www.ziyouz.com
kutubxonasi
399
Bilmonki erur anga qarog‘, ey qorako‘z,
Yo mast edi qo‘ydi toza dog‘, ey qorako‘z.
50
Jonbaxsh labing chashmayi hayvonmu emas?!
Hajridin aning ichim to‘la qonmu emas?!
Har qatrayi qon la’li Badaxshonmu emas?!
Har porayi la’li javhari jonmu emas?!
51
Gar oshiq esang, mehru vafo qilma havas,
Dard istavu daf’ig‘a davo qilma havas,
Hijronu visol mutlaqo qilma havas,
Dildoringdin g‘ayri rizo qilma havas.
52
Mahbubqa e’timod qilmoq bo‘lmas,
Andin talabi murod qilmoq bo‘lmas.
Ko‘zning qorasin midod qilmoq bo‘lmas,
Gar bo‘lsa bitig savod qilmoq bo‘lmas.
53
Ham savmaa kunji shayxi tarrorg‘a bas,
Ham shayx yuzi zohidi hushyorg‘a bas.
Ham dayrda mastlig‘ meni zorg‘a bas,
Ham mug‘bacha vasli joni bemorg‘a bas.
54
To subh xuruse uyg‘anib urdi nafas,
Xuffosh qanot ochqucha may qilma havas,
Chun valvala chekti ko‘y aro tabli asas,
May ich anga tegrukim, yetar savti jaras.
55
G‘urbatda g‘arib shodmon bo‘lmas emish,
El anga shafiqu mehribon bo‘lmas emish.
Oltun qafas ichra gar qizil gul butsa,
Bulbulg‘a tikandek oshyon bo‘lmas emish.
56
Ul durri saminki, bor edi ko‘zuma yosh,
Aylarda ajal anga jafo rasmini fosh.
Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar
Do'stlaringiz bilan baham: |