V. M ALAKALAR H O S I L B O ‘L IS H JAR AY O N LA RIG A
X O S Q O N U N IY A T L A R
Malakalar hosil bo'lish jarayoniga xos bir qator qonuniyatlar bor. Ular
dan asosiylarini ko'rsatib o'tamiz.
Malakalar hosil bo'lish jarayonlaridagi notekislik
Malakalar hosil qilish jarayonida ijobiy yutuqlar bilan bir qatorda, ba’zan
xato, noto'g'ri harakatlarga ham yo'l qo'yiladi. Mashqlaming muvaffa-
qiyati — ijobiy yutuqlaming o'sishi va ko'payishidan, ya’ni to'g'ri harakatlar
ning ko'payishidan, xatolar sonining kamayib borishidan iboratdir.
Ijobiy yutuqlaming o'sishi birtekisda bo'lmasligi mumkin, ya’ni ma’lum
bir darajada ancha vaqt to'xtab, birdan ko'tarilib ketib va vaqtincha yana
pasayib ketishi mumkin. Har bir takrordan so'ng, xatolar sonining kama-
yishi ham xuddi shunday notekis bo'ladi.
Malaka hosil bo'lish jarayonini mashq egri chiziqlari deb ataluvchi
ko'rsatkichlar yordami bilan grafik ravishda ifodalab berish mumkin.
Mashq egri chizig'i, odatda, shunday tuziladi; gorizontal chiziq yoki
abssissa baravar masofalarga bo'linib, bular orqali takrorlash miqdori yoki
ishning ketma-ket borish vaqti (soat, kun, hafta va boshqalar) ko'rsatiladi.
Tik chizish yoki ordinata ham baravar masofalarga bo'linib, ular orqali
ish miqdori yoki sifatining muvafifaqiyati ko'rsatiladi. Abssissa va ordina-
talardagi bo'linmalarga muvofiq ravishda egri chiziq, ishning miqdori va
3 6 -rasm. Harakat malakasi
bo'yicha mashq egri chizig'i.
О
O’
5
10
3 7-rasm. Harakat malakasi bo'yicha mashq
egri chizig'i: xatolar sonining kamayishi.
342
www.ziyouz.com kutubxonasi
sifati oshganda yuqoriga ko'tariladi, pasayganda esa pastga qarab tushadi.
Quyidagi egri chiziqlar mashq jarayonida erishilgan ijobiy ko'rsatkich-
laming o‘sishi va salbiy ko‘rsatkichlaming kamayishi qanday boiganligiga
misol bo‘la oladi. Egri chiziq ko‘tarilishining yoki pasayishining tikligi
mashqning qanchalik tez va muvaffaqiyatli borayotganini ko'rsatadi.
Mana shu yuqorida keltirilgan mashq egri chiziqlardan ko‘rinib turib-
diki, malaka hosil qilishdagi muvaffaqiyat hamma vaqt ham takrorlash
miqdori va mashqlar vaqtining ortishiga munosib ravishda o‘savermaydi.
Bu yerda ikki xil natija boMishi mumkin. Ba’zi malaka hosil qilishda
mashq egri chizig'i dastlabki daviga nisbatan sekin ko'tariladi (38-rasm),
ijobiy yutuqlaming eng ko‘p o‘sishini mashqlaming o‘rta davrida ko‘rish
mumkin. Oxiriga kelib, egri chiziqning o‘sishi sekinlashadi. Bu shunday
hollarda boMadiki, bunda harakat usullari murakkab boMadi va shu sabab
li biron ishni uddalashga o'rganish uchun ko‘p vaqt sarf qilishga to‘g‘ri
keladi. Agar harakat usullari mashqning dastlabki davrida murakkab
boMmasa, egri chiziq tik ko‘tarilib ketadi (39-rasm). Mashqning ikkinchi
davrida bu egri chiziqning ko'tarilishi sekinlashadi, bundan keyin esa
yanada ko‘proq sekinlashadi.
Biron kasb yuzasidan tajribaning ortishi va shu kasbga doir mohirlik-
ning uzluksiz ravishda yuksalishi malakalarning takomillashishiga yor
dam beradi.
Mashq egri chiziqlarida, ko'pincha, plato deb ataladigan holatni
ko‘rishimiz mumkin. Bu malaka taraqqiyoti davomidagi muvaffaqiyat-
ning o‘sishini yoki salbiy momentlaming pasayishini vaqtincha to'xtab
qolishidir. Mashq egri chiziqlarda plato deyarli gorizontal ravishda da
vom etuvchi bir boMak chiziq tarzida aks ettiriladi (40-rasm). Plato ho-
disasining sodir boMishiga toliqish, mashqqa boMgan qiziqishning susayi-
O j=
Do'stlaringiz bilan baham: |