Hosil qilingan malakalar qo'llanishi va takrorlanishiga qarab, yuksa
lishi yoki pasayishi mumkin.
Qaysi bir malaka faoliyatda qancha ko‘p qo‘llanilsa va turishda qan
cha ko‘p takrorlansa, u shunchalik mustahkam va avtomatlashgan
boMaveradi. Masalan, hammaga ma’lumki, yozish malakasi juda mus-
tahkamlanib va avtomatlashib ketgani tufayli, kishi hattoki ba’zan bir
grammatika qoidalarini esidan chiqarib qo‘ysa ham, baribir, to‘g‘ri yoza-
veradi. Malaka va odatlaming yuksalishi bu malaka hamda odatlaming
juda ham takomillashuvi va avtomatlanishidadir. Bu esa faoliyatning
muvafifaqiyatini ta’minlaydi. Agar hosil qilingan malakalar uzoq vaqt da
vomida qo'llanilmasa, ular so‘na boshlaydi, ya’ni pasaya boshlaydi.
Malakalar pasayishining nerv-fiziologik asosi ichki (yoki shartli) tor
mozlanish, ya’ni amaliy ish bilan mustahkamlanmagan muvaqqat
bog'lanishlarning so‘nishidir.
Malakalarning so‘nishi, awalo, shunda ko'rinadiki, bunda avtomatik
harakatlar sekinlasha boradi va bu harakatlarda yanglish va xatolar ro‘y
bera boshlaydi. So'ngra malakalarning so‘nishi avtomatlashgan harakat
larning yo‘qolishida ko'rinadi, buni deavtomatizatsiya deyiladi, ya’ni ilgari
avtomatlashgan harakatlarni bajarish endi yana o‘ylashni va maxsus qara
tilgan diqqatning, ong nazoratining bo'lishini talab qiladigan bo'lib qoladi.
Nihoyat, malakalarning so'nishi ulami batamom esdan chiqarib yu-
borishda ko'rinadi. Kishi bir qancha vaqtdan so'ng lozim bo'lib qolgan
sharoitda qachonlardir malaka sifatida o'zlashtirilgan harakatlaridan foy
dalana olmay qoladi.
Malakalarning pasayishi faqat vaqtgagina bog'liq bo'lib qolmay, balki
bir qator boshqa sabablarga ham bog'liqdir. Uzoq davom etgan toliqish,
kuchli kechinmalar va o'z kuchiga ishonmaslik natijasida malakalar bu-
zilishi va pasayishi mumkin. Ba’zi bir asabiy kasalliklar ham malakalami
pasaytirib yoki buzib yuboradi.
Bir qator harakatlar va turli usullarni talab qiladigan murakkab malaka
lar, ayniqsa, tezda pasayadi va buziladi. Yaxshi mustahkamlangan malakalar
uzoq saqlanib qoladi. Ma’lumki, bolalikda hosil qilingan malakalar puxta
esda qoladi va eng barqaror malakalar bo'lib qoladi.
Ammo shuni nazarda tutish kerakki, malakaning pasayishi. ba’zi hol-
lardagina batamom yo'qolib ketish darajasigacha yetishi mumkin. Mala
ka buzilganda yoki uni esdan chiqarib yuborilganda, odatda, undan ba’zi
bir «izlar» qoladi. Mana shu qolgan izlar tufayli, malaka qayta tiklanishi
mumkin.
Malakaning qayta tiklanishi uchun ham mashq qilish kerak bo'ladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
To‘g‘ri malakani dastlab hosil qilish va mustahkamlashga nisbatan uni
qayta tiklashda ancha kam mashq talab qilinadi. Bu holat shuni ko'rsatadiki,
hosil qilingan malaka iz qoldirmasdan уo‘qolib ketmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: