www.ziyouz.com
kutubxonasi
395
Kim, oncha qovursun par o‘lub butsa qanot,
Toyir bo‘lubon yetkamen oxir sanga bot.
22
Bo‘ldi mening o‘lmagimga savdo bois,
Savdog‘a havoyi jomi sahbo bois.
Sahbog‘a dag‘i dayru chalipo bois,
Bu barchag‘a ul dilbari tarso bois.
23
Ko‘nglumni olibdur ul shahi sabzdavoj,
Kim g‘amza bila olur mamolikdin boj.
Boshi uza mamlakat xiroji bir toj,
Toji uza gavhari mamolikka xiroj.
24
Kunduz ko‘rsang o‘zungni mahzun, qadah ich,
Andoqki, quyosh ravshanu mavzun qadah ich.
Ul damki, quyosh botti, shafaqgun qadah ich,
Jomingni qilib nechukki gardun, qadah ich.
25
Gul vaqti muyassar o‘lsa gulfom qadah,
Andin so‘ng tutsa bir gulandom qadah.
Man’ aylasa barcha ahli islom qadah,
Qofirmen agar qilmasam oshom qadax
26
Ruhumg‘aki maydin erdi har lahza futuh,
Nosih tili nishi qildi ani majruh.
May loyini marham qilayin shomu sabuh,
Ul vaqtqachaki, toza bo‘lg‘ay manga ruh.
27
Qo‘rqutma meni tamug‘din, ey zohidi yax,
Jannat manga bo‘lg‘usi debon urma zanax
Kim, do‘zax aning yodi bila jannat erur,
Jannat bori sening biladur do‘zax.
28
Ruxsori uza xollarin ul dilband,
Ochti chu meni ko‘rdi base hojatmand.
Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar
Do'stlaringiz bilan baham: |