О‘zr oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi buyrug‘i Buyruq №434 2017


-  yuzaki  seleksiya  va  noselektiv  tanlash,  tizim  variantlari  hamma



Download 2,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet135/244
Sana11.01.2022
Hajmi2,42 Mb.
#349515
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   244
Bog'liq
qishloq xojalik biotexnologiyasi va mikrobiologiya

-  yuzaki  seleksiya  va  noselektiv  tanlash,  tizim  variantlari  hamma 
populyatsiyalar  ichidan  kо‘rinishiga  qarab  yoki  biokimyoviy  usullar  orqali 
aniqlanadi. 
Yuqorida aytilgan usullardan tо‘g‘ri seleksiya kо‘proq tarqalgan usul bо‘lib, 
gerbitsidlarga,  antibiotiklarga,  toksinlarga,  og‘ir  metallarga,  tuzlarga  va  boshqa 
aitimetabolitlarga chidamli regenerant о‘simliklar olishda foydalaniladi.  
5.  in  vitro  usuli  yordamida  yashashga  moslashmagan  duragaylarni 
kо‘paytirish. 
Hujayra  texnologiyasining  yana  bir  yо‘nalishi  –  bu  hujayra 
texnologiyasidan  seleksiyadan  foydalanishdir.  Bu  usuldan  foydalanib,  seleksiya 
jarayonlarini  tezlashtirish  va  osonlashtirish,  о‘simliklarning  yangi  shakllarini  va 
navlarini yaratish mumkin. 
Ajratilgan
 
hujayra  va  tо‘qimalarni  in  vitro  о‘stirishni  ikki  guruhga  bо‘lish 
mumkin. 
1-guruh.
  Bu  yordamchi  texnologiya  bо‘lib,  seleksiyaning  о‘rnini  bona 
olmaydi, lekin unga xizmat qiladi. Bunga in vitro urug‘lantirish, urug‘murtakni va 
yetilmagan  gibrid  murtaklarni  о‘stirish,  changdon  va  mikrosporalarni  о‘stirib 
gaploid  olish,  ajratilgan  hujayralarni  kriosaqlash,  alohida  gibridlarni  klonal 
mikrokо‘paytirishni kiritish mumkin. 
2-guruh
  seleksiyaning  an’anaviy  uslublaridan  farq  qiluvchi  uslublar  bilan 
о‘simliklarning  yangi  shakl  va  navlarini  olish:  kallus  tо‘qimasidan  foydalanib 
hujayra seleksiyasi, somatik gibridizatsiya, gen muhandisligi uslublarini qо‘llash. 
О‘simliklar  seleksiyasida  in  vitro  usulidan  yordamchi  usul  sifatida  
foydalanish.
    Tanlangan    juftlarni    tabiiy    sharoitda  urug‘lantirish  mumkin 
bо‘lmagan hollarda in vitro urug‘lantirish usulidan foydalaniladi. 
in vitro urug‘lantirishni ikki xil yо‘l bilan amalga oshirish mumkin.  


106 
 
a)  tuguncha  sirtiga  chang  qо‘yilgan  holda  sun’iy  agarli  muhitlarda 
о‘stiriladi; 
b)  tugunchani  yorib  ozuqa  muhitga  urug‘murtakli  platsenta  bо‘lagi 
joylashtiriladi,  unga  yaqinroq  joyda  yoki  platsenta  tо‘qimasida  tayyor  chang 
о‘stiriladi.  Urug‘lanish  ketgan-ketmaganligini  urug‘murtaklar  о‘lchamining 
tezlikda  о‘sishidan  aniqlash  mumkin.  Shakllangan  murtak  tinim  holatga 
о‘tmasdan, tezda о‘sib gibrid avlodning о‘sishi boshlanadi. 
Postgam  chatishmaslikni  yengish.
  Postgam  chatishmaslik  changlangandan 
sо‘ng  kelib  chiqadi.  Bunda  rivojlanmagan,  puch,  unmaydigan  urug‘lar  hosil 
bо‘ladi.  Bunga  sabab  murtak  bilan  endospermaning  rivojlanish  vaqtining  tо‘g‘ri 
kelmasligi  bо‘lishi  mumkin.  Endosperma  yomon  rivojlanganida  murtak  normal 
о‘smaydi.  Bunday  hollarda  yetilgan  puch  urug‘lardan  murtak  ajratib  olinadi  va 
ozuqa muhitda о‘stiriladi. 
Murtaklarni  sun’iy  ozuqa  muhitlarda  о‘stirish  embriokultura  deb  ataladi. 
Yetilgan murtaklarni mineral tuzlar va saxaroza tutuvchi fiziologik aktiv moddalar 
solinmagan oddiy ozuqa muhitlarida о‘stirish mumkin. 
Embriokulturalarni  seleksiyada  qishloq  xо‘jalik  о‘simliklaridan  uzoq 
duragaylar olishda qо‘llash hozirgi kunda katta ahamiyat kasb etmoqda. 
Ajratilgan murtaklar kulturasi yordamchi uslub sifatida uzoq duragaylashda 
nafaqat  postgam  chatishmaslikni  yengishda,  balki  qimmatli  duragaylarni 
mikrokо‘paytirishda  ham  foydalaniladi.  Mikrokо‘paytirish  kallus  tо‘qimalaridan 
kallusogenez,  morfogenezning  induksiyasi  va  regenerant  –  о‘simlik  olish  yо‘li 
boradi. 
in vitro gaploidlar olish, ularni seleksiyada qо‘llash.
 Gaploid о‘simliklardan 
foydalanib, kerakli kombinatsiyalarni tezroq topish, qisqa vaqt ichida nav yaratish 
mumkin.  Gaploidlar  stabil  gomozigot  tizimlar  olishda  ishlatiladi.  Gaploid  asoslar 
sterildir,  lekin  ularning  xromosomalar  tо‘plamini  kolxitsin  yordamida  ikki  marta 
kо‘paytirish mumkin va diploid gomozigot о‘simliklar olish mumkin. 
Kallus  tо‘qimasidan  regenerant  –  о‘simlik  olish  texnologiyasi  ishlab 
chiqilgandan  sо‘ng  boshlang‘ich  о‘simlikdan  fenotipik  va  genotipik  xususiyatlari 
bilan  farq  qiluvchi  о‘simliklarning  yangi  shakllarini  yaratish  imkoniyati  paydo 
bо‘ldi. Bu “somaklon” deb atala boshlandi. 

Download 2,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   244




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish