P. I. Ivanov m. E. Zufarova umumiy psixologiya



Download 26,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet336/551
Sana11.01.2022
Hajmi26,8 Mb.
#348356
1   ...   332   333   334   335   336   337   338   339   ...   551
Bog'liq
Umumiy psixologiya. P. Ivanov, M. Zufarova

Negativizm

  boshqa  kishilarning  hamma  takliflga,  ya’ni  buyruqlarga, 

qoidalarga,  maslahatlarga  va  boshqa  yo'l  bilan  o'tkaziladigan  qanday 

bo'lmasin ta’sirga asossiz qarshilik qilish demakdir.  Negativizm  ikki turli 

bo'ladi:  passiv  va  faol  negativizm.  Passiv  negativizm  shundan  iboratki, 

bunda  kishi  taklif  qilingan  ishni  qilmay,  o'z  holatida  qolaveradi.  Faol 

negativizm  esa  boshqalar  xohlagan  va  taklif qilgan  ishni  qilmay,  uning 

aksini  qilishdan  iborat  bo'lgan  terslikdir.

Negativizm hodisasini uch yoshdan yetti yoshgacha bo'lgan bolalarda, 

ayniqsa, kattalar tomonidan suyultirib yuborilgan va barcha ishlarini boshqa 

kishilar qilib beradigan bolalarda uchratish mumkin. Bunday o'jarlik bola­

larda,  ko'pincha  qandaydir  mustaqil  faoliyat  sohasida  o'z  faolliklarini 

ko'rsatish  imkoniyati  berilmagan taqdirda  paydo bo'ladi.

Negativizmning xarakterli xususiyati harakatlarning asossizligidan  ibo­

ratdir.  Odatda, negativizm holatida kishi sen nega bunday qilyapsan,  nima 

uchun boshqalarning taklifini  bajarmayapsan,  degan  savolga hech  qanday 

javob qaytarmaydi;  u  indamay,  aytilgan narsaning aksini  qilaveradi.

Qaysarlik — boshqa  kishilarning aytgan  hamma gapiga,  ya’ni  buyruq 

va  takliflarga  atayin  qarshilik  qilishdir.  Qaysarlik  qilayotgan  odam  o'zi 

deganini  qilaveradi  va  nima  sababdan  shunday  qilayotganini  obyektiv 

ravishda  asoslab  bermaydi:  «Bu  mening  ishim»,  «O'zim  bilaman»  deb 

subyektiv dalil  keltiradi,  xolos.

Qaysarlik, asosan, mana bunday hollarda, masalan, kishi biron narsadan 

xafa  bo'lgan  yoki  g'azablangan,  jahli  chiqqan  yoki  bo'lmasa  manmanligi 

oshib ketgan paytda ko'rinadi.  Bunday hollarda kuchli  hissiyot ta’siri tufayli 

kishining  ongi  o'tmaslashib  ketadi.  Qaysarlik  tutgan  paytda  kishi  obyektiv 

nuqtayi  nazardan  qaray  olmaydi  va  boshqacha  emas,  balki  aynan  shunday 

harakat qilish shart ekanligiga obyektiv asoslar keltira olmaydi. Qaysar odamni 

juda yaqqol dalillar yordami bilan har narsaga ko'ndirish yoki undan qayta­

rish  qiyin.  Qaysarlik  ko'rsatishda  biron  narsaga  intilish  va  kuchli  hissiyot 

bo'ladi,  lekin yetarli tafakkur unda ishtirok etmaydi.

Mustaqilsizlik  shunday  hollarda  ko'rinadiki,  bunda  kishi  ma’lum  bir 

xatti-harakatlami  faqat  boshqa  odamlarning bevosita ta’siri  ostida  (ular­

ning maslahatlari,  takliflari bilan)  qiladi va o'zining qarorlari  hamda ha­

rakatlarida  faqat  boshqa odamlar fikriga tayanadi.

Kishi  mustaqillik  ko'rsata  olmasa,  boshqa  odamlar  irodasini  amalga 

oshiruvchi  bo'lib qoladi,  xolos.

www.ziyouz.com kutubxonasi




Mustaqilsizlik tashabbuskorlikning yo'qligi, har bir ishni yuzada bo‘lgan 

sharoit  va  boshqa  odamlarning ta’siriga  berilib,  bajarishlik  va  qilinayot­

gan ish-harakatining sababini  kishi  o'zi bilmasligida ifodalanadi.  Bunday 

holda,  odatda asossiz  motivlar yoki  hech qanday motivlarsiz qarorga ke­

linadi. Mustaqilsizlik ko'pincha, kishining prinsipsizligi bilan bog'liq bo'ladi. 

Mustaqilsizlikning  xarakterli  belgisi  o'zining  qabul  qilgan  qarori  va  ha- 

rakatlariga  nisbatan javobgarlik hissining yo'qligidan  iboratdir.

Mustaqilsizlik va irodasizlikning yaqqol ifodasi boshqalarning ta’siriga 

berilib, 


Download 26,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   332   333   334   335   336   337   338   339   ...   551




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish