P. I. Ivanov m. E. Zufarova umumiy psixologiya


X III  bob.  K O 'N IK M A ,  MALAKA VA  ODATLAR



Download 26,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet344/551
Sana11.01.2022
Hajmi26,8 Mb.
#348356
1   ...   340   341   342   343   344   345   346   347   ...   551
Bog'liq
Umumiy psixologiya. P. Ivanov, M. Zufarova

X III  bob.  K O 'N IK M A ,  MALAKA VA  ODATLAR

Irodaviy  faollik  kishilarning  faoliyatlarida  turli-tuman  sifatlari  bilan 

namoyon boMadi.

Inson faoliyati odamlarga xos boMgan har xil ehtiyojlar asosida yuzaga 

keladi.  Faoliyatning o'zi ehtiyojlarni qondira oladigan yo'l hamda vosita­

lami  izlash va shuning bilan birga,  ehtiyojni  qondiradigan  harakatlardan 

iborat  boMadi.

Faoliyatning asosiy turlari  — mehnat,  o'yin va o'qishdan  iboratdir.

Faoliyatning istalgan turi  odamda tegishli  ko'nikma va  malakalar bi­

lan  amalga oshiriladi.



I.  KO‘NIKMALAR

Ko'nikma  —

  shunday  aqliy  hamda  jismoniy  harakatlar,  usullar  va 

yo'l-yo'riqlardan  iboratdirki,  bular  yordami  bilan  qandaydir  maqsadga 

erishiladi yoki ayni bir faoliyat amalga oshiriladi.  Masalan, ayrim harflar­

ni  yozish  usullari,  ko'paytirish va bo'lish  usullari,  boltani  ushlash va  mix 

qoqish yoki temirni  toblashda bolg'a  urish  usullari  shular jumlasidandir.

Ko'nikmalami  bilim bilan  aralashtirish yaramaydi.  Albatta,  har qan­

day  ko'nikma  bilim  bo'lishini  taqozo  etadi.  Lekin  bilimning  ko'nikma 

bilan bogMiq  boMishi shart  emas.  Masalan, tarix,  geografiya va adabiyot- 

shunoslikka  doir bilimlar shular jumlasidandir.

Bilimlar,  asosan, voqelik to'g'ri aks ettiriladigan hukm va mulohaza- 

larda  ifodalanadi.

Ko'nikmalar  esa,  ko'proq  aqliy  yoki  jismoniy  harakatlarda  ifodala- 

nadilar.  Ko'nikmalar oldindan belgilangan maqsadga mos bo'lishi' lozim. 

Har qanday  ko'nikma  («а»  harfini  yozish,  bolg'a bilan  mix  qoqish),  al­

batta,  ayrim  harakatlarning to'la va  aniq  bo'lishini  talab etadi.  Yassi  du­

maloq shaklni  yoki  ilmoqli  to'g'ri chiziqchani seza olmaslik,  ruchka yoki 

qalamni to'g'ri ushlay olmaslik «а» harfini yoza olmaslikdan dalolat bera­

di.  Bolg'achani sopidan to'g'ri ushlay bilmaslik va bolg'a urishda qoMning 

noto'g'ri harakat qilishi  mix qoqa bilmaslikni  ko'rsatadi.  Bunda o*quvchi 

«а»  harfining qanday yozilishini  va bolg'acha bilan qanday qilib  mix  qo- 

qilishini  bilishi  va  hatto gapirib berishi  mumkin.

Ko'nikmalar  qay  daraja  o'sganligi  jihatidan  bir-biridan  farq  qilishi 

mumkin.  Shuning  uchun  ko'nikma  faqat  bilim  talab  qilibgina  qolmay,

333


www.ziyouz.com kutubxonasi


balki,  albatta,  qandaydir  maqsad  amalga  oshiriladigan  o'zaro  mos  ha- 

rakatlarda ham ifodalanadi. O'quvchilar ko'nikma bilan bog'liq bo'lmagan 

bilimlaiga ega bo'lishi  mumkin.  Masalan,  o'quvchi  kasrlami  ko'paytirish 

qoidasini  bilishi  mumkin,  lekin  bunday  hisob  amalini  bajara  olmasligi 

ham  mumkin,  yoki  o'quvchi  orfograflya  qoidalarini  bilgani  bilan  savodli 

yoza olmasligi  mumkin.  Ko'nikmalar amaliy faoliyatga,  bilimlami amal­

da qo'llay bilishga oiddir.

Yuqorida aytib o'tganimizdek, bilimlarga odatlanmagan  hech qanday 

ko'nikma bo'lishi  mumkin  emas.  To'g'ri  yozish  uchun grammatika  qoi­

dalarini bilish shart. Shu bilan biiga, ko'nikma hosil qilish uchun o'quvchi 

tegishli  natijalaiga  erishtiruvchi to'g'ri  usullarni  ham  bilishi  lozim.  Shu­

ning uchun o'qituvchi yozishga o'rgatar ekan, ruchkani qanday qilib to'g'ri 

ushlashni,  daftaming  qanday  holatda  turishini,  yozishda  ruchkani  qan­

chalik bosish  kerakligini va  shu  kabilarni  ko'rsatadi.

Yozishga o'rgatish paytida o'qituvchi  ayni chog'da kalligrafiya jihati­

dan  aniq  va  chiroyli  qilib  yozilgan  harflar  namunasini  beradi,  ya’ni 

boshqacha  qilib  aytganda,  qanday  natijaga  erishishlari  lozimligini 

o'quvchilarga  aniq sur’atda  ko'rsatadi.  Agar  harakat  yanglish,  maqsadga 

to'g'ri  kelmaydigan  usullar  bilan  bajarilayotgan  bo'lsa,  bunday  holda 

maqsadga tamoman erishib bo'lmaydi yoki yomon natijalarga olib keladi. 

O'quvchi  yozishning  to'g'ri  usullarini  bilmasligi  tufayli,  aji-buji  o'qib 

bo'lmaydigan va xunuk yozishi  mumkin.

Ish usullarini bilib olgandan so'ng, yoki bilib olish davomida o'quvchi, 

o'igatilgan  qoida  yoki  ko'rsatilgan  namunalarga  mos  ravishda,  ishning 

hadisini  ola  boshlaydi.

Shunday  hollar  ham  bo'ladiki,  o'quvchi  oldin  tegishli  bilimlami 

o'zlashtirmasdan  turib,  berilgan  nusxalarga taqlid  qilish  yo'li  bilan  ba’zi 

ko'nikmalar hosil qiladi.  Lekin bunday holda ham ko'nikmalar har holda 

berilgan nusxani mustaqil kuzatish yo'li bilan olingan bilimga asoslanadi. 

Ammo  bunday  bilimlarning  aniq  bo'lmasligi  tufayli  ko'r-ko'rona  taqlid 

qilish yo'li bilan orttirilgan  ko'nikmalar yetarli darajada o'qib  olinmagan 

va to'la takomillashmagan  bo'ladi.

Ko'nikmalar  murakkablik  darajalari  jihatidan  ham  bir-biridan  farq 

qiladi.  Ko'nikma oddiy  yoki  murakkab bo'lishi  mumkin.  Masalan,  harf- 

laming elementiaridan chiziqcha yoki aylana yozish oddiy ko'nikma bo'lsa, 

butun  bir so'zlarni  yozish  murakkab  ko'nikmadir.

Murakkab  bo'lgan  yozish  ko'nikmasi  o'z  ichiga  bir  qator  oddiyroq 

ko'nikmalami oladi.  Masalan,  ruchkani to'g'ri  ushlash, yozishda ruchka­

ning bosimini  to'g'ri  nazorat  qila  bilish  ko'nikmalari.

www.ziyouz.com kutubxonasi




Sonlarni kvadrat yoki kub ildizdan chiqarishga qaraganda ulami arif- 

metika  usulida qo'shish  oddiy ko'nikma bo'ladi.

Ninaga  ip  taqish va tugmacha  chatish  — oddiy uquvdir,  lekin  xuddi 

shu  nina bilan ko'ylak yoki  kostum tikish — murakkab  uquvdir.




Download 26,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   340   341   342   343   344   345   346   347   ...   551




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish