Tarjima haqida


Parvardigoringiz: "Menga duo qilinglar, Men sizlarga (duolaringizni) mustajob qilay", - dedi



Download 1,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/72
Sana16.01.2020
Hajmi1,61 Mb.
#34444
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   72
Bog'liq
XklEfI67uMZfdNUE-5DQbsFT9l0nDvAt


 

60. Parvardigoringiz: "Menga duo qilinglar, Men sizlarga (duolaringizni) mustajob qilay", - dedi. 

Albatta, Menga ibodat qilishdan kibr qilgan kimsalar yaqinda tuban holatda jahannamga kirurlar.  

 

61. Alloh sizlarga orom olishingiz uchun kechani va (kasb va sayr qilishingiz uchun) yorug' kunduzni 

yaratib qo'ygan zotdir. Albatta, Alloh odamlarga nisbatan fazl sohibidir. Lekin odamlarning ko'plari 

shukr qilmaydilar.  

 

62. Mana shu Alloh - Parvardigoringizdir. (U) barcha narsaning yaratuvchisidir. Undan o'zga iloh 

yo'qdir. Bas, qayoqqa burilib ketmoqdasizlar?! 

 

63. Allohning oyatlarini inkor etuvchi kimsalar mana shunday burilib keturlar.  

 

64. Alloh sizlar uchun Yerni qarorgoh, osmonni tom qilib qo'ygan va sizlarga surat(shakl) berib, 

suratlaringizni go'zal qilgan hamda sizlarni pok narsalardan rizqlantirgan zotdir. Mana shu Alloh - 

Parvardigoringizdir. Bas, (barcha) olamlarning Parvardigori bo'lmish Alloh barakotlidir.  

 

65. U tirikdir. Undan o'zga iloh yo'qdir. Bas, (ey, mo’minlar,) sizlar (Allohga) dinni unga xolis qilgan 

holingizda duo (ibodat) qilingiz! Hamd (barcha) olamlarning Rabbi Allohga (xos)dir.  

 

66. (Ey, Muhammad,) ayting: "Men o'zimga Rabbim (tomoni)dan hujjatlar kelgan paytda, sizlar Allohni 

qo'yib duo qilayotgan narsalaringga ibodat qilishdan man etilganman va (barcha) olamlarning Rabbiga 

bo'yin sunishga buyurilganman.  

 

67. U sizlarni (Odamni) tuproqdan, so'ngra (avlodlarini) nutfadan, so'ngra laxta qondan yaratgan 



zotdir. So'ngra U sizlarni (ona qornidan) chaqaloq holingizda (dunyoga) chiqarur. So'ngra (U) sizlarni 

voyaga yetishingizga, so'ngra qarishingizga (qo'yib berur). Sizlarning orangizda (balog'at yoki keksalik 

yoshidan) ilgari vafot topadigan kishilar ham bo'lur. (U) sizlarni belgilangan ajalga yetishingizga (qo'yib 

berur). Shoyadki, aql yurgizsangizlar.  

 

68. U tiriltiradigan va o'ldiradigan zotdir. Bas, qachon biror ishni hukm qilsa, unga faqat: "Bo'l!" - der, 

xolos. Bas, u (ish) bo'lur.  

 

69. Allohning oyatlari haqida tortishadigan kimsalarni ko'rmadingizmi? Qayoqqa burilib ketmoqdalar?! 

 

70. Kitob (Qur'on)ni va Biz payg'ambarlarimiz bilan yuborgan narsalarni (Kitoblarni) yolg'on degan 

kimsalar yaqinda (qiyomat Kunida) bilajaklar.  

 

71. O'shanda ular bo'yinlarida kishan va zanjirlar bilan sudralurlar 

 

72. qaynoq suv ichiga. So'ngra olovda yondirilurlar.  

 

73. So'ngra ularga aytilur: "Sizlar shirk keltirib o'tgan narsalaring qani, 

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

323


 

74. Allohni qo'yib?" Ular: "U (but)lar biz(ning ko'zimiz)dan g'oyib bo'lib qolishdi. Yo'q-yo'q, bizlar 

ilgari (dunyoda) hech narsaga duo (ibodat) qilgan emasmiz", - deydilar. Alloh kofirlarni shu tarzda 

yo'ldan ozdirur.  

 

75. Mana shu azobga (yo'liqishlaringiz)ga sabab - sizlar yerda nohaq shodu xurram bo'lganlaringiz va 

kibr-havo qilganlaringizdir.  

 

76. Jahannam davrozalaridan u joyda mangu qoluvchi bo'lgan hollaringizda kiringiz! Bas, 

mutakabbirlarning joyi naqadar yomondir! 

 

77. Bas, (ey, Muhammad,) sabr qiling. Zero, Allohning va'dasi haqdir! Bas, agar Biz Sizga o'sha 

(kofirlar)ga va'da qilayotgan (azob)dan ayrimlarini ko'rsatsak ham yoki Sizni (azob tushishidan 

oldinroq) vafot etdirsak ham, bas, faqat O'zimizga qaytarilurlar.  

 

78. Biz Sizdan oldin (ko'p) payg'ambarlarni yuborgandirmiz. Ulardan Biz Sizga qissasini aytganimiz 



ham bor, yana ulardan Biz Sizga qissasini aytmaganimiz ham bordir. Biror payg'ambarga Allohning 

iznisiz biror mo''jiza keltirish joiz emas. Bas, qachonki, Allohning amri kelgach, haqqoniy hukm qilinur 

va o'shanda buzg'unchilar ziyon ko'rgaylar.  

 

79. Alloh sizlar uchun hayvonlardan ba'zilarini minishlaringiz uchun va ba'zilarini yeyishlaringiz uchun 

paydo qildi.  

 

80. Sizlarga ulardan (ko'p) foydalar bordir. (U hayvonlar) sizlar ularning ustida dillaringizdagi 

hojatlaringizga yetishlaringiz uchun ham (yaratilgandirlar). Sizlarni (quruqlikda) o'sha (hayvon)lar 

ustida va (dengizlarda) esa kemalarda eltib qo'yilur.  

 

81. (Alloh) sizlarga O'z alomatlarini ko'rsatur. Bas, sizlar Allohning qaysi alomatlarini inkor 

qilursizlar?!  

 

82. Axir, ular yer yuzida sayr qilishib, o'zlaridan avvalgi kimsalarning oqibatlari qanday bo'lganini 

ko'rsalar bo'lmaydimi?! Ular ko'proq hamda kuch-quvvat va yerdagi osori atiqalari jihatidan ulardan 

zo'rroq edilar. (Ammo) ularga topgan narsalari asqotgani yo'q.  

 

83. Chunki ularga payg'ambarlari hujjatlarni keltirganlarida ular o'zlarining oldilaridagi (dunyoviy) 

bilimlari bilan shodlandilar. Ularni o'zlari masxara qilib yurgan (azob) o'rab oldi.  

 

84. Bas, qachonki, ular Bizning azobimizni ko'rishgach: "Yakka Allohga imon keltirdik va (ilgari 

Allohga) sherik qilib olgan narsa (but)larimizga kofir bo'ldik", - dedilar.  

 

85. (Lekin) Bizning azobimizni ko'rgan vaqtdagi imonlari ularga foyda beruvchi bo'lmadi. (Bu) 

Allohning (barcha) bandalari haqida (joriy qilgan) yo'lidir. O'shanda kofirlar ziyon ko'rdilar.  

 


Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

324


FUSSILAT SURASI  

 

Fussilat so'zi suraning 3-oyatidan olingan bo'lib, mufassal bayon qilindi, degan ma'noni anglatadi. Surada 



dunyo hayotining foniyligi, oxiratdagi abadiy hayot uchun ezgu amallar qilish bilan unga tayyorgarlik 

ko'rishlikning muhimligi, bu dunyoda fosh etilmagan ma'siyat va gunohlar oxiratda unutilmasligi, balki inson 

a'zolarining o'zi qilgan qilmishlarini so'ylab berib, guvohlik berishlari kabi eslatma va nasihatlar, shuningdek, 

Allohning hikmat va qudratining buyukligi va boshqa narsalar to'g'risida bayon etiladi.  

 

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).  

 

1. Ho, Mim.  



 

2. (Ushbu Qur'on) mehribon va rahmli Alloh tomonidan nozil qilingandir.  

 

3. U biladigan qavm uchun arabiy Qur'on holida (nozil qilinib), oyatlari mufassal bayon qilingan 

Kitobdir.  

 

4. (U) xushxabar beruvchi va ogohlantiruvchidir. Bas, (kofirlarning) ko'plari yuz o'girdilar. Demak, ular 

"eshitmaslar".  

 

5. Ular dedilar: "Dillarimiz sen bizlarni da'vat qilayotgan narsadan to'silgan, quloqlarimizda esa og'irlik 

(karlik) bordir va sen bilan bizlarning o'rtamizda (bir) parda bordir. Bas, Sen ham (o'z) amalingni 

qilaver, bizlar ham, albatta, amal qiluvchidirmiz".  

 

6. (Ey, Muhammad, ularga) ayting: "Haqiqatan, men ham xuddi sizlar kabi bir bashardirman. Menga 

"Tangringiz yolg'iz Alloh" deb vahiy qilinmoqda. Bas, sizlar Uning O'ziga to'g'ri (toat-ibodatda) 

bo'lingiz va Undan mag'firat so'rangiz! Mushriklarga esa halokat bo'lgay!" 

 

7. (Ular) zakot bermaydigan va o'zlari oxiratga ishonmaydigan kimsalardir.  

 

8. Albatta, imon keltirgan va ezgu ishlarni qilgan zotlar uchun bitmas-tuganmas mukofot bordir! 

 

9. Ayting: "Haqiqatan ham sizlar Yerni ikki kunda yaratgan zotga kofir bo'lurmisizlar va o'zgalarni 

Unga tenglashtirurmisizlar?! Ana O'sha (barcha) olamlarning Parvardigori-ku?! 

 

10. U (Yerning) ustida to'la to'rt kunda tog'larni (paydo) qildi va uni barakotli qildi hamda o'sha (yer)da 

uning yemishlarini belgiladi (taqsimladi). (Bu tafsilot) so'rovchilarga mosdir.  

 

Izoh: Hadisda kelgan ma'lumotga qaraganda, Alloh taolo Yerni yakshanba va dushanba kunlari yaratgan. 



Tog'larni seshanba kuni, daraxtlar, suv, obodon va xarobalarni chorshanba kuni yaratgan. Shu bilan to'rt kun 

o'tgan. Juma kuni osmonlarni, shanba kuni esa yulduzlar, quyosh, oy, farishtalar va kunning oxirida Odam (a. 

s.)ni yaratgan. ("Madorik tafsiri" dan).  

 

11. So'ngra tutun holatda bo'lgan osmonni (yaratishni) qasd etib, unga va Yerga: "(Farmonimga) 



ixtiyoriy yoki majburiy holda kelinglar!" - degan edi, ular: "O'z ixtiyorimiz bilan keldik", - dedilar.  

 

12. Bas, ikki kunda yetti osmonni barpo qildi va har bir osmonga (unga buyurilgan) ishni (vazifasi)ni 



vahiy qildi. Biz quyi osmonni chiroqlar (yulduzlar) bilan bezadik va (uni ofatlardan) saqladik. Bu 

qudratli va bilimli zotning taqdiri (o'lchovi)dir.  

 

13. Bas, agar ular (Makka mushriklari) yuz o'girsalar, u holda ayting: "Men sizlarni xuddi Od va Samud 

(qabilalarini urgan) chaqmoqqa o'xshagan bir chaqmoq (halokat)dan ogohlantirdim".  

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

325


 

14. O'shanda payg'ambarlari ularning oldilaridan ham, orqalaridan ham kelishib: "Faqat Allohgagina 

ibodat qilinglar" (deganlarida), ular: "Agar Rabbimiz (payg'ambar yuborishni) xohlaganida, albatta, 

farishtalarni nozil qilgan bo'lur edi. Bas, (sizlar odamzot ekansizlar,) sizlar elchi qilib yuborilgan dinga 

biz kofirdirmiz", - dedilar.  

 

15. Bas, Od (qabilasi) yerda nohaq kibrlandilar va "Kuch-quvvatda bizlardan kim zo'rroq?" - dedilar. 

Axir, ular o'zlarini yaratgan Alloh kuch-quvvatda ulardan zo'rroq ekanini bilmadilarmi?! Ular Bizning 

oyatlarimizni inkor etuvchi bo'ldilar.  

 

16. Bas, ularga (mana shu) dunyo hayotida xor qiluvchi azobni totdirib qo'yish uchun nahs kunlarda 

ustilariga bir dahshatli bo'ron yubordik. Oxirat azobi esa, shubhasiz, yanada xor qiluvchiroqdir va 

ularga yordam berilmas.  

 

Izoh: Nahs kunlar - Shavvol oyi oxirining chorshanba kunidan kelasi chorshanba kunigacha. Shu hafta 



mobaynida bo'ron bo'lgan. Boshqa rivoyatda uch yil deyiladi.  

 

17. Samud (qabilasi) esa, bas, ularni (to'g'ri yo'lga) hidoyat qilgan edik, ular hidoyatni qo'yib, ko'rlikni 



(zalolatni) ixtiyor qildilar. Bas, o'z qilmishlari sababli ularni xor etuvchi azob chaqmog'i urdi.  

 

18. Imon keltirgan va taqvoli bo'lgan zotlarga najot berdik.  

 

19. Allohning dushmanlari do'zaxga (haydalish uchun) to'planib, tizilib turadigan Kunni (eslang).  

 

20. Bas, qachonki, ular (do'zaxga) kelishgach, ularning quloqlari, ko'zlari va terilari ular qilib o'tgan 

narsa (ish)lari haqida o'zlariga qarshi guvohlik berur.  

 

21. Ular terilariga: "Nima uchun bizga qarshi guvohlik berdinglar?" - deyishganida, (terilari): "Bizlarni, 



barcha narsani so'zlatgan zot - Alloh so'zlatdi. Sizlarni ilk bor U yaratgan va sizlar yana Uning 

O'zigagina qaytarilmoqsizdalar", - deydilar.  

 

22. Sizlar (dunyoda gunoh ishlarda) quloqlaringiz, ko'zlaringiz va terilaringiz sizlarga guvoh bo'lishidan 

yashirinmas edingizlar. Lekin sizlar qilayotgan amallaringizdan ko'pini Alloh bilmaydi, deb 

o'yladingizlar.  

 

23. Rabbingiz haqida o'ylagan mana shu gumonlaringiz sizlarni halok qildi. Bas, sizlar ziyon 

ko'ruvchilarga aylanib qoldingizlar.  

 

24. Endi, agar ular (azobga) chidasalar, ana o'sha do'zax joylaridir. Agar ortga qaytishni talab qilsalar, 

endi ular qaytariluvchilardan emaslar.  

 

25. Biz ular uchun (yo'ldan ozdiradigan) "do'stlar" tayyorlab qo'ydik, bas, o'shalar ularga oldilaridagi 

va orqalaridagi (gunohlarini) chiroyli ko'rsatdilar va ularga ham, o'zlaridan avval o'tib halok bo'lgan 

insu jindan iborat ummatlar qatorida, So'z (azob) muqarrar bo'ldi. Haqiqatan, ular ziyon ko'rgan 

bo'ldilar.  

 

26. Kofir bo'lgan kimsalar (bir-birlariga): "Muhammad tilovat qilayotgan vaqtda) sizlar bu Qur'onga 

quloq solmanglar va (uni chalg'itish uchun) javrayveringlar, (shunda) zora g'olib bo'lsangizlar!" - 

dedilar.  

 

27. Bas, albatta, (o'sha) kofir bo'lgan kimsalarga qattiq azobni tottirurmiz va ularni o'z qilmishlari 

uchun eng yomon jazo bilan jazolaymiz.  

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

326


 

28. Bu (azob) Alloh dushmanlarining jazosi bo'lmish do'zaxdir. Ular uchun oyatlarimizni inkor qiluvchi 

bo'lganlari sababli o'sha joyda mangu qolish bordir.  

 

29. Kofir bo'lgan kimsalar deydilar: "Parvardigoro, bizlarni (To'g'ri yo'lingdan) ozdirgan insu jindan 

bo'lmish kimsalarni bizlarga ko'rsatgin, ularni oyoqosti qilaylik, toki ular (do'zaxning qa'ridagi) eng 

tuban (xor) kimsalardan bo'lsinlar".  

 

30. Albatta: "Rabbimiz - Alloh", - deb so'ngra (toat-ibodatda) to'g'ri (ustivor) bo'lgan zotlar huzuriga 



(o'lim paytida) farishtalar tushib (derlar): "Qo'rqmanglar va g'amgin bo'lmanglar. Sizlarga va'da 

qilingan jannat xushxabari bilan shodlaninglar! 

 

31. Dunyo hayotida ham, oxiratda ham biz sizlarning do'stlaringizdirmiz. Sizlar uchun (jannatda) 

ko'ngillaringiz tilagan narsalar va sizlar uchun u joyda istagan narsalaringiz bordir.  

 

32. (Bu) mag'firatli va mehribon zot (tomoni)dan bo'lmish ziyofatdir".  

 

33. Alloh (yo'li)ga da'vat etgan va o'zi ham solih amal qilib, "Men musulmonlardandirman", - degan 

kishidan kim chiroyliroq so'zlovchidir?! 

 

34. Yaxshilik bilan yomonlik barobar bo'lmas. Siz (yomonlikni) go'zalroq (muomala) bilan daf qiling! 

(Shunda) birdan siz bilan o'rtalaringizda adovat bo'lgan kimsa qaynoq (qalin) do'stdek bo'lib qolur.  

 

35. Unga faqat sabrli zotlargina erishurlar, unga faqat ulug' nasiba egasigina erishur.  

 

36. Agar Sizni shayton tomonidan vasvasa tutmoqchi bo'lsa, u holda Allohdan panoh so'rang. Zero, U 

eshituvchi va biluvchi zotdir.  

 

37. Kecha va kunduz, quyosh va oy Uning alomatlaridandir. Agar sizlar (Allohga) ibodat qiluvchi 

bo'lsangizlar, quyoshga ham, oyga ham sajda qilmangizlar, (balki) ularni yaratgan zot - Allohga sajda 

qilingizlar! 

 

38. Bas, agar (sajda qilishdan) kibrlansalar, bas, (bilingki,) Rabbingiz huzuridagi zotlar (farishtalar) 

kecha-yu kunduz (hech) malollanmasdan Unga tasbeh ayturlar (sajda qilurlar).  

 

Izoh: 37-38-oyat Sajda oyatlari.  

 

39. Uning alomatlaridan (biri) yerni qo'riq holda ko'rishingizdir. Bas, qachonki, Biz uning ustiga suv 

(yomg'ir) yog'dirsak, u harakatga kelar va unar. Albatta, o'sha yerni tiriltirgan zot o'liklarni ham 

tiriltira oluvchidir. Zero, U barcha ishga qodirdir.  

 

40. Albatta, Bizning oyatlarimizga qing'irlik qiladigan kimsalar Bizga maxfiy bo'lib qolmaslar. Axir, 

do'zaxga tashlanadigan kimsa yaxshiroqmi yoki Qiyomat Kunida (Allohning azobidan) xotirjam holda 

keladigan kishimi?! Nimani xohlasangizlar, o'shani qilaveringizlar! Albatta, U qilayotgan ishlaringizni 

ko'rib turuvchidir.  

 

41. O'zlariga Zikr (Qur'on) kelgan vaqtda unga kofir bo'lgan kimsalar (azobga yo'liqurlar). Shubhasiz, 

u aziz Kitobdir.  

 

42. Unga oldidan ham, ortidan ham (hech qanday) botil (nohaqlik) kelmas. (U) hikmat va hamd egasi 

(tomoni)dan nozil qilingandir.  

 


Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

327


43. (Ey, Muhammad,) Sizga ham, faqat Sizdan avvalgi payg'ambarlarga (kofirlar tomonidan) aytilgan 

so'zlargina aytilur. Shubhasiz, Parvardigoringiz mag'firatli va alamli azob sohibidir.  

 

44. Agar, Biz (Qur'onni) ajamiy (arab tilida bo'lmagan) Qur'on qilganimizda, albatta, ular: "Uning 

oyatlari (o'z tilimizda) bayon qilinmabdi-da. (Muhammadning o'zi) arab-ku, (nega unga) ajamiy (Qur'on 

tushibdi?)" - degan bo'lur edilar". Ayting: "(Ushbu Qur'on) imon keltirgan zotlar uchun hidoyat va 

(dildagi ma'naviy illat uchun) shifodir". Imon keltirmaydigan kimsalarning esa, quloqlarida og'irlik 

(karlik) bordir va u (Qur'on) ularga ko'rlik (omili) bo'lur. Ular (go'yo) uzoq bir joydan chaqirilayotgan 

kishilar (kabi)dirlar.  

 

45. (Ey, Muhammad,) Darhaqiqat, Biz Musoga Kitob (Tavrot) ato etganimizda, u (Tavrot) haqida ham 

ixtilof qilingandir. Agar Rabbingiz tomonidan (jazo qiyomat Kuni bo'lishi haqida) So'z kechmaganida, 

ularning o'rtasida ajrim qilingan bo'lur edi. Haqiqatan ham, ular u (Qur'on) haqida shak-

shubhadadirlar.  

 

46. Kimki yaxshi amal qilsa, o'zi uchundir. Kim yomonlik qilsa ham o'z ziyonigadir. Rabbingiz 

bandalarga zulm qiluvchi emasdir.  

 

 



YIGIRMA BESHINCHI JUZ’ 

************************* 

 

47. Qiyomat ilmi (haqida) Uning O'zigagina murojaat qilinur. Barcha mevalarning o'z shonalaridan 

chiqishi ham, bir ayolning homila olib, ko'z yorishi ham, albatta, Uning ilmi bilan bo'lur. U zot 

(mushriklarga): "Mening "sheriklarim" qani"?! - deb nido qiladigan Kunda, ular: "Bizlar Senga 

bildirurmizki, oramizda ("sheriklaring" borligiga) birorta ham guvoh yo'qdir", - deydilar.  

 

48. O'zlari ilgari (dunyo hayotida) sig'inib o'tgan narsalari ulardan g'oyib bo'lur. Ular o'zlari uchun 

qochadigan biror joy yo'q ekanligiga ishonadilar.  

 

49. Inson (o'zi uchun) yaxshilik tilashdan malollanmas. Agar unga yomonlik yetib qolsa, u umidsizlikka, 

tushkunlikka tushuvchidir.  

 

50. Qasamki, agar unga biror kulfat yetganidan so'ng Biz O'z tomonimizdan biror marhamatni 

tottirsak, albatta, u: "Bu yolg'iz o'zimdan. Men qiyomat qoyim bo'lishiga ishonmayman. Qasamki, agar 

(qiyomat bo'lib), men Parvardigorimga qaytarilsam, hech shak-shubhasiz, Uning dargohida ham men 

uchun go'zal (oqibat) (jannat) bo'lur", - der. Bas, albatta, Biz kofir bo'lgan kimsalarga o'zlari qilgan 

amallarining xabarini berurmiz va albatta, ularga daІal azobdan tottirurmiz.  

 

51. Qachonki, Biz insonga in'om etsak, u (Bizdan) yuz o'girar va o'z tomoniga ketar. Qachonki, unga 

yomonlik yetib qolganda esa, u uzundan-uzoq duo iltijolidir.  

 

52. (Ey, Muhammad, mushriklarga) ayting: "Xabar bering-chi, agar (Qur'on) haqiqatan ham Alloh 

huzuridan (kelgan) bo'lsa-yu, so'ngra sizlar u (Qur'on)ga kofir bo'lsangizlar, (u holda) kim (sizlardek) 

chuqur ixtilofda bo'lgan kimsalardan adashganroq bo'lur?!" 

 

53. Toki ularga u (Qur'on)ning haq ekanligi aniq ma'lum bo'lgunicha, albatta, Biz ularga atrofdagi va 

o'z vujudlaridagi alomatlarimizni ko'rsatajakmiz. Axir, (ularga) Parvardigoringizning barcha narsaga 

guvoh ekani kifoya emasmi?! 

 

54. Ogoh bo'lingizkim, albatta, ular Parvardigorlari bilan muloqotda bo'lishdan shubhadadirlar! Ogoh 

bo'lingizkim, albatta, U barcha narsani ihota etuvchidir!  

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

328


SHO'RO SURASI 

 

Sho'ro - maslahat, kengash demakdir. Surada musulmonlar dunyoviy va uxraviy ishlarni o'zaro maslahat va 



kengash asosida amalga oshirishlari maqtovga sazovor ekanligi aytiladi. Shuningdek, unda qiyomat, jannat, 

do'zax, tavhid, imon, kufr, shirk, zulm kabi sifatlarning Islom aqidasida qanday talqin etilishi lozim ekani 

haqida oyatlar nozil qilingan.  

 

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).  

 

1. Ho, Mim.  

 

2. Ayn, Sin, Qof.  

 

3. (Ey, Muhammad,) qudratli va hikmatli Alloh Sizga va Sizdan oldingi (payg'ambar)larga shu tarzda 


Download 1,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish