19-MAVZU
KALLUS TО‘QIMALAR KULTURASI
REJA:
1. Kallis to‘qimasi haqida tushuncha;
2. Kallus to‘qimasining tuzilishi;
3. Rivojlanish ssikllari;
4. Kallus hujayralari genetik geterogendir.
Ajratilgan tо‘qimalar kulturasi deganda, odatda kallus tо‘qimasi yoki shish
tо‘qimasi tasavvur etiladi.
Kallus bu dedifferensiyalangan (dedifferensiatsiya – bola hujayralar orasida,
ona va bola hujayralar orasida farqga olib keluvchn jarayonlar kompleksi)
hujayralardan iborat ixtisoslashmagan massa. Kallusning hosil bо‘lishi va о‘sishi
auksin, sitokinin guruhlariga mansub bо‘lgan fitogarmonlar tomonidan
boshqariladi. Tо‘qimaning differensiyalangan hujayralari auksin ta’sirida
108
dediferensirovkani yengadi, sitokininlar ta’sirida esa aktiv bо‘linishga о‘tib,
kallusli tо‘qima hosil qiladi. Kallus tо‘qimasi ikki xilda fitogarmon tutuvchi turli
sun’iy oziq muhitlarida turli organlar eksplantlarida: aseptik о‘suvchi urug‘larda,
poya va ildiz bо‘laklarida, izolyatsiyalangan parenxima bо‘laklarida, tugunak
tо‘qimalarda, izolyatsiyalangan poya murtagida, bargda oson hosil bо‘ladi.
in vitro kallus tо‘qimasi asosan oq yoki sarg‘ish rangda bо‘ladi. Kallus qariy
boshlaganda fenol birikmalari tо‘planishi natijasida qо‘ng‘ir rangga kira boshlaydi.
Kallus tо‘qimasi amorf bо‘lib, aniq anatomik tuzilishga ega emas. Lekin
kelib chiqishiga, о‘sish sharoitiga bog‘liq xolda u:
1. Pо‘k, alohida mayda agregatlarga tez parchalanuvchi;
2. О‘rta zichlikdagi, meristematik markazi yaxshi kо‘rinadigan;
3. Zich, kambiy elementlari differensiyalanayotgan va sistemaga
tushayotgan holatda bо‘ladi.
Har bir hujayra о‘sishning 3 ta fazasidan о‘tadi:
1. bо‘linish;
2. chо‘zilish;
3. differensirovka.
Dedifferensiyalangan hujayralar kо‘payishi ixtisoslashmagan kо‘payishga,
natijada kallus hosil bо‘lishiga olib keladi.
Hujayralarning in vitro differensiyalangan holatdan dediferensiyalangan
holatga о‘tishi va hujayralarning aktiv bо‘linishi genlarning aktivligining
о‘zgarishi bilan bog‘liq. Ba’zi genlarning faollashuvi ba’zilarining passivlashuvi
hujayraning oqsil tarkibining о‘zgarishiga olib
keladi. Kallus hujayralarida
spetsifik oqsillar paydo bо‘ladi va bir vaqtning о‘zida bargining fotosinteziga
taalluqli oqsillari kamayadi yoki umuman yо‘qolib ketadi. Differensiyalangan
hujayralar dedifferensiyalanib kallus hosil qilish jarayonida hujayrada
bioximiyaviy va sitologik о‘zgarishlar rо‘y beradi. Dedifferensirovka zahira
moddalardan foydalanib, hujayra organellalarining parchalanishidan boshlanadi.
Dedifferensirovka induksiyasidan 6-12 soat о‘tganidan sо‘ng
hujayra qobig‘i pо‘k
bо‘ladi va shishadi, erkin ribosomalar soni ortadi, Goldji apparati elementlarining
soni kо‘payadi, yadrochalarning о‘lchami kattalashadi va soni oshadi.
Kallus hujayrasi о‘zining rivojlanish sikliga ega. Kallus hujayralarining
qarishi, bо‘linish
xususiyatlarini yо‘qotmasliklari uchun eksplantda paydo bо‘lgan
birlamchi kallus 4-6 haftadan sо‘ng yangi oziq muhitga о‘tkaziladi. Bu muolajani
passirlash deyiladi. Doimiy passirlash yо‘li bilan hujayralarning bо‘linish
qobiliyatini о‘n yillab saqlab turish mumkin.
Kallus hujayralari in vitro о‘simlik organizmi normal hujayralarga xos
bо‘lgan fiziologiya-bioximiyaviy xususiyatlarga ega bо‘ladi. Ular ikkilamchi
metabolitlar sintez qilish qobiliyatini saqlab qoladi.
Kallus tо‘qimalarining yuqori haroratga, osmotik aktiv moddalarga
chidamliligi xususiyatlari bilan normal о‘simliklarga о‘xshashdir.
Kallus hujayralari genetik geterogendir. Kallus hujayralari xromosomalar
soni bilan farq qiladi. Meristematik tо‘qimalar in vitro genetik turg‘un bо‘ladi.
Kallus va suspenziya kulturalarida boshlang‘ich о‘simlikka xos diploid hujayralar
109
tо‘plamini, 3,4,5 va undan kо‘proq xromosoma tо‘plamli
poliploid
hujayralarni
uchratish mumkin. Undan tashqari kallus tо‘qimalari kulturasida aneuploidni ham
kuzatish mumkin. Kallus hujayralari qancha uzoq vaqt о‘stirilsa ular ploidligi bilan
shunchalik kо‘p farq qiladi. Tamaki kallus tо‘qimasini 4
Do'stlaringiz bilan baham: |