Demokritning ta’limotiga ko'ra, tan va ruh egasi bo'lgan inson xuddi
shu atomlardan tarkib topadi. Odamning tanasi qo'polroq ilmoqsimon,
g'adir-budur va sekin harakatlanadigan atomlardan tashkil topadi, ruhi
esa eng silliq, dumaloq. sirpanchiq, binobarin, eng harakatchan atom
lardan tashkil topadi. Ruhning har bir ayrim atomi, hatto uning kichkina
guruhlari ham sezuvchanlikka ega emas. Ularning bir qanchalari birla-
shibgina sezuvchanlik qobiliyatiga ega bo'ladi. Ruh atomlari butun ba-
danga tarqalgan, lekin ularning ko'pchiligi ko'zda, quloqda, panja uch-
larida, yurakda hamda bosh miyada joylashgan. Bizning sezgilarimiz, his-
larimiz va fikrimiz shu ruh atomlarining maxsus harakatidir. Atrofimiz-
Do'stlaringiz bilan baham: |