. Yo’nalish va tanlash shakllari.
Biogeotsenozda tabiiy tanlash kuzatiladi. Bunda o‘zaro
moslashish, raqobatlardagi turlar, tashqi muh‘itning noqulay omillariga chidamli tomonga qarab
ywnalgan bwladi. Agrotsenozda suniy tanlash etakchi h‘isoblanib, inson tomonidan maksimal h‘osil
olish uchun ywnaltirilgan bwladi. Agrotsenozlar beqaror h‘amjamoa, ularning barqarorligi va ravnaqi
inson faoliyati bilan bog‘likdir. Agar inson qaramay qwysa, suniy h‘amjamoa tabiiy o‘simliklar
qoplami bilan almashinishi mumkin, masalan, qarovsiz yaylovlarda evvoyi o‘simliklar (dag‘al,
tikonli, to‘yimsiz) turlari egallaydi. Keyinchallik butunlay tabiiy yaylovlardagi o‘simlik turlari tarkibi
shakllanadi.
Ekotizim
Wyomingdagi Yellowstone
Milliy bog‘iga tashrif buyurib siz u yerda xuddi ikki shakldagi
bir xil dasht manzarani ko‘rishingiz mumkin. Bizda o‘tli dashtda bizonga ergashgan qushlar uning
atrofidagi kasallik tarqatuvchi chigirtkalarni tutadi. Bu manzara dasht hududini bir qismidir.
Ekotizim barcha turdagi organizmlar yashaydigan hudud, shuningdek uning ichiga hayot mavjud
bo‘lmagan hududlar ham kiradi. O‘simliklar, bizon, qushlar va hashoratlar, shu dasht ekotizimida
birgalikda yashaydi. Suv, harorat, quyosh nuri, havo, tuproq dasht ekotizimining jonsiz
omillaridir.
Ekologik suksessiya
Agar uyingizdagi maysalar umuman o‘rilmasa nima bo‘lgan bo‘lar edi? Maysalar uzun bo‘lib
ketar edi va tez orada yaylov kabi ko‘rinishga ega bo‘lar edi. Keyinchalik hududga hayvon yoki
shamol orqali kelib qolgan urug‘lardan o‘simliklar o‘sa boshlaydi. Keyin esa daraxtlar unib chiqa
boshlaydi. Aslida esa 20 yilda biror marta bo‘lsa ham mayzalar o‘to‘rish mashinasida o‘rilgan deb
aytish qiyin. Ekologlar sizning maysazoringiz qaysi eko tizim turiga kirishi haqida aytib bera
olishadi. Agar bu o‘rmon bo‘lganda edi, ular sizga bu yerda o‘sayotgan daraxtlar turi hamda ular
o‘sishi uchun qancha vaqt talab qilishi haqida oldindan aytib bera olishar edi. Hududda yashaydigan
turlardagi bosqichma –bosqich sodir bo‘ladigan o‘zgarishlar ularning uzluksizligi normalligini
bildiradi. Ketma-ketlik dunyo bo‘ylab turli joylarda turlicha sodir bo‘ladi.
Asosiy suksessiya.
Lava vulqonlar og‘zidan otiladi va u yo‘lida uchragan hamma narsalarni yo‘q qila oladigan
darajada juda qaynoq. U sovigandan so‘ng esa toshdan iborat bo‘lgan yerning bir shakliga kiradi. Bir
kun kelib bu yerlar o‘rmon yoki maysazorga aylanishini tasavvur qilish qiyin. Bu jarayon dastlab
asosiy ketma-ketlik deb nomlangan o‘simlik mavjud bo‘lmagan joylardan boshlanadi. Bu jarayon
uchib kelgan lishayniklar bilan birga boshlanadi. Bu turlar doimiy turlar deb ataladi qaysiki bir joyda
doim yashovchi turlardir. Ular qurg‘ochilikdan, yuqori haroratdan, sovuqdan va noqulay sharoitdan
jon saqlab qolishadi va tez-tez tuproqqa aylanishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |