu  ildizlarni  bilish,  yana  bundan  tashqari,  milliy  g'oya  kurtaklari  turli  tarixiy 
davrlarda  paydo  bo'la  boshlaganini,  mazmuni  boyib  borganligini  anglashga  yordam  beradi. 
Milliy  g'oya ma'naviyatning tarkibiy qismi  ekanligini hisobga oladigan bo'lsak, ―... albatta, har 
qaysi xalq  yoki millatining ma'naviyatini uning tarixi, o'ziga xos urf-odat va an'analari, hayotiy 
qadriyatlaridan ayri holda tasavvur etib bo'lmaydi. Bu borada, tabiiyki, ma'naviy meros, madaniy 
boyliklar  ko'hna  tarixiy  yodgorliklar  eng  muhim  omillardan  biri  bo'lib  xizmat  qiladi‖  .  Milliy 
g'oyaning  oziqlantiruvchi  ildizlarini  bilish  va  anglash  inson  ma'naviyatini  yuksalatiradi. 
Tarixiylik  va  mantiqiylikni  o'zida  mujassamlashtirgan  ―Yuksak  ma'naviyat  engilmas  kuch‖ 
asarida Islom Karimov tomonidan yaxlit holda ko'rsatilgan ma'naviyatni shakllantiradigan asosiy 
mezonlar bular - ayni paytda milliy g'oyaning tarixiy va zamonaviy ildizlari ham hisoblanadi. 
          Mafkuralar  insoniyat  ibtidosida  mifologik-diniy  qarashlar  sifatida  shakllana  boshlagan. 
Kishilarning bir-birlariga munosabatlarining asoslarini belgilovchi  muayyan qarashlar,  g'oyalar, 
aqidalar,  qoidalar  va  talablar  zamirida  muayyan  qo'rsatmalar  va  tavsiyalar  ishlab  chiqilgan, 
ularga  rioya  qilish  qat'iy  nazorat  qilingan.  Mehnat  sohalarining  kengayishi  ijtimoiy  mehnat 
taqsimotining rivojlanishi natijasida jamiyatda tabaqalanish sodir bo'lgan, bu jarayon bilan uzviy 
bog'liq tarzda turli-tuman diniy, dunyoviy, etnik, huquqiy va boshqa g'oya va mafkura shakllari 
yuzaga  kela  boshlagan.  Shu  bois  g'oya  va  mafkuralar  g'oyat  ko'p  va  turli-tumandir.  Insoniyat 
ibtidosidan  to  hozirgi  kunga  qadar  son-sanoqsiz  g'oya  va  mafkuralar  shakllangan,  tarqalgan, 
ularning ayrimlari bugungi kunda ham yashab kelmoqda, ayrimlari esa kishilarning xotiralaridan 
o'chib ketgan. Bu jarayon hozirgi davrda ham davom etmoqda va insoniyat mavjud ekan, davom 


etaveradi. G'oya va mafkuralar turli tarixiy davrlarda turli nuqtai nazariyalardan turkumlashtirib 
kelingan.  Xususan,  ilk  davrlarda  g'oya  va  mafkuralar  ezgu  va  yovuz,  ilohiy  va  dunyoviy 
turkumlarga ajratilgan. 
            G'oyalarning ―hayoti‖, ularning paydo bo'lishi,  rivojlanishi, boshqa g'oyalar bilan o'zaro 
munosabati, kurashi,  nihoyat,  eskirgan  g'oyalarning  yangilari bilan almashinishi,  ayniqsa, ilmiy 
g'oyalar  misolida  yaqqol  namoyon  bo'ladi.  Qadimgi  yunon  faylasuflari  tabiiy  jismlarning  eng 
kichik, bo'linmaydigan zarrasi si-fatida "atom" tushunchasini kiritgan edi. Ptolemey-Aristoteldan 
tortib,  o'rta  asrdagi  Ulug'bek  astronomiyasigacha  dunyoning  markazini  Yer  deb  hisoblab 
kelganlar;  Yevklid  geometriyasi,  Nyuton  mexanikasi,  Darvin  ta'limoti  ham  o'z  davrining  eng 
ilg'or ilmiy g'oyalariga asoslangan edi. Ilm-fan taraqqiyoti atomning bo'linishini, koinot markazi 
Er  emasligini  ham  ishonchli  dalillar  bilan  isbotladi;  kvant  mexanikasi,  irsiyat  nazariyasi  va 
boshqa ko'plab kashfiyotlar qilindi. Dunyoga A. Eynshteyn, N. Bor, E. Rezerford, M. Kyuri va 
boshqalarning  nomlarini  mashhur  qilgan  yadro  fizikasi  sohasidagi  kashfiyotlar  ham  ilmiy 
g'oyalar  asosiga  qurilgan.  XX  asrda  insoniyat  nihoyatda  ko'p  ilmiy  g'oyalarni  amaliyotga 
aylantirdi. Televidenie, kosmik raketa, kompьyuter, uyali telefon va boshqa sohalardagi yutuqlar 
bunga  yorqin  misol  bo'ladi.  Fan  taraqqiyoti  uzluksiz  va  cheksiz.  Bu  jarayonda  amaliyotda 
tasdiqlanmagan, eskirgan qarashlar yangi ilmiy g'oyalar bilan o'rin almashaveradi.             
                     Adabiyotlarda  g'oyalarni  ularning  inson  va  jamiyatga  ta'sir  qilish  xususiyatlari 
tamoyiliga  ko'ra,  ularning  namoyon  bo'lish  shakllari  ikki  turkumga  -  bunyodkor  va  vayronkor 
g'oyalarga  ajratiladi.  Xususan,  taraqqiyotga  xizmat  qiluvchi,  jamiyat  va  insonni  ezgulikka 
undovchi  g'oyalar  sifatida  ozodlik  va  mustaqillik,  tinchlik  va  adolat,  tenglik  va  hamkorlik, 
do'stlik  va  birdamlik,  hurfikrlilik  va  ma'rifatparvarlik,  bag'rikenglik  va  xalqparvarlik, 
vatanparvarlik  va  insonparvarlik  g'oyalari  qayd  etiladi.  Jamiyat,  xalq  va  davlatlarning 
tanazzuliga  sabab  bo'luvchi,  g'ayriinsoniy  maqsadlarga  xizmat  qiluvchi  vayronkor  g'oyalar 
sifatida  esa  -  mustabidlik  va  bosqinchilik,  terrorchilik  va  aqidaparastlik,  jaholatparastlik  va 
irqchilik, millatchilik va mahalliychilik, vatansizlik va yovuzlik g'oyalari sanab o'tiladi. ―Milliy 
g'oya  deganda,  ajdodlardan  avlodlarga  o'tib,  asrlar  davomida  e'zozlab  kelinayotgan,  shu  yurtda 
yashayotgan har bir inson va butun  xalqning qalbida chuqur ildiz otib, uning ma'naviy  ehtiyoji 
va hayot talabiga aylanib ketgan, ta'bir joiz bo'lsa, har qaysi millatning eng ezgu orzu-intilish va 
umid-maqsadlarini  o'zimizga  tasavvur  qiladigan  bo'lsak,  o'ylaymanki,  bunday  keng  ma'noli 
tushunchaning  mazmun-mohiyatini  ifoda  qilgan  bo'lamiz‖  .  Ayrim  hollarda  g'oya  va  milliy 
g'oya, mafkura va milliy mafkura tushunchalarining farqlariga yetarli darajada e'tibor berilmaydi. 
Xususan, g'oya milliy g'oya ma'nosida, mafkura esa - milliy mafkura sifatida talqin etiladi. Agar 
g'oya tushunchasi  asosan aqliy faoliyat bilan bog'liq bo'lsa, milliy g'oya tushunchasi milliy his-
tuyg'u,  millat  mentaliteti  bilan  uzviy  bog'liqdir.  Milliy  g'oya  -  halqning  qalbidan  chiquvchi, 
uning orzu-umidlarini o'zida ifoda etuvchi, xalqning haq-huquqini himoya qiluvchi, uning qadr-
qiymatini  yuksaltirishga undovchi haqqoniy fikrdir. Milliy g'oya xalqning o'zligini anglatuvchi, 
milliy tuyg'ularini uyg'otuvchi, milliy g'urur va oriyatini qo'zg'atuvchi fikrdir. Milliy g'oya xalqni 
uyushtiruvchi, 
uning 
qadr-qiymatini 
tiklovchi, 
o'zligini 
anglatuvchi, 
ijodkorlik 
va 
yaratuvchanligini  ro'yobga  chiqaruvchi,  jamiyat  taraqqiyotini  insonparvarlik  yo'nalishiga 
etaklovchi kuch sifatida namoyon bo'ladi.  
            Insoniyat tarixida g'oya va mafkuralar namoyon bo'lishining asosiy bosqichlari: 
1.  Mifologiya,  teologiya  va  xalq  ma'naviy-madaniy  qadriyatlarida  milliy  g'oya  va  mafkuraning 
ifodalanishi. 
2.  G'arb  mamlakatlarida  ilk  g'oyaviy  qarashlar  va  ularning  takomil  bosqichlari. 
3.  Sharq  va  Markaziy  Osiyoda  g'oyalarning  namoyon  bo'lishi,  ularning  gumanistik  mohiyati. 
4. G'arb mamlakatlarida g'oyaviy qarashlarning takomil bosqichlari (ilk o'rta asrlar va Renesans 
davri). 
5.  XV-XVII  asrlardagi  ijtimoiy-siyosiy  o'zgarishlar  va  XVIII  va  XIX  asrlardagi  yangi  zamon 
g'oyalarining shakllanishi. 
1. 
 
Mafkuraning XIX asr o'rtalaridan boshlangan takomil bosqichlari. 
2. 
 
XIX asr oxiri va XX asr mafkurasi, uning o'ziga xos xususiyatlari. 


3. 
 
Mustaqillik  –  milliy  g'oya  fanining  bosh  mavzusi.  Ma'naviy  jasorat  -  millat  g'oyasi  va 
ruhining ifodasi. 
         Kishilik  tarixidan  yaxshi  ma'lumki,  dastlab  odamlarning  ishonch-e'tiqodi  tabiatni 
ilohiylashtirish  asosida  shakllangan.  Shuning  uchun  eng  qadimgimafkuralar  haqida  gap 
ketganda,  avvalo,  odamlar  jamoa  bo'lib,  urug'larga  bo'linib  yashagan  ibtidoiy  davrlarni  eslash 
lozim.Chunki  odamlarning  jamoa  bo'lib,  ya'ni  birlashib  yashashi  ularning  muayyan  mafkura 
asosida  uyushganidan,  tabiat  o'zgarishlariga  birgalikda  javob  izlaganidan  dalolat  beradi.  Bunda 
ular  yashaydigan  hududning  o'ziga  xos  iqlimi,  tabiat  dunyosi,  shart-sharoiti  muhim  ahamiyat 
kasb etgan. Insonning hali texnika rivojlanmagan vaqtidagi hayot tarzi, moddiy ta'minoti ko'proq 
tabiat  hodisalariga  bog'liq  bo'lgani  uchun  har  bir  qabila  tevarak-atrofidagi  borliqni  o'zining 
moddiy-ma'naviy ehtiyojlaridan, ularni qondirish darajasidan kelib chiqqan holda tasavvur etgan. 
Shu  tariqa  tabiat  hodisalari  o'rtasidagi  bog'liqlikni  aks  ettiradigan  afsona  va  rivoyatlar  paydo 
bo'lgan.  Masalan,  eng  qadimgi  davrlarda  nur,  ziyo,  bahor,  yoz  farovonlik,  yaxshilik  va  ezgulik 
ramzi sifatida tasavvur etilgan bo'lsa, qish, ayoz qorong'ulik, zulmat,  yomonlik va vayronkorlik 
timsoli  sifatida  tasavvur  etilgan.  Afsona  va  rivoyatlar,  tasavvurlarga  asoslangan  bunday 
qarashlarni biz mifologik qarashlar deb  ataymiz. Mif  -  yun. mifhos  –  afsona, rivoyat, asotir  — 
ibtidoiy  davr  kishilari  ongi  va  t.sida  inson,  tabiat,  jamiyat  va  koinotning  paydo  bo'lishi  bilan 
bog'liq  voqealar,  shuningdek,  tabiat  va  jamiyat  hodisalarining  aks  etishi,  Mifologiya  –  miflarni 
o'rganuvchi  fan  sifatida  ijtimoiy  ong  shakllaridan  biri  va  kishilarning  tabiiy  va  ijtimoiy 
hodisalarning  mohiyatini  anglashda  ilk  bosqich  hisoblanadi.  Xususan,  totemizm,  animizm, 
fetishizm  kabi  ibtidoiy  dinlar  ana  shu  asosda  shakllangan.  Ular  jonning  abadiyligi,  tabiatdagi 
narsa  va  hodisalarning  ilohiy  quvvatga  ega  ekani  to'g'risidagi  xilma-xil  g'oya  va  sodda 
qarashlarni ifoda etgan. 
       G'oyaviy e'tiqodlarning shakllari: Totemizm; Animizm; Fetishizm; Magiya. 
Masalan, totemizm – hayvon va o'simliklarga sig'inish asosidagi diniy ta'limot. Bu so'z Shimoliy 
Amerikada  yashaydigan  Ojibva  qabilasi  tilidan  olingan.  Totemizm  odamzodning  muayyan 
o'simlik va hayvon turlariga qarindoshligi borligini anglatadi. Bunday xususiyatlar ayrim xalqlar 
hayotida  bugungi  kungacha  uchraydi.  Masalan,  hindlar  sigirga,  avstraliyaliklar  kenguruga, 
qirg'izlar  oq  bug'uga  baxt  keltiruvchi  hayvon  deb  qaraydi.  Bizning  ajdodlarimiz  esa  humo 
qushini  ulug'laganlar.  Shuning  uchun  davlatimiz  gerbida  humo  qushi  tasviri  tushirilgan. 
Yuqorida aytganimizdek, ibtidoiy odamlar hamma narsaning joni bor, ular sezadi, fikrlaydi, deb 
o'ylaganlar.  Ular  yaxshilik  keltirsin,  yomonlik  keltirmasin  deb  turli  xil  marosimlar  o'tkazib, 
duolar o'qiganlar. Animizm (lotincha anima – ruh degani) – har bir narsaning joni bor deb e'tiqod 
qilishga undovchi ana shunday qarashlar asosida shakllangan.  
Fetishizm (fransuzcha fetiche – but, sanam, tumor degani) – jonsiz narsalarga sig'inishga 
da'vat  etuvchi  e'tiqod.  Uning  mazmuniga  ko'ra,  buyumlar  va  ularga  xos  xususiyatlar  insonlarni 
murod-maqsadga  etkazishi,  odamlarning  hayotiga  biron-bir  tarzda  ta'sir  etishi,  bu  ta'sir  goh 
ijobiy, goh salbiy bo'lishi mumkin. 
Magiya  (―shomon‖  so'zining  tungus  tilidagi  ma'nosi  -  sehrgarlik)  –  real  natijalar  olish 
uchun ilohiy kuchlarga ta'sir etish maqsadida bajariladigan ritual urf-odatlar majmuasi. 
        G'oyalar tarixining keyingi bosqichida teologiya vujudga kelgan. Teologiya-(lot. theo-xudo, 
logos-ta'limot)  Xudo  to'g'risidagi  fan,  ta'limot.  Xudo  uning  sifatlari,  belgilari  va  xususiyatlari 
to'g'risidagi  diniy  ta'limotlarni  asoslash  va  himoya  qilish  tizimi.  Teologiyaga  muayyan  din 
tomonidan belgilangan aqidalarning haqiqatligini isbotlash bilan birga, dindorlarning hayot tarzi 
va me'yorlar majmui ham kiradi. 
         Millatimizga  xos  ilk  g'oyalar  zardo'shtiylik  tarzidagi  diniy-falsafiy  ta'limot  sifatida 
shakllangan.  Uning  g'oyalari  bilan  bog'liq  qadriyatlar  bugungi  kungacha  yashab  kelmoqda  va 
xalqimiz  turmush  tarzining  o'ziga  xos  xususiyatlarini  belgilashda  nafaqat  ulkan  ma'naviy-
ma'rifiy  meros,  shu  bilan  birga,  xalqimizning  ma'naviy-ruhiy  tiklanishi  va  qadriyatlarimizni 
asrab-avaylashning  negizi  hamdir.  Zardo'shtiylikning  asosi  bo'lgan  ―Avesto‖  kitobida  qadimgi 
xalqlarning  dunyo  to'g'risidagi  tasavvurlari,  o'ziga  xos  ijtimoiy,  siyosiy,  ma'naviy  g'oyalar  aks 
etgan.  Ularning  asosini  olamning  azaliy  qarama-qarshi  kuchlari  —  yaxshilik  va  yomonlik, 


yorug'lik va zulmat orasidagi ziddiyatga asoslangan g'oyalar tashkil qilib, ezgu fikr, ezgu so'z va 
ezgu  amal  kabilar  bu  dinning  ustuvor  tushunchalaridir.  Ushbu  g'oyalarda  erli  xalqlarni 
birlashishga da'vat etuvchi yuksak vatanparvarlikni tarbiyalaydigan fikrlar mujassam bo'lib, ular 
shu zamin farzandlari uchun g'urur, o'zlikni anglash va kuch-qudrat timsolidir. 
          ―Avesto‖da  nafaqat  Zardo'sht  ta'limoti,  balki  unda  o'sha  davrning  eng  asosiy  g'oyalari 
xamda  bu  g'oyalarga  tayanib  yozilgan  qo'shiklar,  hikoyat  va  rivoyatlar  jamlangan.  Bir  necha 
kitobdan  iborat  bo'lgan  ―Avesto‖  jamiyat  va  inson  hayotining  barcha  sohalaridagi  g'oyalarni 
umumlashtirgan,  mintaqamiz  xalqlarining  ular  asosida  shakllangan  yashash  va  hayot  kechirish 
qonun-qoidalarini o'zida ifodalagan. Jumladan, unda quyidagi g'oyalar aks etgan: 
-Mol-dunyoga  hirs  qo'yma,  ochko'z  bo'lma.  Dunyo  (boylikka)  hirs  qo'yish  dunyo  lazzatlarini 
bemaza, bexalovat qiladi. Samoviy abadiy lazzatlardan mahrum etadi. 
-G'azabdan  o'zingni  asra,  chunki  g'azab  tufayli  inson  o'z  ishlarini,  ezgu  maqsadlarini  unutadi... 
Halol mehnatdan qoladi. G'azab tufayli hayotda halovat yo'qoladi, safo (xursandchilik kayfiyati) 
o'ladi. 
-Uyquga ruju qo'yma, savob ishdan qolasan. 
-Sergaplik gunohlarni ko'paytiradi.  Kamsuxanlik ezguliklarni  ko'paytiradi. Chunki  kamsuxanlik 
fikrlab so'zlashga imkon beradi.  
            Yurtimizni miloddan oldingi IV asrda zabt etgan makedoniyalik Aleksandr ―Avesto‖ning 
birgina nusxasini qisman (tibbiyot, falakiyot, falsafa, adabiyot) saqlab qolib, uni o'rganish uchun 
ustozi  Aristotelga  yuborgan,  qolgan  nusxalarini  esa  yo'qotishni  buyurgan.  Bu  haqida  Abu 
Rayhon  Beruniy  shunday  yozadi:  ―Yilnoma  kitoblarida  bunday  deyilgan:  podshoh  Doro  ibn 
Doro  xazinasida  (Abistoning)  12  ming  qoramol  terisiga  tillo  bilan  bitilgan  bir  nusxasi  bor  edi. 
Iskandar  otashxonalarni  vayron  qilib,  ularda  xizmat  etuvchilarni  o'ldirgan  vaqtda  uni  kuydirib 
yubordi.  Shuning  uchun  o'sha  vaqtda  Abistoning  beshdan  uchi  yo'qolib  ketdi‖.  Ba'zilar 
Aleksandr  ―Avesto‖  tilini  bilmagani,  uning  mohiyatini  tushunmagani  uchun  kitobning  qadriga 
etmagan va yo'q qilishni buyurgan, degan haqiqatdan yiroq fikrni bayon qiladi. Haligacha teran 
fikrlari bilan jahon ahlini lol qoldirib kelayotgan mashhur faylasuf Aristoteldek buyuk tafakkur 
sohibidan ta'lim-tarbiya olgan Aleksandr kitobning qadrini tushunmaganiga ishonib bo'ladimi? U 
shunchalik  savodsiz  kishi  bo'lganmi?  Yo'q,  albatta.  Aleksandr  kitob  nima  ekanini,  unda  aks 
etgan g'oyalar odamlarga kanday ta'sir ko'rsatishi mumkinligini yaxshi bilgan. Shu bilan birga, u 
o'z qo'shiniga qattiq qarshilik ko'rsatgan yurtimiz xalqlarining g'oyalari ―Avesto‖da o'z ifodasini 
topganini,  o'sha  davrdagi  avlod-ajdodlarimizning  istibdodga  bosh  egmasdan,  kitobdagi  ushbu 
g'oyalarga  tayangan  holda,  tez  orada  yana  istiqlol  uchun  kurashga  chiqishini  nihoyatda  yaxshi 
tushungan.  Xullas,  Turonzamin  xalqlarini  o'z  ajdodlari  qoldirgan  ezgu  g'oyalardan  bebahra 
qilish,  tafakkurini  qaramlikda  saqlashning  eng  yaxshi  va  maqbul  yo'li  —  uni  o'zligidan  judo 
etish,  g'aflatda  saqlash,  tarixini  unutishga  maxkum  qilish  orqali  amalga  oshirilishini  yaxshi 
bilgan jahongir Aleksandr ―Avesto‖ni yo'q qilishga urinishi tabiiy edi. Keyinchalik boshqa jahon 
fotihlari  ham  ana  shunga  o'xshash  yo'llardan  borgani  bu  fikrni  isbotlaydi.  ―Avesto‖  miloddan 
avvalgi XIII asrdan to milodning IV gacha bo'lgan tarixiy voqealarni o'zida aks ettirgani uchun 
milliy  g'oyalarni  asrab-avaylash,  xalqni  jipslashtirish,  uni  ma'naviy  yuksaklikka  da'vat  etish, 
odamlar  o'rtasida  mehr-oqibatni  mustahkamlash  va  milliy  an'analarni  saqlab  qolishda  muhim 
ahamiyat kasb etgan . ―Avesto‖ o'sha davrdagi  ustuvor huquqiy va ahloqiy g'oyalar, ma'budlar 
sha'niga aytilgan madhiyalar, dastlabki yakkaxudolik dinining asosiy aqidalarini, yaratuvchanlik, 
mehnatsevarlik,  yaxshilik,  bag'rikenglik,  davlatchilik  g'oyalarini  o'zida  jamlagan  muqaddas 
manba hisoblanadi.  
         Mustaqillik  davrida  ―Avesto‖ga  munosabat  tubdan  o'zgardi.  Birinchi  Prezidentimiz  Islom 
Karimov o'zining ―Adolatli jamiyat sari‖ asarida ―Bu nodir kitob bundan 30 asr muqaddam ikki 
daryo  oralig'ida,  mana  shu  zaminda  umrguzaronlik  qilgan  ajdodlarimizning  biz  avlodlarga 
qoldirgan ma'naviy, tarixiy merosidir‖, - deb baho bergan edi. O'zbekiston hukumati tashabbusi 
bilan YUNESKO Bosh konferensiyasi 30-sessiyasi ―Avesto‖ yaratilishining 2700 yilligini dunyo 
miqyosida nishonlash haqida qaror qabul qildi (1999, noyabr). O'zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining  2000  yil  29  martdagi  maxsus  qarori  bilan  2001  yil  noyabr  oyida  ―Avesto‖ 


kitobining 2700 yilligi xalqaro miqyosda keng nishonlandi. Taraqqiyot natijasi o'laroq insoniyat 
tarixining keyingi davrlarida milliy asosdagi hinduizm, iudaizm, konfusiylik singari milliy diniy 
tizimlar shakllangan.Hinduiylik hindistonliklarning ko'pxudolilikka asoslangan dini bo'lib, unda 
uchta  xudo  asosiy  deb  tan  olinadi.  Iudaizm  –  yahudiylik  dini  bo'lib,  unga  ko'proq  shu  millat 
vakillari  e'tiqod  qiladi.  Konfusiylik  –  xitoy  faylasufi  Konfusiy  tomonidan  yaratilgan  ta'limot. 
Yaponlarning milliy dini esa sintoizmdir. Yer yuzining ma'lum mintaqasida paydo bo'lgan diniy 
qarashlarning asosida o'sha tabiiy makonning xususiyatlari, odamlarning yashash tarzi namoyon 
bo'ladi. Masalan, Odam Ato va Momo Havoning yaralishi xususidagi rivoyat dunyoning qariyb 
barcha dinlarida mazmunan deyarli bir xil, ammo shakl nuqtayi nazaridan farq qiladi. Masalan, 
shimoliy  mintaqalarda  yaratilgan  rivoyatlarda  Odam  Ato  va  Momo  Havo,  janubiy  mintaqada 
―tuproqdan yaralgan‖ ilk Ota va Onamizdan farqlanadi. Bunga o'xshash misollarni juda ko'plab 
keltirishimiz mumkin.  Dinlarning deyarli  barchasida ko'plab milliy an'analar, xalqning turmush 
tarzi  ham  mujassamlashgan.  Ular  muayyan  davrlarda  davlat  dini  va  mafkurasi  bo'lib  xizmat 
qilgan.  Jumladan,  konfusiylik  bir  necha  asrlar  mobaynida  Xitoy  xalqining  dini  va  davlat 
mafkurasi  bo'lib  kelgan.  Xususan,  u  hukmdorning  adolatli,  haqiqatparvar  bo'lishi  kerakligi 
haqida  quyidagi  fikrni  keltiradi  –  ―Agar  hukmdor  urf-odatlarni  sevsa  –  xalq  ichida  uni  izzat-
hurmat  qilmaydigani  topilmaydi.  Agar  hukmdor  adolatni  sevsa  –  hech  kim  bo'ysunmaslikni 
ixtiyor  etolmaydi.  Agar  hukmdor  haqiqatni  sevsa  –  xalq  ichida  baxtsiz  odam  qolmaydi‖  .  Ana 
shunday  dono  hikmatlari  tufayli  ham  konfusiychilik  bir  necha  yuz  yillar  davomida  Xitoyda 
davlat dini va mafkurasi darajasiga ko'tarilgan. 

Download 1,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish